Nurishov Darmenbay Esnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kurashchilarda bazaviy elementlarni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped209.
Ilmiy rahbar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Sunnatullo Sulaymonovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatov Fazliddin Muxidinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh kurashchilarda bazaviy elementlarni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tayyorgarlikka ega bo‘lgan yosh kurashchilarning bazaviy texnik elementlarini shakllantirishda maxsus va akrobatik mashqlarni qo‘llashning nisbiy miqdorlari va murakkab hujum harakatlarining sifat xususiyatlari aniqlangan;
turli tayorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi yosh kurashchilar tomonidan mashg‘ulotlar va musobaqalar jarayonida bajarilgan aniq hujumlar soni, natijali hujumlar soni, hujumlar hamda muvafaqqiyatli hujumlar oralig‘i va hujum harakatlarining samaradorligi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida texnik harakatlarni bajarish tezligi (kichik, o‘rta, yuqori) va raqib qarshiligi (kichik, o‘rta, yuqori) har xil bo‘lgan sharoitlarda yosh kurashchilar bazaviy elementlarini shakllantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
yosh kurashchilarda masofa tezligi va turli vazndagi raqiblarga qarshi bazaviy elementlarni qo‘llash texnik harakatlarini shakllantirishning uch xil muddatdagi (har haftada, har oyda, har olti oyda) nazoratini amalga oshirish uslubi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yosh kurashchilarda bazaviy elementlarni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yosh kurashchilarda bazaviy elementlarni shakllantirishda ishlab chiqilgan maxsus vosita va uslublar bolalar va o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 01-04/04-928-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kurashchilarning oyoq boldiri bilan ichkaridan oyoqni ilib olish harakatlari samaradorligi 12-14%ga, boldir bilan tashqaridan ilish va ko‘krakdan olib otish harakatlari 21-24%ga yaxshilangan;
yosh kurashchilarda bazaviy elementlarni shakllantirishda ishlab chiqilgan maxsus vosita va uslublar bolalar va o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 01-04/04-928-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kurashchilarning oyoq boldiri bilan ichkaridan oyoqni ilib olish harakatlari samaradorligi 12-14%ga, boldir bilan tashqaridan ilish va ko‘krakdan olib otish harakatlari 21-24%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida texnik harakatlarni bajarish tezligi va raqib qarshiligi xar hil bo‘lgan sharoitlarda bazaviy elementlarini shakllantirish uslubiyati yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 apreldagi 01-07-0890-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kurashchilarda ichkaridan ushlash 15,4-17,2%ga, ikki oyoq pastidan kushsha va beldan oshirib tashlash harakatlari 21-23%ga, orqadan chalish 14-15,2%ga, boldir bilan ichkaridan chil solish harakati 11-13% ga yaxshilangan;
masofa tezligi va turli vazndagi raqiblarga qarshi bazaviy elementlarni qo‘llash texnik harakatlarini shakllantirishning uslubi yosh kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 apreldagi 01-07-0890-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchilarda tizzani yarim bukib, elkadan oshirib tashlash harakati 17-19%ga, elkadan oshirib tashlash harakati 13-15%ga, oldindan chalish harakati 19-21%ga takomillashishiga xizmat qilgan.