Fayziev Umurkul Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy holati tahlilini  takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2470.
Ilmiy rahbar: Sagdillaeva Zulfiya Asanalievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tadbirkorlik subektlarining moliyaviy holatini tahlil qilishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni boshqaruv, idoraviy va jamoat manfaatlari asosida guruhlash yordamida moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta’minlash asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatini koeffisientlar va rentabellik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilishning olti bosqichli algoritmini qo‘llash taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati xususida ishonchli va shaffof ma’lumotlarni shakllantirishda deskriptiv va predikativ baholash modellarini qo‘llash taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investision jozibadorligini oshirish va aktivlar, xususiy kapital hamda majburiyatlar holati to‘g‘risida ishonchli axborotlarni shakllantirishda Due Diligencedan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy holati tahlilini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni boshqaruv, idoraviy va jamoat manfaatlari asosida guruhlash yordamida moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta’minlash taklifi  “IES” issiqlik elektr stansiyalari AJning amaliyotiga joriy etilgan (“IES” issiqlik elektr stansiyalari AJning 2023 yil 14 iyuldagi 05-06/380-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaga investisiyalarni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda barcha mahalliy va xorijiy investorlar foydasiga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatini koeffisientlar va rentabellik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilishning olti bosqichli algoritmini qo‘llash taklifi “IES” issiqlik elektr stansiyalari AJning amaliyotiga joriy qilingan (“IES” issiqlik elektr stansiyalari AJning 2023 yil 14 iyuldagi 05-06/380-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning operasion, moliyaviy va investision faoliyatlaridagi xatolik va kamchiliklarni oldindan to‘g‘irlash va ularni bartaraf etish, kelajakni prognozlash imkoni bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati xususida ishonchli va shaffof ma’lumotlarni shakllantirishda deskriptiv va predikativ baholash modellarini qo‘llash taklifi “Maxsusenergogaz” AJning amaliyotiga joriy qilingan (“Maxsusenergogaz” AJning 2024 yil 7 fevraldagi 02/05-261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu ko‘rsatkichlar orqali korxonaning joriy moliyaviy holatini ta’sischilarga to‘liq yoritib berish imkoni bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investision jozibadorligini oshirish va aktivlar, xususiy kapital hamda majburiyatlar holati to‘g‘risida ishonchli axborotlarni shakllantirishda Due Diligencedan foydalanish taklifi “Maxsusenergogaz” AJning amaliyotiga joriy qilingan (“Maxsusenergogaz” AJning 2024 yil 7 fevraldagi 02/05-261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Due Diligencedan foydalanish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investision jozibadorligini oshirishda va ular bilan bog‘liq risklarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon shaffoflikni oshirish, investorlar uchun ishonchli axborot taqdim etish, va biznesning umumiy barqarorligini yaxshilashga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish