Yunusalieva Kamola Isakdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gaz va suyuqliklarni tozalash uchun tebranish ta’sirida qatlam shaklidagi g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5092.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz va suyuqliklarni tozalash uchun tebranish ta’sirida qatlam shaklidagi g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qolipga metall kukunlarni ketma-ket solish va tebranma xarakat ta’sirida G‘O‘M olishda g‘ovaklar joylashishini o‘zgartirish va boshqarishning samarali usuli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
tebranma harakat parametrlari ta’sirida, metall kukunlarning o‘lchamlari, shakli va og‘irligiga qarab, ularning zichlanish, bo‘linish (segregatsiya) va qaynash oraliq zonalari aniqlangan va tebranma harakat parametrlari ta’sirida G‘O‘M asosiy xususiyatlarini bog‘lovchi model` yaratilgan;
qolipga metall kukunlarni ketma-ket solish va tebranma xarakat ta’sirida G‘O‘M olishda tebranma harakatning optimal rejimlari, kukunlarning o‘rtacha o‘lchamlari va og‘irliklari, o‘rtacha g‘ovaklik, qatlamlar balandliklarining optimal qiymatlari aniqlangan;
qolipga metall kukunlarni ketma-ket solish va tebranma xarakat ta’sirida yuqori ekspluatatsion xususiyatli G‘O‘M olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan texnologiyada olingan G‘O‘Mning o‘tkazuvchanlik koeffisienti va tozalash ko‘rsatkichi 3 barobar, mexanik mustahkamligi va samaradorlik parametri 2 barobar oshganligi, moy tarkibidagi qattiq zarrachalarni yig‘ish qobiliyati 3 barobarga oshib, fil`trning ishlash muddatini 8-10 yilgacha uzaytirilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz va suyuqliklarni tozalash uchun tebranish ta’sirida qatlam shaklidagi g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall kukunlari asosida ishlab chiqilgan suyuqlik va gazlarni chuqur tozalaydigan fil`tr elementlari Farg‘ona viloyati, Quva tumani OOO “Quvamashtex” MTP korxonasi TTZ 80.11 rusumli traktorlarining dvigatellari moy fil`trlariga tadbiq etilgan (“O‘zagroservis” AJ ning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan fil`tr elementlarining o‘tkazuvchanlik hususiyatlari an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga qaraganda 2 barobar oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision g‘ovakli kukunsimon materiallar Farg‘ona viloyati, Quva tumani OOO “Quvamashtex” MTP korxonasi MTZ-80X rusumli traktorlarining dvigatellari moy fil`trlariga tadbiq etilgan (“O‘zagroservis” AJ ning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiya asosida jarayonning unumdorligi va olingan fil`tr elementlarning umrboqiyligi 3 barobar hamda mexanik mustahkamligini 2 barobar oshirish imkonini bergan.