Sattorov Muzaffar Soatavichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olxo‘ri chechagi virusining o‘simlik ba’zi morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish va uning diagnostikasi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B803.
Ilmiy rahbar: Fayizev Voxid Baxramovich, biologiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.B.82.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Zarifa Nosirovna biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olxo‘ri chechagi virusini ajratish, biologik, molekulyar genetik identifikatsiyalash va o‘simlikning ayrim morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash hamda diagnostika qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida OChVning izolyatlari ajratilgan va tarqalish darajasi aniqlangan;
ajratilgan virus PZR usulida molekulyar-genetik identifikatsiya qilingan va D shtammga xosligi hamda bir-biridan farqlanuvchi izolyatlar ekanligi isbotlangan;
ajratib olingan mahalliy izolyatlarining oqsil qobig‘idagi geni nukleotidlar izchilligi va shu asosida sintezlanadigan oqsilning aminokislotalar tarkibi shunga yaqin izolyatlar bilan qiyosiy tahlil qilish orqali aniqlangan;
toza virus preparati asosida spesifik quyon zardobi tayyorlash usuli takomillashtirilgan hamda ushbu usul yordamida yuqori titrli spesifik zardob tayyorlash mumkinligi immunologik hamda molekulyar-genetik usullar yordamida isbotlangan;
tayyorlangan yuqori titrli zardob virus diagnostikasida qo‘llanilishi natijada Convolvulus arvensis, Trifolium pretense kabi yovvoyi o‘simliklar virusning respublikamiz iqlim sharoritida tarqalgan yangi rezervator o‘simliklari ekanligi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olxo‘ri o‘simligini kasallantiruvchi viruslarni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va ularning diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
OChV ni O‘zbekistonda tarqalgan izolyati O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutidagi “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy obekti kolleksiyasi” genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 15 martdagi 4/1255-610-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyadagi viruslar genofondini boyitish, elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
OChV ning Toshkent viloyatida tarqalgan uchta bir-birdan farqalanuvchi izolyatlari molekulyar genetik usulda identifikatsiya qilindi va PPV Uzb1, PPV Uzb2 va PPV Uzb3 nomi bilan Xalqaro Gen bank - NCBI ga joylandi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 08 oktyabrdagi 05/06-02-861-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viruslarninig yangi turlarini tavsiflashda nukleotidlar ketma-ketligi asosida mintaqalararo foydalanish imkonini bergan;
olxo‘ri o‘simligidan ajratilgan izolyatlarning laboratoriya sharoitida toza preparati olingan, virusga spesifik, yuqori titrli quyon zardobi Toshkent viloyati Parkent va Qibray tumanlaridagi jami 10,4 ga maydonda virus diagnostikasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 08 oktyabrdagi 05/06-02-861-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida olxo‘ri chechagi virusini erta aniqlash va tarqalishini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish