Jonuzokov Mirzabek Kulmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarini investision jozibadorligini oshirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3949.
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ashurova Nasiba Botirovnalar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarini investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’limning investisiya jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim sifati, kadrlar tayyorlash darajasi, moliyaviy samaradorlik, innovatsiyalar joriy etish imkoniyatlari, global raqobatbardoshlik va jamiyat ehtiyojlariga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlash qobiliyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida soha samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda oliy ta’lim taraqqiyoti uchun zarur investisiya oqimini vujudga keltirish salohiyati jihatidan takomillashtirilgan;
οliy ta’limga kiritilgan investisiya samaradοrligi (Is) bahοlash uslubi sohaga kiritilgan qo‘shimcha investisiyalar samaradorligi (ISI), oliy ta’limda investisiyalarning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi sarf-xarajatlar samaradorligi (IS△t) hamda oliy ta’limga kiritilayotgan qo‘shimcha investisiyalar har bir so‘m fοydasi hisοbiga οlingan samaradοrligi (ISF)ni umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (Is=IS△I + IS△t + ISF) asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limga investisiyalarni jalb etishda davlat-xususiy sheriklik shartnomaviy munosabatlarida tashkiliy-huquqiy (RTH = 0,35) va moliyaviy (RM = 0,65) xatarlarni pasaytiruvchi shartlarni kiritish orqali oliy ta’lim muassasalarining investision jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining investisiyaviy jozibadorligiga omillarning ta’sirini vektorli avtoregressiya modeli bilan baholash asosida eksponensial tekislash usuli yordamida investisiya hajmini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida investision jozibadorlikni oshirish yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’limning investisiya jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim sifati, kadrlar tayyorlash darajasi, moliyaviy samaradorlik, innovatsiyalar joriy etish imkoniyatlari, global raqobatbardoshlik va jamiyat ehtiyojlariga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlash qobiliyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida soha samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda oliy ta’lim taraqqiyoti uchun zarur investisiya oqimini vujudga keltirish salohiyati jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 284-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2024-yil 31-maydagi 10-sonli qarori). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasalarida soha samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda oliy ta’lim taraqqiyoti uchun zarur investisiya oqimini vujudga keltirish salohiyati jihatidan takomillashtirilgan oliy ta’limning investisiya jozibadorligi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
οliy ta’lim muassasalarining investisiya samaradorligi (Is) ni baholash uslubi sohaga kiritilgan qo‘shimcha investisiyalar samaradorligi (ISI), oliy ta’limda investisiyalarning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi sarf-xarajatlar samaradorligi (IST) hamda oliy ta’limga kiritilayotgan qo‘shimcha investisiyalar har bir so‘m fοydasi hisοbiga οlingan samaradοrligi (ISF)ni umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (Is=ISI + IST + ISF) asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekistοn Respublikasi οliy ta’lim, fan va innοvatsiyalar vazirligi tizimi amaliyοtiga jοriy etilgan (O‘zbekistοn Respublikasi οliy ta’lim, fan va innοvatsiyalar vazirligining 2024-yilning 8-iyuldagi 03/10-1921-sοnli ma’lumοtnοmasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida οliy ta’lim muassasalariga kiritilayοtgan investisiyalar aniq dasturlar asοsida amalga οshirilishi va ularning samaradοrlik darajasiga tο’g‘ri bahο berish imkοniyatiga ega bο’linib, investisiya hajmi 8-10 fοiz ο’sishga erishilgan;
oliy ta’limga investisiyalarni jalb etishda davlat-xususiy sheriklik shartnomaviy munosabatlarida tashkiliy-huquqiy (RTH = 0,35) va moliyaviy (RM = 0,65) xatarlarni pasaytiruvchi shartlarni kiritish orqali oliy ta’lim muassasalarining investision jozibadorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 03/10-1921-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berilib, davlat-xususiy sheriklik shartnomaviy munosabatlaridagi tashkiliy-huquqiy va moliyaviy xavfni pasaytirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali sohaning investision jozibadorligini oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining investisiyaviy jozibadorligiga omillarning ta’sirini vektorli avtoregressiya modeli bilan baholash asosida eksponensial tekislash usuli yordamida investisiya hajmini oshirishning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 03/10-1921-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soha investisiyaviy jozibadorligining o‘sish darajasi ko‘rsatib berilib, respublika oliy ta’lim muassasalariga kiritilgan investisiyalarning hajmi 2028-yilda 2023-yilga nisbatan 138,4% o‘sishi yoki 12774,5 mlrd. so‘mga (3347,15 mlrd. so‘m oshishi) erishishi asoslangan.