Valijanov Sherzod Abdug‘ani o‘g‘lining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1614
Ilmiy rahbar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, Filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Vositov Valijon Abduvaxobovich; Samarqand davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Mirsanov G‘aybullo Qulmuradivich. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llarini komponent tahlil orqali ularning struktur-semantik hamda lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda intensivlik semantikasi va bu semantikaning o‘rganilishi masalalari tahlil qilinib, intensifikator, intensiv, intensema tushunchalarining mazmun mundarijalari asoslangan;
intensivlik semantikasining sifat, miqdor, meyor kabi obektiv kategoriyalar hamda ekspressivlik, emotsionallik, baholash, obrazlilik kabi subektiv-pragmatik kategoriyalarga munosabati masalalari aniqlanlgan;
intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llari komponent tahlil orqali ularning arxisema va integral semalari aniqlangan, ularning semantik - struktur xususiyatlari tahlil etilgan, shuningdek mazkur fe’llarning allomorf va izomorf jihatlari dalillangan;
olamning lisoniy manzarasida intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llarining voqealanishi, ularning lingvokognitiv xususiyatlari, intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llarining frazeologik birliklar orqali voqealanishi, shuningdek, ularnining lingvomadaniy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida intensivlik semantikasini ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
Intensivlik kategoriyasining graduallik, ekspressivlik, emotsionallik kabi yondosh hodisalarga munosabati va ularni farqli va o‘xshash xususiyatlari, ingliz o‘zbek tillarida intensivlik semantikani ifodalovchi harakat fe’llarining semantik va struktural tasnifi, milliy qiyoslanayotgan tillarda intensivlikni ifodalovchi harakat fe’llarining frazeologik birliklar, sinonomik qatorlar orqali ifodalanishi, ingliz va o‘zbek tillarida intensivlikni ifodalovchi frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari va intensivlikni ifodalovchi harakat fe’llari va frazeologik birlarining lingokognitiv xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ta’sisligida tashkil etilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-201912258 “ O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 04/1-2675-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligini oshirishga, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
Dissertatsiya natijalaridan Namangan davlat universiteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori D.Sarimsakova rahbarligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Almi Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021 yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ 800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Colloborative Action researcher for English teachers” amaliy loyihasi doirasida:
Ingliz va o‘zbek tillarida intensivlik semantikani ifodalovchi harakat fe’llarini frazeologik birliklar orqali ifodalanishi, intensivlik hodisasi til qonuni maqomida ekanligi, intensivlik tabiiy, jismoniy tavsiflarga xos bo‘lgan miqdor o‘zgarishlarining tadrijiy o‘zgarishi, asta-sekin yangi sifat kasb etishining ongda (tafakkurda) in’ikos etilishi va til qonuniga aylanishi ekanligi borasidagi nazariy xulosalarga va lingvistik tahlil natijalariga tayanilgan. Bundan tashqari, intensivlik xodisasi asnosida fe’lli frazeologik birliklar va sinonimik qatorlarni tahlil qilish jihatlarini yoritishga oid nazariy fikrlar va keltirilgan misollardan loyihada muhim manba sifatida foydalanilgan.
Natijada, mazkur loyiha ishi doirasida qo‘lyozmalarning elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘ati dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitgan. (Namangan davlat universitetining 2024 yil 14 sentyabrdagi 1112-04 sonli ma’lumotnomasi).
Ilmiy tadqiqotning mavzu yuzasidan to‘plangan ma’lumot va qator ilmiy maqolalarda berilgan ma’lumotlardan, jumladan, ingliz va o‘zbek tillarida intensivlikni ifodalovchi fe’lli frazeologik birliklarning milliy madaniy xususiyatlari, intensivlik hodisasi asnosida fe’lli frazeologik birliklar va sinonimik qatorlarni tahlil qilish jihatlari, intensivlikni ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tomonidan 2024 til may va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydanilgan. Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radio eshittirish uchun tayyorlangan materiallarining mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyigan.
Ma’lumotnoma filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashga taqdim etish uchun berildi. (04-36-1020 sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish