Jo‘raev Islombek Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari”, 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu878
Ilmiy rahbar: Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Hamroqulov Bahodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Madrahimova Guljahon Ruzimboy qizi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofadan turib ishlovchi xodimlar mehnatini tartibga solishning xususiyatlarini belgilash orqali mehnat shartlarining birligi va differensialligi haqidagi nazariyani rivojlantirish hamda mehnat qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofadan turib ishlash xodimning mehnat vazifalarini ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obektdan tashqarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tashkil etiladigan mehnatning maxsus shakli ekanligi asoslantirib berilgan;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar va baxsiz hodisalar, shuningdek yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz vaqtincha masofadan turib ishlash uchun o‘tkazishga yo‘l qo‘yilishi asoslantirilgan;
masofadan turib ishlashning aralash rejimi statsionar ish joyida ishlashni va masofadan turib ishlashni o‘z ichiga olib, statsionar ish joyida va masofadan turib ishlash muddatlari hamda ularning navbat bilan almashinishi mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra aniqlanishi asoslantirilgan;
xodim va ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodimning masofadan turib ishlash to‘gʻrisidagi mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqti ichida mehnat vazifasini bajarishi uchun muayyan vaqtni nazarda tutuvchi hamkorlik qilish tartibini belgilash, shuningdek masofadan turib ishlovchi xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mehnat shartnomasida nazarda tutilgan qo‘shimcha asoslar bilan ham bekor qilinishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha  olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
masofadan turib ishlash xodimning mehnat vazifalarini ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obektdan tashqarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tashkil etiladigan mehnatning maxsus shakli ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 452-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/1-11/2432-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi masofadan turib ishlashni ishni tashkil etishning alohida shakli ekanligini belgilab bergan;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar va baxsiz hodisalar, shuningdek yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 454-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/1-11/2432-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi ish beruvchilarga favqulodda holatlarda, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan xavflar paydo bo‘lganda xodimlarni ularning roziligisiz masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazgan holda mehnat munosabatlarini saqlab qolishga xizmat qilgan;  
masofadan turib ishlashning aralash rejimi statsionar ish joyida ishlashni va masofadan turib ishlashni o‘z ichiga olib, statsionar ish joyida va masofadan turib ishlash muddatlari hamda ularning navbat bilan almashinishi mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra aniqlanishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 455-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/1-11/2432-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi ish beruvchi va xodimlarga masofadan turib ishlashning aralash rejimini tatbiq etish imkoniyatini bergan;
xodim va ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodimning masofadan turib ishlash to‘gʻrisidagi mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqti ichida mehnat vazifasini bajarishi uchun muayyan vaqtni nazarda tutuvchi hamkorlik qilish tartibini belgilash, shuningdek masofadan turib ishlovchi xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mehnat shartnomasida nazarda tutilgan qo‘shimcha asoslar bilan ham amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 460-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/1-11/2432-son dalolatnoma, Adliya vazirligining 2022 yil 14 oktyabr 20/4-585/8-sonli dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi ish beruvchi va xodim o‘rtasida faol aloqa vaqtini hamda mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asoslarini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish