To‘raboeva Muqaddas Yoqo‘bjanovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “5-9-sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta'minlash asosida tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar tizimini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped331.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev G‘ofur Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nurulloeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5-9-sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta’minlash  asosida tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar tizimini takomillashtirish, ta’limdagi  o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
5-9-sinf ona tili ta’limida uzviylik va uzlyuksizlik asosida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining didaktik asosi ilmiy-nazariy tomondan takomillashtirilgan, ya’ni kreativ mashqlar orqali o‘quvchida fikrlash ko‘nikmasini hosil qilish, savol va topshiriqlar tafakkurni rivojlantirish va baholashda ishtirok etishi psixologik va lingvodidaktik jihatdan asoslab berilib, qo‘llanilish o‘rinlari, ona tili ta’limida tutgan o‘rni va vazifalari aniqlangan;
tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlardan, asosan, ko‘nikma va malaka hosil qilishda, savol va topshiriqlardan fikrlashga undash hamda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakani baholash maqsadlarida foydalanish ona tili ta’limida uzviylik asosida nutqiy kompetensiyaning tizimli hosil bo‘lishi va rivojlanishiga erishish mumkinligi isbotlangan;
uzviylikni ta’minlagan holda savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘quvchini nutq vaziyatidan kelib chiqib mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning usul va vositalari, baholash darajalari aniqlanib, lingvodidaktikada tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar tuzishga pragmatik usulda yondashishning ilmiy-metodik afzalliklari dalillangan;
tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar asosida 5–9-sinfda  tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi bilan birga o‘quvchida muloqot vaziyatiga ko‘ra murojaat qilish, mustaqil fikrlash malakasini ham baravar rivojlantirish lozimligini nazarda tutib, o‘quvchini mantiqiy o‘ylashga o‘rgatish yo‘llari, usullari, texnologiyasi va innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar orqali sinflar kesimida nutqiy ko‘nikmani rivojlantirish va baholash tizimi uchun matn ustida ishlash orqali eshitganlarini to‘g‘ri tushuna olish, mantiqan izchil gapira olish, matnni o‘qib tushuna olish hamda tanqidiy fikr yoza olish ko‘nikmalari ona tili ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ona tili”dan tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asosini takomillashtirish doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
5-9-sinf ona tili ta’limida uzviylik va uzlyuksizlik asosida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining didaktik asosi ilmiy-nazariy tomondan takomillashtirilgan, ya’ni kreativ mashqlar orqali o‘quvchida fikrlash ko‘nikmasini hosil qilish, savol va topshiriqlar tafakkurni rivojlantirish va baholashda ishtirok etishi psixologik va lingvodidaktik jihatdan asoslab berilib, qo‘llanilish o‘rinlari, ona tili ta’limida tutgan o‘rni va vazifalarini aniqlashga doir xulosadan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Ona tili” darsliklarini yaratishda  foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 16-sentyabrdagi 01/11-1-673-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun 8-10-11-sinf “Ona tili” darsliklarining mazmuniga tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar qismi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlardan, asosan, ko‘nikma va malaka hosil qilishda, savol va topshiriqlardan fikrlashga undash hamda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakani baholash maqsadlarida foydalanish ona tili ta’limida uzviylik asosida nutqiy kompetensiyani tizimli hosil qilish va rivojlantirishga erishish mumkinligi isbotlashga doir takliflaridan o‘zbek tili o‘itishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqishda, “Ona tili” darsliklari va o‘qituvchi kitobini yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 16-sentyabrdagi 01/11-1-673-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili milliy korpusining tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari qismi ishlab chiqilgan;
uzviylikni ta’minlagan holda savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘quvchini nutq vaziyatidan kelib chiqib mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning usul va vositalari, baholash darajalari aniqlanib, lingvodidaktikada tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar tuzishga pragmatik usulda yondashishning ilmiy-metodik afzalliklarini dalillashga doir tavsiyalaridan o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘qitishning zamonaviy o‘qitish metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish bakalavriat yo‘nalishi uchun “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 449-sonli buyrug‘i, 149140-raqamli guvohnoma). Natijada, nazariy ma’lumot, tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar asosidagi dars ishlanma va metodik tavsiyalar ishlab chiqish orqali takomillashtirishga zamin yaratilgan;
tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar asosida 5–9-sinfda  tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi bilan birga o‘quvchida muloqot vaziyatiga ko‘ra murojaat qilish, mustaqil fikrlash malakasini ham baravar rivojlantirish lozimligini nazarda tutib, o‘quvchini mantiqiy o‘ylashga o‘rgatish yo‘llari, usullari, texnologiyasi va innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiya va ishlanmalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston telekanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 04-36-1022-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-metodik jihatdan boyitilgan;
tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar orqali sinflar kesimida nutqiy ko‘nikmani rivojlantirish va baholash tizimi uchun matn ustida ishlash orqali eshitganlarini to‘g‘ri tushuna olish, mantiqan izchil gapira olish, matnni o‘qib tushuna olish hamda tanqidiy fikr yoza olish ko‘nikmalari ona tili ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan topshiriqlar ustida ishlashga doir metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan  FI-AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolar” (2020-2023) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 15- iyundagi 285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyot o‘qitishda tafakkurni rivojlvntiruvchi o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish