Karimov Fazliddin Jamoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6745.
Ilmiy rahbar: Talipdjanov Askar Imamdjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Iseev Shamil Tagirovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali futbolchi qizlarning holatini operativ baholash uchun mashqlarni harakat reaksiyasi va qaror qabul qilish tezligini oshirishga imkon beruvchi innovatsion platformani ishlab chiqish hisobiga ularning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
milliy terma jamoaga nomzod futbolchi qizlarning yuklama darajasini individual baholash va turli yuklamalarda ishlashga o‘rgatish uchun mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga ularning yurak urish tezligini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini beruvchi yuqori koeffisientli shiddat zonalarini (YuQSning 5 ta shiddat zonasi) samarali rejalashtirish hisobiga ortiqcha yuklanishni oldini olish kengaytirilgan;
“Oliy liga-W” futbolchi qizlarning musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlaridagi ishonchlilik va samaradorlikni oshirish uchun har bir futbolchining individual ko‘rsatkichlarini hisoblovchi (paslar aniqligi, zarbalar samaradorligi) analitik kompyuter dasturlarini musobaqa jarayoniga kiritish hisobiga futbolchi qizlarning texnik-taktik harakatlarni bajarish vaqtida xatoliklar foizi kamayishiga erishilgan;
malakali futbolchi qizlarning o‘yin jarayonida 4-5-tezlik zonalaridagi (V=22,0-24,99 km/s.; V=25 km/s.dan yuqori) harakatlari hajmini oshirish uchun mashg‘ulot jarayoniga anaerob-allaktat, anabolik va anaerob-glikolitik yo‘nalishlarini seriyalar soni, takrorlashlar hamda seriyalar orasidagi dam olish pauzalarini yuklama ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilab berish hisobiga qisqa vaqt ichida tiklanish va yuqori intensivlikdagi harakatlarni bajarish tezligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalga oshirilgan pedagogik tajriba davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori malakali futbolchi qizlarning holatini operativ baholash uchun mashqlarni harakat reaksiyasi va qaror qabul qilish tezligini oshirishga imkon beruvchi innovatsion platformani ishlab chiqish va mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston terma jamoasi futbolchi qizlarining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8449-son ma’lumotnomasi). Natijada terma jamoa futbolchi qizlarining harakat faoliyati hajmi V=17,00-21,99 km/soat tezlik zonasida 9,3% ga, V=22,00-24,99 km/soat tezlik zonasida 19,9% ga, V= 25 km/soatdan yuqori tezlik zonasida 22,1% ga yaxshilangan. VO₂max darajasi 7,5% ga, ANAO 7% ga, MKIdan ANAO foizi 18% ga yaxshilangan, yog‘ massasi 16% ga pasaygan;
milliy terma jamoaga nomzod futbolchi qizlarning yuklama darajasini individual baholash va turli yuklamalarda ishlashga o‘rgatish uchun mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga ularning yurak urish tezligini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini beruvchi yuqori koeffisientli shiddat zonalarini (YuQSning 5 ta shiddat zonasi) samarali rejalashtirish “Sevinch-W PFK futbolchi qizlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8449-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sevinch - W” PFK futbolchi qizlarining texnik-taktik harakatlar xajmi 23,8%ga; texnik-taktik harakatlar samaradorligi 21,4% ga yaxshilangan, hamdafutbolchi qizlar 2023-yilda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan;
yuqori malakali futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish dasturini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor-W” PFK futbolchi qizlar jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8449-son ma’lumotnomasi). Natijada mashg‘ulot jarayonida futbolchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari “uzunlikka sakrash”da 12,9% ga; “10 metrga yugurish”da 10,7%ga, “30 metrga yugurish”da 7,3% ga; 7x50 m.ga mokisimon yugurish”da 9,2% ga; “Yo-Yo” testida 19,7% ga yaxshilangan;
malakali futbolchi qizlarning o‘yin jarayonida 4-5-tezlik zonalaridagi (V=22,0-24,99 km/s.; V=25 km/s.dan yuqori) harakatlari hajmini oshirish uchun mashg‘ulot jarayoniga anaerob-allaktat, anabolik va anaerob-glikolitik yo‘nalishlarini seriyalar soni, takrorlashlar hamda seriyalar orasidagi dam olish pauzalarini yuklama ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor-W” jamoasi PFK futbolchi qizlar jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8449-son ma’lumotnomasi). Natijada “Bunyodkor-W” jamoasi 2023-yilda O‘zbekiston chempionati kumush medallariga sazovor bo‘lgan.