Qobulova Barno Baxriddinqizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xadicha ko‘li algoflorasi va uning ahamiyati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1161.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Alimjanova Xolisxon, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xadicha ko‘li algoflorasini inventarizatsiyalash va ko‘l suvini ekologiya-sanitariya holatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xadicha ko‘li algoflorasini to‘liq inventarizatsiyalash natijasida suvo‘tlarning 6 bo‘lim, 12 sinf, 19 tartib, 36 oila, 70 turkumga mansub sianofitlarning 30 va suvo‘tlarining 186 turi aniqlangan;
Xadicha ko‘li suvi mineralizatsiyasi miqdorining yuqori bo‘lishiga bog‘liq holda algofloraning o‘ziga xos shakllanish jihatlari ilmiy asoslangan;
ilk bor Xadicha ko‘li algoflorasi tarkibidagi 169 tur indikator-saprob turlarning geografik tarqalishi, mavsumiy hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aks etgan GAT xaritalari va kadastri tuzilgan;
Xadicha ko‘li algoflorasi tarkibidagi indikator-saprob suvo‘tlarining tarqalishi, miqdori va saproblik darajalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xadicha ko‘li algoflorasi va uning ahamiyati bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xadicha ko‘li algoflorasidagi suvning minerallashuv darajasi va pH ko‘rsatkichlarini belgilovchi suvo‘tlarning turlar tarkibi, uchrash darajasi hamda turlar tarkibining mavsumiy o‘zgarish dinamikasi Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 03-03/3-6168-son ma’lumotnomasi). Natijada Xadicha ko‘lining pH ko‘rsatkichlarini va suvning sho‘rlanish darajalari aniqlash, mavsumiy kuzatib borish hamda monitoring qilish imkonini bergan;
algoflora tarkibidagi dominant indikator-saprob suvo‘tlarining miqdoriy va biomassa ko‘rsatkichlariga tashqi muhit omillari ta’sirini belgilashga oid tavsiyalar Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 03-03/3-6168-son ma’lumotnomasi). Natijada ayrim dominant indikator-saprob suvo‘tlarining miqdoriy va biomassa ko‘rsatkichlarini baholash, ifloslovchi manbalarini aniqlash hamda nazorat qilish imkonini bergan;
Xadicha ko‘li algoflorasi tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suvning organik moddalar bilan ifloslanish darajasini belgilaydigan 169 tur indikator-saprob turlarning saproblik indeksi, mavsumiy uchrash ko‘rsatkichlari va tarqalishiga oid “Xadicha ko‘li indikator-saprob suvo‘tlarining kadastri” Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 03-03/3-6168-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ldagi indikator-saprob turlarning tarqalishi, miqdoriy ko‘rsatkichlari hamda davriy o‘zgarishlarini kuzatib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish