Umidullaev Qahramon Usmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Yu175.
Ilmiy rahbar: Toshqulov Djuraboy O‘rinboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Quvonovich yuridik fanlar doktori, professor; Malikova Gulchexra Rixsixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqishi baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi isbotlangan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash va natijalari yuzasidan ochiq reyting shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlab berilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini rag‘batlantirish hamda lavozim bo‘yicha o‘sishida ularning faoliyati samaradorligini baholash natijasi asos bo‘lishi davlat kadrlar siyosatini takomillashtirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga rahbar o‘rinbosarini rag‘batlantirish yoki o‘ziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy ko‘rsatkichlarga erishishda mas’uliyasizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida aniq takliflar bilan birga hisobot berish tartibini joriy etish lozimligi asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilariga rahbar o‘rinbosariga berilgan baho bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar, takliflar hamda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish har bir rahbar o‘rinbosari bo‘yicha asosli qaror qabul qilishga imkon berishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqishi baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 36-moddasining ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023-yil 19-yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi sifati va natijadorligini ta’minlashga hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash va natijalari yuzasidan ochiq reyting shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonunining 8-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023-yil
19-yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samarali baholashga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini rag‘batlantirish hamda lavozim bo‘yicha o‘sishida ularning faoliyati samaradorligini baholash natijasi asos bo‘lishi davlat kadrlar siyosatini takomillashtirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 36-moddasining birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023-yil 19-yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash hamda ularning erishgan yutuqlarga asoslanib lavozim bo‘yicha ko‘tarilishning yangi tartibini joriy etishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga rahbar o‘rinbosarini rag‘batlantirish yoki o‘ziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy ko‘rsatkichlarga erishishda mas’uliyasizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida aniq takliflar bilan birga hisobot berish tartibini joriy etish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 467-sonli qarorining 1-ilovasi 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 17-iyuldagi 12-15-50-son dalolatnomasi) Ushbu taklif samaradorlikka erishgan rahbar o‘rinbosarini rag‘batlantirishga yoki asosiy ko‘rsatkichlarga erisha olmagani, mas’uliyasizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilariga rahbar o‘rinbosariga berilgan baho bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar, takliflar hamda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish har bir rahbar o‘rinbosari bo‘yicha asosli qaror qabul qilishga imkon berishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 467-sonli qarorining 1-ilovasi 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 17-iyuldagi 12-15-50-son dalolatnomasi) Ushbu taklif har bir rahbar o‘rinbosari faoliyati samaradorligini aniq va asosli baholashga hamda ularning mas’uliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish