Tian Boning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konfusiy va Suqrot falsafasining komparativistik tahlili” mavzusidagi 09.00.03 –Falsafa tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1123
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Baxtiyor Rahmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Konfusiy va Suqrot falsafasini qiyosiy tahlil qilish orqali ular falsafiy tafakkurining insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Konfusiy va Suqrot falsafasi asosida Sharq va G‘arbdagi turli madaniy kelib chiqishlar va tarixiy davrlardan bo‘lgan ikki faylasuf ta’limoti bir madaniyat yoki bir davr bo‘yicha tadqiqotlar cheklovini engib o‘tib komparativistik metod orqali zamonlar osha turli mamlakatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar uchun konstruktiv yondashuvlar, insonsonparvarlik g‘oyalarini bergani dalillangan;
Konfusiy va Suqrot falsafasining qiyosiy tahlilini izchil olib borish natijasida, Konfusiyning “insonparvarlik” va “urf-odat” hamda Suqrotning “fazilat” va “adolat” kabi asosiy tushunchalarining progressiv mazmun-mohiyati, tarixiy shakllanish asoslari, o‘rni va ahamiyati regional g‘oyaviy tizimlar misolida isbotlangan;
Konfusiyning “evristik ta’lim” va Suqrotning “doyalik” uslublarining o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari namunasi misolida zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob beradigan sifatli ta’lim siyosatini shakllantirish uchun axloqiy tarbiya, bilim berish va ko‘nikmalarni rivojlantirishni amaliyotga joriy etish uchun to‘g‘ri uslubiy uyg‘unlashtirish mumkinligi asoslangan;
Konfusiyning “kamsitmasdan o‘qitish” va Suqrotning keng qamrovli ta’lim obektlarini o‘rganish vositasida rivojlangan davlatlar ta’lim siyosatining demokratik tamoyillari takomillashgani, ta’lim sifatiga Konfusiyning axloqiy tarbiya g‘oyalari va Suqrotning “fazilat bilimdir” tushunchasi katta ta’sir ko‘rsatgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konfusiy va Suqrot falsafiy tafakkurining komparativistik jihatdan tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Konfusiy va Suqrot falsafasi asosida Sharq va G‘arbdagi turli madaniy kelib chiqishlar va tarixiy davrlardan bo‘lgan ikki faylasuf ta’limoti bir madaniyat yoki bir davr bo‘yicha tadqiqotlar cheklovini engib o‘tib komparativistik metod orqali zamonlar osha turli mamlakatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar uchun konstruktiv yondashuvlar, insonsonparvarlik g‘oyalarini bergani dalillanganiga oid xulosa va takliflardan Jining Normal universitetidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda foydalanilgan (Jining Normal Universiteining 2024 yil 25-sentyabrdagi 202409252-02- son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi Jining universitetida olib borilayotgan tadqiqotlarning rivojlanishida ilmiy nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi;
Konfusiy va Suqrot falsafasining qiyosiy tahlilini izchil olib borish natijasida, Konfusiyning “insonparvarlik” va “urf-odat” hamda Suqrotning “fazilat” va “adolat” kabi asosiy tushunchalarining progressiv mazmun-mohiyati, tarixiy shakllanish asoslari, o‘rni va ahamiyati regional g‘oyaviy tizimlar misolida isbotlangan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradio kanalining “Minbar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradio kanalining 2024 yil 31-oktyabrdagi 01-05-623- son ma’lumotnomasi) Xususan, dastur davomida tadqiqotda qayd etilganidek, barcha davrlarda ham jamiyat hayoti, uning rivojlanishi bilan bog‘liq har qanday islohotlar, albatta ma’lum bir ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalarga tayanilganligi ta’kidlab o‘tildi;
Konfusiyning “evristik ta’lim” va Suqrotning “doyalik” uslublarining o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari namunasi misolida zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob beradigan sifatli ta’lim siyosatini shakllantirish uchun axloqiy tarbiya, bilim berish va ko‘nikmalarni rivojlantirishni amaliyotga joriy etish uchun to‘g‘ri uslubiy uyg‘unlashtirish mumkinligi asoslangan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 16-dekabr 2-13-21-6753-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ishi natijalari, yoshlarda axloqiy tarbiya, bilim berish va ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi;
Konfusiyning “kamsitmasdan o‘qitish” va Suqrotning keng qamrovli ta’lim obektlarini o‘rganish vositasida rivojlangan davlatlar ta’lim siyosatining demokratik tamoyillari takomillashgani, ta’lim sifatiga Konfusiyning axloqiy tarbiya g‘oyalari va Suqrotning “fazilat bilimdir” tushunchasi katta ta’sir ko‘rsatgani dalillangan tadqiqot natijalari va xulosalaridan Hongxingyuan Education Group Training Institute ushbu diseratsiyaning tadqiqot natijalarini o‘qitish mazmuni va usullarini boyitish uchun amaliyotga joriy etdi. (Hongxingyuan Education Group Training Institute 2024-yil 25-sentyabrdagi 202409252-02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotchilar ushbu falsafiy komparativistika asosida chuqur tadqiqotlar va almashinuvlar o‘tkazib, o‘qitish darajasi va kasbiy sifatini oshirdilar.