Qodirova Aziza Bekmurod qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Termiziy allomalar asarlarida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid qarashlarning psixologik asoslari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya.Shaxs psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4.DSc/P79.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Baxriddin Mingbaevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termiziy allomalar asarlarida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid qarashlarning psixologik jihatlarini tadqiq va tahlil qilish asosida shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid amaliy tavsiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termiziy allomalarning ma’naviy etuk inson rivoji bilan bog‘liq fikrlari mohiyat jihatidan termiziy allomalarning ma’naviy etuklik aspektlarining milliy qadriyatlar g‘oyasi asosida integrativ rivojlanishida intellekt potensialining differensial asosda ilmiy-nazariy tahlil qilinishi asoslangan bo‘lib, shaxs rivojlanishidagi milliy qadriyatlar va ma’naviyatning integratsiyalashgan o‘zgarishlar keltirib chiqishi dalillangan.
termiziy allomalarning asarlarida tarbiyaviy hadislar shaxs xususiyatlari, bilish jarayonlari va uning psixologik tavsifini qiyoslashning dinamik xususiyatlariga ko‘ra yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirish ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
termiziy allomalar asarlarida shaxsning hissiy jabhalari tafakkur, aql, kamtarlik, g‘azab, hasad fenomenlari refleksiv differensiallashuvga asosan psixologik tavsiflangan hamda ilmiy-axloqiy asarlarida nafsni tarbiyalash orqali komillikka erishish identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan;
termiziy allomalar ilmiy merosi bir-birini to‘ldiruvchi, ilm, tasavvuf va psixologiyani uyg‘unlashtirgan yondashuvlarni ifodalashi va shaxsning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, ijobiy ruhiy holati praksik hislariga bog‘liqligi ilmiy, tasavvuf va psixologik tahlili bilan dalillangan;
termiziy allomalarning psixologik qarashlari talabalabalarni ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda mualliflik asosidagi «Talabalarni ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini psixologik-pedagogik jihatdan shakllantirish» o‘quv dasturining ta’siri samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Termiziy allomalar asarlarida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid qarashlarning psixologik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
termiziy allomalarning ma’naviy etuk inson rivoji bilan bog‘liq fikrlari mohiyat jihatidan termiziy allomalarning ma’naviy etuklik aspektlarining milliy qadriyatlar g‘oyasi asosida integrativ rivojlanishida intellekt potensialining differensial asosda ilmiy-nazariy tahlil qilinishi asoslangan bo‘lib, shaxs rivojlanishidagi milliy qadriyatlar va ma’naviyatning integratsiyalashgan o‘zgarishlar keltirib chiqishi dalillanganligi haqidagi psixologik qarashlari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar Termiziy allomalar asarlarida psixologik fikrlardan oliy ta’lim jarayonida foydalanish va yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayoni refleksiv psixologik omillarning konseptual ahamiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
termiziy allomalarning asarlarida tarbiyaviy hadislar shaxs xususiyatlari, bilish jarayonlari va uning psixologik tavsifini qiyoslashning dinamik xususiyatlariga ko‘ra yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirish ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligini yoritishga qaratilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228-son buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Termiziy allomalar asarlaridagi psixologik fikrlar, tarbiyaviy hadislar, shaxs kognitiv jarayonlarni rivojlantirish borasidagi psixologik fikrlaridan talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanilishiga erishilgan;
termiziy allomalar asarlarida shaxsning hissiy jabhalari tafakkur, aql, kamtarlik, g‘azab, hasad fenomenlari refleksiv differensiallashuvga asosan psixologik tavsiflangan hamda ilmiy-axloqiy asarlarida nafsni tarbiyalash orqali komillikka erishish identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228-son buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tasavvufning diniy-tarbiyaviy, falsafiy, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlanishiga erishilgan;
termiziy allomalar ilmiy merosi bir-birini to‘ldiruvchi, ilm, tasavvuf va psixologiyani uyg‘unlashtirgan yondashuvlarni ifodalashi va shaxsning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, ijobiy ruhiy holati praksik hislariga bog‘liqligi ilmiy, tasavvuf va psixologik tahlili bilan dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar talabalarni kognitiv-emotsional holatlari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlarini yaxshilashga qaratilishi, milliy qadriyatlar, allomalar merosiga bo‘lgan qiziqishlari ularda diniy bag‘rikenglik va vatanparvarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
termiziy allomalarning psixologik qarashlari talabalabalarni ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda mualliflik asosidagi «Talabalarni ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini psixologik-pedagogik jihatdan shakllantirish» o‘quv dasturining ta’siri samarali ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228-son buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi P-M-228a-son ma’lumotnomasi). Natijada din va diniy oqimlarga munosabat xususidagi bilimlarni kengaytirish; shaxslararo munosabatlarda o‘zgalarni hurmat qilish, o‘zaro hamkorlik, yordam qo‘lini cho‘zish, hayrixohlik, ruhiy holatlar va ruhiy kechinmalarni to‘g‘ri tushunish, empatiya, muloqot mahoratini namoyon eta olish, atrofdagilarga nisbatan saxiy bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishiga erishilgan.