Nazaraliev Baxrom Ilxom o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini mafkuraviy tahdidlardan himoyalash mexanizmlari (huquq-tartibot organlari va OAV hamkorligi misolida)”, 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss362
Ilmiy rahbar:
G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti huzuridagi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Boybutaev Jaxongir Jumanazarovich, harbiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston fuqarolari siyosiy ongi va madaniyatini mafkuraviy tahdidlardan himoyalash bo‘yicha huquq-tartibot organlari va OAV samarali hamkorligining mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud va ehtimoliy mafkuraviy tahdidlar siyosiy monitoringi orqali huquq-tartibot organlarining OAV bilan hamkorlikda preventiv choralar ko‘rish samaradorligini oshirish yuzasidan xususiy telekanallarda axborot tarqatishning “milliy manfaatlar prizmasi” - “obektiv asoslangan faktlar” - “mutaxassis ilmiy-tahliliy yondashuvi” - “siyosiy strategiya asosidagi xulosalar” algoritmiga asoslangan legitim mexanizmlarning fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini pozitiv shakllanishiga xizmat qilishi dalillangan;
axborot makonida milliy kontentni rivojlantirishda “media kontent tili”, “mahalliy va xorijiy mahsulotning ulushi”, “praym-taym” (OAVga bo‘lgan ehtiyoj vaqti), “psixologik omil” va “milliy mafkuraviy ishlov” me’zonlariga ko‘ra, mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tub mazmun-mohiyatini jamiyatga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘z vaqtida, maqsadli, xalqchil va ta’sirchan etkazilishi fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashga xizmat qilishi ochib berilgan;
ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ichki va tashqi siyosati mazmun-mohiyatini aholiga etkazib borishda jahon ilg‘or tajribasi bo‘lmish “Strategik kommunikatsiya” konsepsiyasidan foydalanilishi amalga oshirilayotgan islohotlarni jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va takomillashtirilishi bilan birga konstruktiv axborot almashinuvini yuzaga keltirib, fuqarolar siyosiy ongini mafkuraviy tahdidlardan muhim darajada himoya qilishi asoslab berilgan;
ommaviy axborot vositalari tarkibida televidenie qamrov darajasiga ko‘ra, efir kontentining siyosiy jihatlari yuzasidan samarali (striming – oqimli uzatuv) jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, milliy axborot makonida turli ijtimoiy qatlam vakillarining siyosiy ongi va madaniyati, millati, tili, dini va yashash hududining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda axborot bilan ta’minlash mexanizmlarining tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishi ilmiy-amaliy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston fuqarolarini mafkuraviy tahdidlardan himoyalash mexanizmlari tahlili yakunlari bo‘yicha shakllangan xulosalar va takliflar asosida:
mavjud va ehtimoliy mafkuraviy tahdidlar siyosiy monitoringi orqali huquq-tartibot organlarining OAV bilan hamkorlikda preventiv choralar ko‘rish samaradorligini oshirish yuzasidan xususiy telekanallarda axborot tarqatishning “milliy manfaatlar prizmasi” - “obektiv asoslangan faktlar” - “mutaxassis ilmiy-tahliliy yondashuvi” - “siyosiy strategiya asosidagi xulosalar” algoritmiga asoslangan legitim mexanizmlarning fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini pozitiv shakllanishiga xizmat qilishi dalillanganligiga oid ishlab chiqilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturi bandlarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yil 2-noyabr kuni taqdim etilgan 1-15-21-5713-sonli dalolatnoma). Mazkur xulosalar, yoshlar siyosiy ongi va madaniyatini turli xil g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalashning nazariy va amaliy asoslarini shakllantirib berishga xizmat qilgan;
axborot makonida milliy kontentni rivojlantirishda “media kontent tili”, “mahalliy va xorijiy mahsulotning ulushi”, “praym-taym” (OAVga bo‘lgan ehtiyoj vaqti), “psixologik omil” va “milliy mafkuraviy ishlov” me’zonlariga ko‘ra, mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tub mazmun-mohiyatini jamiyatga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘z vaqtida, maqsadli, xalqchil va ta’sirchan etkazilishi fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashga xizmat qilishi ochib berilganligiga oid ilmiy asoslangan xulosa va takliflardan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Axborot kodeksi” loyihasining televidenie va radio faoliyati monitoringini olib borishga oid bandlarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 4-noyabr kuni taqdim etilgan 01/3-02-16-6642-sonli dalolatnoma). Ushbu xulosalar, O‘zbekiston fuqarolari siyosiy ongi va madaniyati, shuningdek, milliy axborot makoni axborot xavfsizligini ta’minlashda bevosita ko‘maklashishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ichki va tashqi siyosati mazmun-mohiyatini aholiga etkazib borishda jahon ilg‘or tajribasi bo‘lmish “Strategik kommunikatsiya” konsepsiyasidan foydalanilishi amalga oshirilayotgan islohotlarni jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va takomillashtirilishi bilan birga konstruktiv axborot almashinuvini yuzaga keltirib, fuqarolar siyosiy ongini mafkuraviy tahdidlardan muhim darajada himoya qilishi asoslab berilganligiga oid xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” yillik dasturida foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yil 7-noyabr kuni taqdim etilgan 02/01/19-1612-sonli dalolatnoma). Natijada, O‘zbekiston fuqarolari siyosiy ongi, tafakkuri va madaniyatini axborot xurujlaridan muhofazalashda dasturil amal bo‘lib xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalari tarkibida televidenie qamrov darajasiga ko‘ra, efir kontentining siyosiy jihatlari yuzasidan samarali (striming – oqimli uzatuv) jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, milliy axborot makonida turli ijtimoiy qatlam vakillarining siyosiy ongi va madaniyati, millati, tili, dini va yashash hududining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda axborot bilan ta’minlash mexanizmlarining tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishi ilmiy-amaliy jihatdan ochib berilganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi barcha telekanallarning “Yillik ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari”ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni taqdim etilgan 01-28-1172-sonli dalolatnoma). Natijada, O‘zbekiston fuqarolari siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishning axborot ta’minoti yo‘nalishida, TV kontent-strategiyasini yanada boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish