Ikramova Firangiz Suleymanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali adenoiditni kompleks davolashni optimallashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4033.
Ilmiy rahbar: Nurov Ubaydullo Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Qobil Qosimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudnazarov Maxmadamin Imomovich tibbiyot fanlari doktori (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda kechadigan surunkali adenoiditni fotodinamik terapiya va propolis nastoykasini qo‘llash orqali davo samaradorligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasini mahalliy qo‘llash kabi differensial yondashuv klinik-mikrobiologik tahlil ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan;
surunkali adenoidit bilan og‘rigan bemor bolalarni kompleks davolashda fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali klinik simptomlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish va halqum murtagi shilliq qavatining me’yoriy holatini tiklanishi asoslanagan;
bolalarda kechgan surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani ilk bor qo‘llash adenotomiya jarrohlik amaliyotini 75% ga kamaytirib, halqum murtagining yoshga bog‘liq reduksiya muddati, burun orqali nafas olishni tez tiklash, burunhalqum murtagi mikrobiotsenozini ishonarli darajada me’yorlashtirish, davo muddatini qisqartirish orqali bolalarda burunhalqum limfoid to‘qimalari patologiyasini davolashning a’zoni saqlab qoluvchi usuli ekanligi isbotlangan;
surunkali adenoidit bilan og‘rigan bolalarni propolis nastoykasi bilan birgalikda fotodinamik terapiya yordamida davolash uchun optimal algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 avgustdagi 05/51 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasini mahalliy qo‘llash kabi differensial yondashuv klinik-mikrobiologik tahlil ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar o‘zining nazariy ahamiyatiga ega bo‘lib, bolalarda surunkali adenoiditni davolash xususiyatlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (19.07.2024 yil, №68, №70 buyrug‘i), Navoiy viloyat Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil №40 buyrug‘i), Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga (20.05.2024 yil №3536-5-72-TV/2024 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (10.05.2024 yil №1190-2-208-TB/2024 buyrug‘i), G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №3270-2-34-TV/2024 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasini mahalliy qo‘llashning samaradorligini o‘rganish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi mahalliy qo‘llanilib, ijobiy klinik-mikrobiologik natijalarga erishish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasini mahalliy qo‘llash samaradorligi aniqlangan, ushbu davo ishonarli ijobiy klinik-mikrobiologik natijalarga erishish imkonini bergan, standart konservativ davo tavsiya qilingan bemor bolalar guruhiga nisbatan klinik simptomlar uchrash darajasining 1,3-1,4 baravar pasayishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali adenoidit bilan og‘rigan bemor bolalarni kompleks davolashda fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali klinik simptomlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish va halqum murtagi shilliq qavatining me’yoriy holatini tiklanishi asoslanagan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (19.07.2024 yil, №68, №70 buyrug‘i), Navoiy viloyat Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil №40 buyrug‘i), Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga (20.05.2024 yil №3536-5-72-TV/2024 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (10.05.2024 yil №1190-2-208-TB/2024 buyrug‘i), G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №3270-2-34-TV/2024 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi tadqiqot natijalari bolalarda surunkali adenoiditni davolashda kompleks terapiya, ya’ni propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani qo‘llashning maqbul usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali klinik simptomlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish, halqum murtagi shilliq qavatining me’yoriy holatini to‘liq tiklash, simptomlar yaxshilanishiga tezroq erishish orqali kasallik tez-tez qaytalanishi, davo muddatini qisqartirish va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: surunkali adenoidit bilan og‘rigan bemor bolalarni kompleks davolashda fotodinamik terapiyani qo‘llash klinik simptomlarni bartaraf etish vaqtini 1,4 baravarga ishonarli darajada qisqartirgan, kasallikning 7-kuniga kelib, 100% bemorlarda halqum murtagi shilliq qavatining me’yoriy holatini to‘liq tiklagan, simptomlar yaxshilanishiga standart usulda davolangan bemorlar guruhiga nisbatan 1,8-1,9 baravar tezroq erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda kechgan surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani ilk bor qo‘llash adenotomiya jarrohlik amaliyotini 75% ga kamaytirib, halqum murtagining yoshga bog‘liq reduksiya muddati, burun orqali nafas olishni tez tiklash, burunhalqum murtagi mikrobiotsenozini ishonarli darajada me’yorlashtirish, davo muddatini qisqartirish orqali bolalarda burunhalqum limfoid to‘qimalari patologiyasini davolashning a’zoni saqlab qoluvchi usuli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (19.07.2024 yil, №68, №70 buyrug‘i), Navoiy viloyat Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil №40 buyrug‘i), Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga (20.05.2024 yil №3536-5-72-TV/2024 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (10.05.2024 yil №1190-2-208-TB/2024 buyrug‘i), G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №3270-2-34-TV/2024 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi tadqiqot natijalari bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani qo‘llash adenotomiya jarrohlik amaliyotini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani qo‘llash adenotomiya jarrohlik amaliyotini kamaytirish orqali 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: bolalarda kechgan surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani ilk bor qo‘llash adenotomiya jarrohlik amaliyotini 75% ga kamaytirib, halqum murtagining yoshga bog‘liq reduksiya muddati, burun orqali nafas olishni tez tiklash, burunhalqum murtagi mikrobiotsenozini ishonarli darajada me’yorlashtirish, davo muddatini qisqartirish orqali bolalarda burunhalqum limfoid to‘qimalari patologiyasini davolashning a’zoni saqlab qoluvchi usuli ekanligi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali adenoidit bilan og‘rigan bolalarni propolis nastoykasi bilan birgalikda fotodinamik terapiya yordamida davolash uchun optimal algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (19.07.2024 yil, №68, №70 buyrug‘i), Navoiy viloyat Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil №40 buyrug‘i), Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga (20.05.2024 yil №3536-5-72-TV/2024 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (10.05.2024 yil №1190-2-208-TB/2024 buyrug‘i), G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №3270-2-34-TV/2024 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyani qo‘llash kasallik klinik kechimiga ta’siri o‘rganildi va baholandi. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyaning optimal sxemasi ishlab chiqildi va davo algoritmi tuzildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali adenoiditni davolashda propolis nastoykasi va fotodinamik terapiyaning eng maqbul sxemasi ishlab chiqilganligi davolash jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: tadqiqot natijasida surunkali adenoidit bilan og‘rigan bolalarni propolis nastoykasi bilan birgalikda fotodinamik terapiya yordamida davolash uchun optimal algoritm ishlab chiqilgan.