Tillyashayxova Ra’no Mirzagalebovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kam invaziv texnologiyalarni qo‘llagan holda mushak-noinvaziv qovuq saratonini davolash-tashhislash taktikasini ishlab chiqish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib857.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mushakga noinvaziv qovuq saratonini tashxislash va davolashning mul`timodal yondashuvlarini qo‘llashga asoslangan erta tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovuqning mushak-noinvaziv saratonini mul`timodal davolashda kombinirlangan miniinvaziv jarrohlik bilan fotodinamik terapiya o‘z presizionlik va o‘smaning aniq chegara va chuqurligi ko‘rinishi hisobiga o‘smaning radikal olinishi isbotlangan;
qovuqning mushak-noinvaziv saratonini davodan keyingi Ki-67 ning 40% yuqori ekspressiya kuzatilgan holatda o‘smaning mikromuhit tanqisligi va patologik jarayon tajovuzkorligi hisobiga kasallik qaytalanishining yuqori havf omil ekanligi isbotlangan;
qovuqning mushak-noinvaziv saratoninining birlamchi va takroriy residivlarini erta tashxislashda operatsiyadan keyingi 4-6 xafta ichida kasallikni qaytalanish erta belgilarni paydo bo‘lishi hisobiga olgan holda “Second look” transuretral reviziyaning qullanilishi isbotlangan;
ilk bor o‘smaning gistologik differensiatsiya turlari va immunogistokimyoviy biomarkerlar ekspressiyasini kompleks baholash asosida qovuq mushak-noinvaziv saratonini progressiyasini bashoratlashning xavf darajalari mezonlari ishlab chiqilgan;
mushak-noinvaziv qovuq saratonini mul`timodal davolashdan so‘ngi residiv xavfini bashoratlashda Ki-67, PD-L1, p53 va C-erbB2 biomarkerlarining mono- yoki sinxron ekspressiyasi molekulyar-genetik bashorat hisobiga prediktorlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 9/49 - sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qovuqning mushak-noinvaziv saratonini mul`timodal davolashda kombinirlangan miniinvaziv jarrohlik bilan fotodinamik terapiya o‘z presizionlik va o‘smaning aniq chegara va chuqurligi ko‘rinishi hisobiga o‘smaning radikal olinishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №78-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №69-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: minimal invaziv usullardan foydalash va operatsiya fotodinamik terapiyadan foydalalish qovuq saratoni bilan og‘rigan bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtirishi va hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mul`timodal davolash usullari bemorlarning statsionarda qolishini 2 barobarga qisqartirgan, qo‘shimcha dori-darmonlami davolashga bo‘lgan ehtiyojni 50 foizga qisqartirishiga va 1 nafar davolangan bemor uchun umumiy xarajatlardan qariyb 5-7% gacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: MNQS bilan og‘rigan bemorlarni mulltimodal davolash umumiy residivlar sonini keskin kamayishiga, yashovchanlik ko‘rsatkichini qariyb 10% ga ortishiga va 1 nafar bemor hisobiga 5-7%ga iqtisod qilish natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qovuqning mushak-noinvaziv saratonini davodan keyingi Ki-67 ning 40% yuqori ekspressiya kuzatilgan holatda o‘smaning mikromuhit tanqisligi va patologik jarayon tajovuzkorligi hisobiga kasallik qaytalanishining yuqori havf omil ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №78-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №69-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: TUR va fotodinamik terapiya bilan kombinatsiyalangan usulni qo‘llanilishi aynan fotodinamik nurlarning postrezeksion sohaga indusirlovchi ta’siri natijasida residiv va kasallik progressiyasi extimolini qariyb 15% ga kamaytiradi, o‘z navbatida bu yashovchanlik va tibbiy reabilitatsiya ko‘rsatkichlari oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: transuretral rezeksiya va fotodinamik terapiya usullarini birga qo‘llinilishi dastlabki sarf harajatlarning boshqa davo usullariga nisbatan yuqoriroq bo‘lishiga qaramasdan, o‘rta va uzoq muddatlarda residivlar sonini 32% dan 18% gacha kamayishi hamda xayot sifatini yaxshilanishi xisobiga mehnatga layoqatlik qobiliyatini erta tiklanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarini keskin kamayshi evaziga byudjetdan bo‘ladigan xarajatlarni 2 barobargacha iqtisod qilishiga erishilgan. Xulosa: qovuq saratoni erta bosqichlarida TUR va fotodinamik terapiyadan iborat kombinirlangan usulni qo‘llanilishi residiv va kasallik progressiyasi extimolini qariyb 15% ga kamaytirgan, o‘z navbatida bu yashovchanlik va tibbiy reabilitatsiya ko‘rsatkichlarini oshirishga imkon bergan. Natijada o‘rta va uzoq muddatli kuzatuvlarda residivlar qarib 0,8 marta kamayishi hamda xayot sifatini yaxshilanishi, mehnatga layoqatlik qobiliyatini erta tiklanishi va ehtimoliy nogironlik ko‘rsatkichlarini kamayshi evaziga byudjet xarajatlarini 2 barobargacha iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: qovuqning mushak-noinvaziv saratoninining birlamchi va takroriy residivlarini erta tashxislashda operatsiyadan keyingi 4-6 xafta ichida kasallikni qaytalanish erta belgilarni paydo bo‘lishi hisobiga olgan holda “Second look” transuretral reviziyaning qullanilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №77-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №68-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dastlabki mininvaziv xirurgik davodan so‘ng 4-haftada bemorlarga qayta nazorat sistoskopiya tekshiruvini o‘tkazilishi reja asosida nazorat qilinmagan bemorlar guruhiga nisbatan kasallik residivini ehtimolini kamaytirishi natijasida bemorlarni erta faollishtirishni yahshilash, bemorlarni statsionarda bo‘lish kunlarini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: dastlabki mininvaziv xirurgik davodan so‘ng 4-haftada bemorlarga qayta nazorat sistoskopiya tekshiruvini o‘tkazilishi residivlar ehtimolini kamaytirish va progressiyani oldini olish evaziga byudjetdan sarf xarajatlarni 7,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kasallik residivini ehtimolini kamaytirishi natijasida bemorlarni erta faollishtirishni yahshilash, bemorlarni o‘rinda bo‘lishini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergani tufayli, kelgusida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir qayta davo uchun 7,0 %ga iqtisod qilish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk martda o‘smaning gistologik differensiatsiya turlari va immunogistokimyoviy biomarkerlar ekspressiyasini kompleks baholash asosida qovuq mushak-noinvaziv saratonini progressiyasini bashoratlashning xavf darajalari mezonlari ishlab chiqilgan modeli Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №78-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №69-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy tahlil usullari natijalariga asoslangan 3 guruxdan 26 gradatsiyalik prognostik modelni qo‘llanilishi kasallikni davolash natijalarini oldindan baholash va residiv ehtimolini yuqori aniqlikda prognoz qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik omillarni klinik amaliyotda qo‘llanilishi ehtimoliy residiv va progressiya xolatlarini oldindan baholash evaziga kelgusi nazorat ko‘riklarni adekvat belgilash imkonini berganligi sababli byudjetdan bo‘ladigan sarflarni 1 bemor uchun qariyb 7.0% gacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qariyb 26 omildan iborat mul`tigradatsion tahlil asosida MNQS progressiyasi uchun 3 ta xavf darajalari takomillashtirilganligi kasallikni davolash natijalarini oldindan baholash va residiv ehtimolini yuqori aniqlikda prognoz qilish imkonini berganligi tufayli 1 bemor uchun qariyb 7,0% gacha iqtisod qilishga erishilgan va bu orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: mushak-noinvaziv qovuq saratonini mul`timodal davolashdan so‘ngi residiv xavfini bashoratlashda Ki-67, PD-L1, p53 va C-erbB2 biomarkerlarining mono- yoki sinxron ekspressiyasi molekulyar-genetik bashorat hisobiga prediktorlar ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №77-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 12 noyabrdagi №68-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik biomarkerlarni qo‘llash evaziga kasallik progressiyasi va residivi sonini kamaytirish orqali hayot sifatining yaxshilanishi, nogironlikning pasayishi, o‘zgalar parvarishiga muhtojlikni kamaytirgan va umr davomiyligining uzaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: MNQSda davolash natijalarini molekulyar-genetik darajada prognoz qilish uchun Ki-67, PD-L1, p53 va C-erbB2 biomarkerlarning mono- yoki sinxron ekspressiyasining prediktor sifatida qo‘llanilishi adekvat davolash strategiyasini belgilash imkonini berishi natijasida xayot sifatini yaxshilanishi, nogironlikni va mehnatga layoqatsizlik qobiliyatini kamayitirilishi xisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5,0%ga iqtisod qilish, ortiqcha a’zoni olib tashlovchi operatsiyalarni bajarish lozimligi ehtimolini minimizatsiya qilish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘lar iqtisod qilishga erishilgan.