Karamatova Dilfuza Sadinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf sinf o‘qitivchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” , 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7832.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Botirovna, pedagogika fanlari doktori, professor(DSc); Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari pedagogik antropologiya, ijtimoiy-pedagog, ilmiy pedagogik, metodik darajalarining filogenetik va ontogenetik tarkibiy qismlar dinamikasi hamda pedagoglarning ekologik tayyorgarligini deduktiv tavsiflashga doir tushunchalar va tabiatga mos bio-eko-ijtimoiy shaxsga yo‘naltirganligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish modeli atrof-muhit bilan ekologik munosabatlar, tabiiy-ijtimoiy muhit va er sivilizatsiyasi, shaxs va yoshga oid xususiyatlar hamda shaxsiy xislatlarni o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza etish, ekologik vaziyat, irsiyatiga faol moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasi ekologik madaniyatning samaradorligi, ekologik mazmundagi mavzularni to‘liq, to‘liqmas, qismli, vaqtinchalik, aralash integratsiyasini hamda aql idrokni rivojlantirish va tabiatga muvofiq shakllanishiga doir komillik hodisani ta’lim bosqichlariga oid obektiv mohiyatini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini loyihalash metodikasi samaradorligi tabiiy va odatiy gomologik tajriba, g‘oyalar va insaytni bashorat qilish, konstruksiyalash, eksirimental va texnologik ta’minlash hamda kompleks jarayon natijasini veridikatsiyalash va g‘oyani, niyatni fikrni yaxlitlash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari pedagogik antropologiya, ijtimoiy-pedagog, ilmiy pedagogik, metodik darajalarining filogenetik va ontogenetik tarkibiy qismlar dinamikasi hamda pedagoglarning ekologik tayyorgarligini deduktiv tavsiflashga doir tushunchalar va tabiatga mos bio-eko-ijtimoiy shaxsga yo‘naltirganligini ta’minlash asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Pedagoglik kasbiga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 20-noyabrdagi 11-05-6669/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasi ekologik madaniyatning samaradorligi, ekologik mazmundagi mavzularni to‘liq, to‘liqmas, qismli, vaqtinchalik, aralash integratsiyasini hamda aql idrokni rivojlantirish va tabiatga muvofiq shakllanishiga doir komillik hodisani ta’lim bosqichlariga oid obektiv mohiyatini ochib berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 20-noyabrdagi 11-05-6669/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar ekologik madaniyatini rivojlantirishning loyihalashtirish texnologiyalari atrof-muhit bilan ekologik munosabatlar, tabiiy-ijtimoiy muhit va er sivilizatsiyasi, shaxs va yoshga oid xususiyatlar hamda shaxsiy xislatlarni o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza etish, ekologik vaziyat, irsiyatiga faol moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagoglik kasbiga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 20-noyabrdagi 11-05-6669/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni loyihalashtirish jarayonlarini takomillashtirishninng didaktik ta’minoti Takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini loyihalash metodikasi tabiiy va odatiy gomologik tajriba, g‘oyalar va insaytni bashorat qilish, konstruksiyalash, eksirimental va texnologik ta’minlash hamda kompleks jarayon natijasini veridikatsiyalash va g‘oyani, niyatni fikrni yaxlitlash mezonlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 20-noyabrdagi 11-05-6669/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishda o‘quv loyihalaridan foydalanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish