Jo‘raeva Dildora Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar asosida takomillashtirish (Biologiya o‘qitish metodikasi fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5007.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baxieva Luiza Aminovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar yordamida tashkil etish mazmuni motivatsion, tuzilmali, adaptiv bosqichlarga muvofiq refleksiv vazifalar, amaliy topshiriqlar, bulutli hisoblashlar (Cloud computing), on-line ta’lim platformalari va mobil texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar orqali tashkil etishning tarkibiy-mazmunli modeli maqsadli, mazmun, baholash, natija komponentlarini o‘zaro integratsiyalash va on-line ta’lim platformasida bulutli texnologiyalar (Google Docs, Microsoft) uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
biologiya o‘qitish metodikasi fanida bulutli texnologiyalardan foydalanib talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning metodik ta’minoti vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslari va on-line mustaqil ta’lim platformasi orqali talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini adaptiv-reproduktiv texnologiyaga muvofiq intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
biologiya o‘qitish metodikasi fanidan bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitida WebQuest, Geymifikatsiya, M-Learning, M-Feedback o‘qitish vositalari, Assesment, Pre-Vodcasting, RequestBase, ExamSoft, mobil so‘rovnoma, mobil viktorina, Plickers kabi innovatsion loyihaviy metodlarni kreativ faoliyat jarayonlariga tizimli qo‘llashga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar asosida takomillashtirish (Biologiya o‘qitish metodikasi fani misolida) bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
bulutli ta’lim muhitida biologiya yoʻnalishi talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etishning didaktik va metodik imkoniyatlari raqamlashtirishning zamonaviy talablari asosida takomillashtirilga doir tavsiyalari Biologiya ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Human anatomy and physiology (Human physiology)” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-052 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mustaqil ta’limda bulutli texnologiyalarda foydalanish imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar orqali tashkil etishning tarkibiy-mazmunli modeli maqsadli, mazmun, baholash, natija komponentlarini o‘zaro integratsiyalash va on-line ta’lim platformasida bulutli texnologiyalar (Google Docs, Microsoft) uyg‘unligini ta’minlash; Biologiya o‘qitish metodikasi fanida bulutli texnologiyalardan foydalanib talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning metodik ta’minoti vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslari va on-line mustaqil ta’lim platformasi orqali talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini adaptiv-reproduktiv texnologiyaga muvofiq intensivlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif hamda tavsiyalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8-bulutli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 05 iyuldagi 01/15-09/148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bulutli ta’lim muhitida biologiya o‘qitishning onlayn va oflayn tizimining interaktivligini ta’minlash imkoniyati ta’minlangan;
biologiya o‘qitish metodikasi fanidan bio-cloud.uz bulutli-ta’lim muhitida WebQuest, Geymifikatsiya, M-Learning, M-Feedback o‘qitish vositalari, Assesment, Pre-Vodcasting, RequestBase, ExamSoft, mobil so‘rovnoma, mobil viktorina, Plickers kabi innovatsion loyihaviy metodlarni kreativ faoliyat jarayonlariga tizimli qo‘llashga doir ilmiy-metodik tavsiyalari “Biologiya o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-sonli buyrug‘i asosida berilgan 149037-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bulutli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini uzluksiz takomillashtirish tizimini intensiv optimallashtirilishga xizmat qilgan.