Yusupov Nodir Akbarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida xizmat tekshiruvini amalga oshirishni ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.02 -“ Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1424.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc. 32/30.12.2020. Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Sharipov Sanjar Sobirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida xizmat tekshiruvini amalga oshirishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat tekshiruvi jarayonida ish beruvchining xodimni ishdan chetlashtirishi mehnat qonunchiligida belgilangan mehnat shartnomasiga, lokal me’yoriy hujjatlarga va ishlab chiqilgan ichki qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi shartligi asoslantirilgan;
xodimlarning huquqlarini hurmat qilish va ish beruvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazish faqat tegishli buyruq yoki qaror bilan rasmiylashtirilishi kerakligi asoslantirilgan;
xizmat tekshiruvi o‘tkazishning aniq muddati belgilanishi o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning ishonchsizlik holatida uzoq vaqt qolishining oldini olish va uning mehnat faoliyatini tezroq tiklashga xizmat qilishi asoslangan;
maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish jarayonida sohaga doir qonunchilik hujjatlari ham qat’iy rioya qilinishi kerakligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasida Milliy gvardiyasi organlarida xizmat tekshiruvini amalga oshirishni ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tadqiqotchining xizmat tekshiruvi jarayonida ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798-sonli «O‘zbekiston Respublikasining tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 151-moddasi 4-qismida shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2024-yil 20-fevraldagi 04/10-10-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlariga noqonuniy aralashish, halaqit qilish holatlarini oldini olishga xizmat qilgan.
tadqiqotchining xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtirilishi to‘g‘risidagi takliflari Mehnat kodeksining 303-moddasi
2-qismi tahririni bayon etilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2024-yil 20-fevraldagi 04/10-10-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonini qonuniy asoslar asosida amalga oshirilishi tartibi joriy etilishiga xizmat qilgan.
mustaqil izlanuvchining xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerakligi to‘g‘risidagi taklifidan Mehnat kodeksining
308-moddasi 1-qismini shakllantirishda foydalanilgan; (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2024-yil 20-fevraldagi
04/10-10-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonini qonuniy asoslar asosida amalga oshirilishi tartibi joriy etilishiga xizmat qilgan.
mustaqil izlanuvchining maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilikda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda belgilanishi to‘g‘risilagi takliflaridan Mehnat kodeksining 311-moddasi 3-qismini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2024-yil 20-fevraldagi 04/10-10-17-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazishda ularning xizmat faoliyati xususiyatlari inobatga olinishi talablari o‘rnatilishiga xizmat qilgan.
tadqiqotchining xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonida mas’ul xodim tomonidan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan to‘planadigan hujjatlar ro‘xatini belgilash to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi 354-son qarorining 181-bandini shakllantirishda foydalanilgan va qonunchilikka joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-fevraldagi
12-15-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi xizmat tekshiruvi o‘tkazishda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilishini oldi olinishiga xizmat qilgan.
mustaqil izlanuvchining elektron tizimga ma’lumotlari noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, xizmat tekshiruvi tayinlanishi to‘g‘risilagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son qarorining 57-bandi uchinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-fevraldagi 12-15-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi mas’ul shaxslar tomonidan xizmat vazifalarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashilishini ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish