Orziqulova Shaxlo Akmal qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik sindromda buyrak funksional holatini baholash va uni muvofiqlashtirish usullari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2396.
Ilmiy rahbar: Badritdinova Matlyuba Najmidinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromda buyrak shikastlanishining erta diagnostika mezonlarini aniqlash va uning funksional holatini baholash, uni muvofiqlashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet 2-tip ustunligi bor ayollarda arterial gipertenziyaning barcha darajalari,  abdominal semizlik, ortiqcha tana vazni va semizlikning barcha darajalari glyukozaga tolerantlikning buzilishi ustunligi bor ayollarga nisbatan ko‘p uchrashi asoslangan;
metabolik sindrom komponentlari mavjudligida surunkali buyrak kasalligining G1 va G2 toifalarida ham al`buminuriya darajasini baholash asoslangan;
buyrak gemodinamikasini asoslovchi rezistentlik indeksi va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, hamda al`buminuriya o‘rtasida kuchli, to‘g‘ri musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
metabolik sindrom komponentlarining mavjudligiga ko‘ra, surunkali buyrak kasalliklarining kelib chiqishi va asoratlarini kamaytirishga asoslangan buyrak shikastlanishining klinik oldi bosqichini muvofiqlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Metabolik sindromda buyraklarning funksional holatini va amaliyotda klinik ahamiyatini baholash usuli» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 noyabrdagi 07/95-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet 2-tip ustunligi bor ayollarda arterial gipertenziyaning barcha darajalari,  abdominal semizlik, ortiqcha tana vazni va semizlikning barcha darajalari glyukozaga tolerantlikning buzilishi ustunligi bor ayollarga nisbatan ko‘p uchrashi asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindrom komponentlari mavjud glyukozaga tolerantlikning buzilishi bor ayol bemorlarda surunkali buyrak kasalligini rivojlanish ahamiyatini o‘rganishga  asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindrom komponentlari mavjud glyukozaga tolerantlikning buzilishi bor ayol bemorlarda buyrak funksional holatini erta baholash – surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi, gemodializga ko‘rsatmani oldini olish natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 1329800  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: metabolik sindrom komponentlari mavjud glyukozaga tolerantlikning buzilishi bor bemorlarda buyrak funksional holatini erta baholash  lozim.
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom komponentlari mavjudligida surunkali buyrak kasalligining G1 va G2 toifalarida ham al`buminuriya darajasini baholash muhim ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindromi bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligini tashxislashda al`buminuriyaning ahamiyatini o‘rganishga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromi bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligining oldini olish maqsadida shifokor nazorati ostida standart bo‘yicha lipidogramma, al`buminuriya, koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini aniqlash tahlili  181000 so‘mni tashkil etadi. Bemor o‘z vaqtida davolanmasa, hamda ahvoli og‘irlashsa, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. Natijada tekshirish usullariga (bir bemor hisobidan) o‘rtacha 250000 so‘m sarflanadi. Profilaktika chora-tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilsa, umumiy xarajatlardan har bir bemor uchun 69000 so‘m tejaladi. Xulosa: metabolik sindrom komponentlari mavjudligida surunkali buyrak kasalligining G1 va G2 toifalarida ham al`buminuriya darajasini va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini baholash lozim.
 uchinchi ilmiy yangilik: buyrak gemodinamikasini asoslovchi rezistentlik indeksi va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, hamda al`buminuriya o‘rtasida kuchli, to‘g‘ri musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak gemodinamikasini asoslovchi rezistentlik indeksi va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, hamda al`buminuriya o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlikka asoslanib, metabolik sindromi bor bemorlarda buyrak arteriyalarining ul`tratovush dopplerafiyasi orqali rezistentlik indeksining aniqlanishi prognostik ahamiyatga ega. O‘tkazilgan tekshiruv usullari asosida  tashxislash surunkali buyrak kasalligini dastlabki darajalarida erta tashhislash, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromi bor bemorlarda koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, al`buminuriya, rezistentlik indeksi o‘rtasida korrelyasion aloqadorlikka asoslanib, surunkali buyrak kasalligining  rivojlanishini aniqlashda prognostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Buyrak gemodinamikasini asoslovchi rezistentlik indeksini aniqlash ham ahamiyatli iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lib, har bir bemor uchun 110 000 so‘m sarflanadigan bo‘lsa,  ushbu usul orqali buyrakning funksional holatini erta baholash yordamida statsionarda davolanishni o‘rtacha 10 kundan 6 kunga qisqartirish, hamda  qisqargan 4 kun statsionar sharoitida davolanishga sarflanadigan byudjet mablag‘i har bir bemor uchun 400000 so‘mga tejaladi. Xulosa: glyukozaga tolerantlikning buzilishi bor bemorlarda buyrak arteriyalarining doppler ul`tratovush tekshirish orqali surunkali buyrak kasalligini rivojlanishini  bashoratlash lozim.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom komponentlarining mavjudligiga ko‘ra, surunkali buyrak kasalliklarining kelib chiqishi va asoratlarini kamaytirishga asoslangan, buyrak shikastlanishining klinik oldi bosqichini muvofiqlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindromi bor bemorlarda buyrak funksional holatini erta aniqlash algoritmini qo‘llash – ambulator qatnovlar sonining kamayishi, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi, gemodializ va buyrak transplantatsiyasini oldini olish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindrom komponentlari bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligining oldini olish hisobiga (bir bemor hisobidan) 860800 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: metabolik sindrom komponentlari bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligini rivojlanishini hisobga olgan holda buyrak funksional holatini erta baholash lozim.

Yangiliklarga obuna bo‘lish