Qodirov Otabek Abdullaxaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zada resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash asosida elita urug‘lar etishtirishning samaradorligi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx508
Ilmiy rahbar: Kozubaev Shuxrat Sattardjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01.
Rasmiy opponentlar: Seytmusaev Abatbay Idirisovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent; Raxmankulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida rayonlashgan g‘o‘za navlarining navdorligi yuqori bo‘lgan sifatli elita urug‘larini etishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llab urug‘lik hajmini orttirish va ushbu texnologiyalarni elita urug‘chilik xo‘jaliklarga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
urug‘chilikda ilk marotaba Andijon viloyati sharoitida g‘o‘za elita urug‘chilik xo‘jaliklarining ko‘chatzorlarida plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash orqali elita urug‘lar etishtirilishi isbotlangan;
birinchi marotaba g‘o‘za elita urug‘chiligida plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida urug‘lik uchun g‘o‘za tuplarining 3-8 hosil shoxlari urug‘liklariga qo‘shimcha tarzda 9-12 hosil shoxlarida joylashgan ko‘saklar paxtasining chigitlarini urug‘likka yaroqliligi aniqlangan;
plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida etishtirilgan g‘o‘za navlarining tuplarini 3-8 va 9-12 hosil shoxlarida joylashgan ko‘saklar paxtasining chigitlarini unib chiqish quvvati, laboratoriya unuvchanligi hamda pishganlik darajasi urug‘likka qo‘yilgan standart talablariga to‘liq javob berishi isbotlangan;
elita urug‘lik ko‘chatzorlarda plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida ko‘paytirilayotgan Andijon-35, Andijon-37, Andijon-36 g‘o‘za navlarining 3-8 va 9-12 hosil shoxlarida etishgan elita urug‘larni ekib, ularning 3-12 hosil shoxlari oralig‘idan terib olingan urug‘liklaridan tashkil topgan oilalar o‘simliklarining nav tozaligi saqlangan holda elita urug‘lik tayyorlanishi isbotlangan;
resurstejamkor texnologiyalardan plyonka ostida tomchilatib sug‘orish usuli asosida etishtirilgan g‘o‘za navlarni 3-8 hosil shoxlarining ko‘sak paxtalariga qo‘shimcha 9-12 hosil shoxlar ko‘sak paxtalarini urug‘lik uchun terib olish natijasida ko‘proq urug‘lik hosil olinishi evaziga yuqori rentabellikka erishilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zada navdorligi yuqori bo‘lgan sifatli elita va birinchi reproduksiya urug‘liklarini etishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llashda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar asosida:
Andijon viloyati “G‘o‘za elita urug‘chilik” xo‘jaliklari uchun “Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zaning elita va birinchi reproduksiya urug‘larini ko‘paytirishda resurstejamkor texnologiyalar qo‘llash” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, elita urug‘chilik xo‘jaliklarida g‘o‘zaning nav tozaligi yuqori bo‘lgan sifatli elita va birinchi reproduksiya urug‘liklarini etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
G‘o‘zada plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida Andijon-35 g‘o‘za navining elita urug‘larini etishtirishda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida joylashgan “Alp Ravshan orzusi” fermer xo‘jaligining 3,5 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-510-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon-35 g‘o‘za navi tuplarining 3-8 hosil shoxlardan 21,4 s/ga va 9-12 hosil shoxlardan 13,2 s/ga urug‘lik paxta terib olinib, umumiy 34,6 s/ga urug‘lik hosil, nazoratga nisbatan qo‘shimcha 16,4 s/ga urug‘lik hosil, umumiy paxta hosildorligi o‘rtacha 52,0 s/ga va sug‘orishga 1681,4 m3 suv sarflanganligi evaziga rentabellik 110-114,4% ni tashkil qilgan;
Andijon-37 g‘o‘za navining elita urug‘larini resurstemjor texnologiya asosida etishtirishda Andijon viloyatining Oltiko‘l tumanidagi “Porloq vodiy alplari” fermer xo‘jaliginining 3,2 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-510-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu nav tuplarining 3-8 hosil shoxlaridan 22,8 s/ga va 9-12 hosil shoxlaridan 11,3 s/ga urug‘lik paxta terib olinib, umumiy 34,1 s/ga urug‘lik hosil, nazotarga nisbatan esa qo‘shimcha 11,5 s/ga urug‘lik hosil, umumiy paxta hosildorligi o‘rtacha 51,3 s/ga hamda sug‘orishga 1784,1 m3 suv sarflanganligi evaziga rentabellik 111,9-117,0% bo‘lgan;
Urug‘lik sifati hamda navdorligi yuqori bo‘lgan sara urug‘larni salmog‘ini oshirish maqsadida plyonka ostida tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash orqali Andijon-36 g‘o‘za navining elita urug‘larini etishtirishda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Oq suv ilmiy eksperimental” fermer xo‘jaligini 3,0 gektar maydonida, viloyat bo‘yicha jami 9,7 gektar urug‘lik maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/04-04-510-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon-36 g‘o‘za navi tuplarining 3-8 hosil shoxlaridan 23,5 s/ga va 9-12 hosil shoxlaridan 10,6 s/ga urug‘lik paxta terib olinib, umumiy 34,1 s/ga urug‘lik hosil, nazoratga nisbatan qo‘shimcha 16,2 s/ga urug‘lik hosil, umumiy paxta hosildorligi o‘rtacha 51,4 s/ga, sug‘orishga 1613,8 m3 suv sarflanganligi evaziga rentabellik 102,2-110,0% ga oshgan.