Tojiboev Begijon Mamitjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik maqsadlarida kompozision polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining samarali tarkib va olish texnologiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi ichki kuchlanishlarni paydo bo‘lishi va kamayishining metodologik asoslari», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T775.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sadiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Sayibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Karshiev Mamaraim Sanaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xolmurodova Dilafruz Kuvatovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinsozlik maqsadlarida kompozision polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining samarali tarkib va olish texnologiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi ichki kuchlanishlarni paydo bo‘lishi va kamayishining metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarni aniqlashning konsol usulini ishlab chiqish orqali elastik metall taglikdagi qoplamalarda ichki kuchlanishlarni aniqlashning kuch usuli namuna mikrometrik vint bilan dastlabki holatga chiqishda prujinaga ta’sir qiluvchi kuch orqali aniqlash asoslangan;
taklif etilgan tashqi kuch orqali aniqlash usuli asosida harorat va turli sharoitlarda polimer va lok-bo‘yoq qoplamalardagi ichki kuchlanishlarni tashqi kuch va konsol usullarida o‘lchaydigan universal qurilma ishlab chiqilgan, yaratilgan va konstrusiyalangan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarda ichki kuchlanishlarning kelib chiqish mexanizmlari, ichki kuchlanishlarning asosiy sababi tizimda relaksatsion jarayonlarning sekinlashishi, polimer-taglik hamda polimer-to‘ldiruvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mustahkamligi ortishi bilan ichki kuchlanishlar keskin oshishi aniqlangan;
ichki kuchlanishlarni polimer va lok-bo‘yoq qoplamalari hosil bo‘lish jarayonida qotiruvchilar bilan aniqlash mumkinligi, relaksatsion jarayonlarning sekinlashishi, qoplamalardagi ichki kuchlanishlarga qoplamani sovishida hosil bo‘lish jarayoni, tezligini aniqlovchi omillar ta’siri, erituvchining xususiyatlari va turli tarkibiy qo‘shimchalarning ta’siri alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
ichki kuchlanishlari kamaytirilgan, yuqori adgeziya va mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallar hamda qoplamalarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan, qoplamalarning turli sharoitlarda umrboqiyligi va ishonchliligini oshirishga yordam berishi aniqlangan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining ichki kuchlanishlarini qoplovchi plyonka hajmiga va substrat-taglik adgeziyasi chegarasida hosil bo‘ladigan molekulyar tuzilishga hamda qoplama qalinligiga ta’siri orqali boshqarish va ichki kuchlanishlarni pasaytirish imkoniyatlari asoslangan, polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining chidamliligini oshirishni aniqlash imkonini beruvchi ichki kuchlanishlarni hosil bo‘lishi va pasayishi hamda adgezion-mustahkamlik xossalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ichki kuchlanishlarni kamaytirish va yuqori adgezion-kogezion mustahkamlik xossalari hamda shunga mos ravishda umrboqiyligi yuqori bo‘lgan qoplamalar olish imkonini beruvchi texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mashinasozlik maqsadlarida kompozision polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining samarali tarkib va olish texnologiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi ichki kuchlanishlarni paydo bo‘lishi va kamayishining metodologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki kuchlanishlari kamaytirilgan, yuqori adgezion va mustahkamlik xususiyatlariga ega hamda umrboqiylikka erishishga yo‘naltirilgan samarali kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallari “Kuvameshtex servis” MTPda (Farg‘ona viloyati) paxta terish mashinalari, don yig‘uvchi kombaynlar va turli traktorlarning qismlari, uzellari va korpuslarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi”, Qishloq Xo‘jaligida bilim va Innovatsiyalar Milliy Markazining 2024 yil 15 oktyabrdagi 05/15-04-519-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision polimer materiallardan past ichki kuchlanish va yuqori adgezion mustahkamlikka ega qoplama sifatida qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mashina va mexanizmlarida keng foydalanish imkonini bergan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalardagi ichki kuchlanishlarni kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan samarali usul Namangan viloyatidagi “Agroservis MTP” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi”, Qishloq Xo‘jaligida bilim va Innovatsiyalar Milliy Markazining 2024 yil 15 oktyabrdagi 05/15-04-519-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoplamalarning ichki kuchlanishlarini 5-6 barobar kamaytirish orqali qishloq xo‘jaligi texnikasi konstruksiyalari va korpuslarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq qoplamalarining umrboqiyligini 1,8-2 barobar oshirish imkonini bergan;
kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallari asosidagi qoplamalar paxta terish mashinalari, don yig‘uvchi kombaynlar va traktorlarning yupqa devorli metall konstruksiyalari sirt yuzalarida qo‘llash orqali (“Agroservis MTP” MChJda) amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi”, Qishloq Xo‘jaligida bilim va Innovatsiyalar Milliy Markazining 2024 yil 15 oktyabrdagi 05/15-04-519-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoplamalarning adgezion mustahkamligini 20-30% ga oshirish va ishlatilayotgan materiallar qiymatini 3-3,5 barobarga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish