Erkinlar Zilola El`bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aknedan keyingi chandiqlar rivojlanishining klinik-genetik, biokimyoviy mexanizmlari va uni davolash usulini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2458.
Ilmiy rahbar: Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK rakami, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: aknedan keyingi chandiqlar rivojlanishining molekulyar-genetik va biokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish, xamda olingan ma’lumotlarga asoslanib, uni davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kollagen sintezi va degradatsiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan COL1/A1 genining (1997C/A) salbiy genotipik variantlari bilan aknedan keyingi chandiqlarning rivojlanishi, klinik shakllari orasida sezilarli bog‘liqliq borligi, ushbu salbiy genotiplarda chandiqlar rivojlanish xavfi 2 dan 4 barobar oshganligi, Col1/A1 geni C/S polimorfizmining genotipik varianti (1997S/A) aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanishidan himoya qilishi isbotlangan;
IL17A geni G-197A polimorfizmining salbiy genotiplarini tashuvchilarda aknedan keyingi chandiqlar rivojlanishi, klinik shakllari orasida sezilarli bog‘liqliq bo‘lish xavfi 1,7 dan 2,5 barobargacha oshganligi, IL17A geni G/G genotipik variantining (G-197A) aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanishidan himoya qilish ahamiyati isbotlandi. Col1/A1 (1997C/A) va IL17A (G-97A) genlarining salbiy genotiplari sinergiyasida aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanish xavfi sezilarli oshishi isbotlangan;
aknedan keyingi chandiq bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida (88%), uning shakllarida, shuningdek, akne belgilari hamda aknedan keyingi chandiqli holatlar kombinatsiyalaganda vitamin D qondagi miqdori defisit darajada ekanligi isbotlangan;
aknedan keyingi chandiqlarni davolashda vitamin D, SO2 lazeri va Fatisalik kremini qo‘llash kasallik belgilarini erta bartaraf etishi, ijobiy natijalari bor bemorlar sonini, an’anaviy davolash usuliga nisbatan, 1,5 baravar ko‘p bo‘lishi va COL1/A1 genining S/S va IL17A genining G/G protektiv genotiplarida, salbiy genotiplarga nisbatan, davoni samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aknedan keyingi chandiqlarning molekulyar-genetik va biokimyoviy xususiyatlarini baholashda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kollagen sintezi va degradatsiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan COL1/A1 genining (1997C/A) salbiy genotipik variantlari bilan aknedan keyingi chandiqlarning rivojlanishi, klinik shakllari orasida sezilarli bog‘liqliq borligi, ushbu salbiy genotiplarda chandiqlar rivojlanish xavfi 2 dan 4 barobar oshganligi, Col1/A1 geni C/S polimorfizmining genotipik varianti (1997S/A) aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanishidan himoya qilishi isbotlangan. COL1/A1 (1997C/A) genining genotipik turlarini o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar 2024 yil fevral`-mart oylarida Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri (26.02.2024 yildagi 34-sonli buyruq) hamda “Kasimov Holding” xususiy klinikasi (06.03.2024 yildagi 7-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samadorligi: tadqiqot natijalari asosida chandiq hosil bo‘lishining nozologik sintropiyasining patogenetik mexanizmlarida ishtirok etadigan genetik prediktorlarni aniqlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va postakne rivojlanishi davolash tadbirlariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallanishni kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirish uchun ilmiy asos yaratilgan bo‘lib, aknedan keyingi chandiqlar terapiyasining kompleks usullari hisobiga qaytalanish darajasi hamda davolash sarf-xarajatlarini kamaytirishga erishildi va har bir bemor uchun 437670 so‘mni tashkil etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: IL17A geni G-197A polimorfizmining salbiy genotiplarini tashuvchilarda aknedan keyingi chandiqlar rivojlanishi, klinik shakllari orasida sezilarli bog‘liqliq bo‘lish xavfi 1,7 dan 2,5 barobargacha oshganligi, IL17A geni G/G genotipik variantining (G-197A) aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanishidan himoya qilish ahamiyati isbotlandi. Col1/A1 (1997C/A) va IL17A (G-97A) genlarining salbiy genotiplari sinergiyasida aknedan keyingi chandiqlarini rivojlanish xavfi sezilarli oshishi isbotlangan. COL1/A1 (1997S/A) geni S/S polimorfizmi genotipik turlari va IL17A (G-197A) genining G/G genotipik turini o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar 2024 yil fevral`-mart oylarida Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri (26.02.2024 yildagi 34-sonli buyruq) hamda “Kasimov Holding” xususiy klinikasi (06.03.2024 yildagi 7-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samadorligi: tadqiqot natijalari asosida postakne rivojlanishining patogenetik mexanizmlarida ishtirok etuvchi genetik prediktorlarni aniqlashga qaratilgan kompleks davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va davolash tadbirlariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilib, qaytalanish darajasi va davolash sarf-xarajatlarini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: COL1/A1 (1997S/A) geni polimorfizmining S/S genotip turi va IL17A (G-197A) genining G/G genotipik turining himoya rolini aniqlash aknedan keyin chandiq rivojlanishga nisbatan himoya rolini aniqlash terapiyaga kompleks yondashuvni joriy etish imkonini berdi, bu esa har bir bemorning 1 kurs davolash uchun 337630 so‘m miqdorida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tejaldi.
uchinchi ilmiy yangilik: aknedan keyingi chandiq bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida (88%), uning shakllarida, shuningdek, akne belgilari hamda aknedan keyingi chandiqli holatlar kombinatsiyalaganda vitamin D qondagi miqdori defisit darajada ekanligi isbotlangan. Aknedan keyingi chandiqli holatlar kombinatsiyalaganda vitamin D qondagi miqdori o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar 2024 yil fevral`-mart oylarida Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri (26.02.2024 yildagi 34-sonli buyruq) hamda “Kasimov Holding” xususiy klinikasi (06.03.2024 yildagi 7-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samadorligi: tadqiqot natijalari asosida aknedan keyingi chandiq rivojlanishida vitamin D qondagi miqdori defisit darajada aniqlanganligi davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va davolash tadbirlariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida aknedan keyingi chandiq rivojlanishida vitamin D qondagi miqdori defisit darajada aniqlanganligi davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va davolash tadbirlariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilib, qaytalanish darajasi va davolash sarf-xarajatlarini kamaytirishga erishildi va har bir bemor uchun 485369 so‘mni tashkil etdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aknedan keyingi chandiqlarni davolashda vitamin D, SO2 lazeri va Fatisalik kremini qo‘llash kasallik belgilarini erta bartaraf etishi, ijobiy natijalari bor bemorlar sonini, an’anaviy davolash usuliga nisbatan, 1,5 baravar ko‘p bo‘lishi va COL1/A1 genining S/S va IL17A genining G/G protektiv genotiplarida, salbiy genotiplarga nisbatan, davoni samaradorligi isbotlangan. COL1/A1 (1997S/A) IL17A (G-197A) genlarini protektiv genotiplarini o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar va an’anaviy davolash usulini 2024 yil fevral`-mart oylarida Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri (26.02.2024 yildagi 34-sonli buyruq) hamda “Kasimov Holding” xususiy klinikasi (06.03.2024 yildagi 7-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samadorligi tadqiqot natijalari asosida postakne rivojlanishining patogenetik mexanizmlarida ishtirok etuvchi protektiv genotiplar aniqlashga qaratilgan kompleks davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida postakne rivojlanishining patogenetik mexanizmlarida ishtirok etuvchi protektiv genotiplar aniqlashga qaratilgan kompleks davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va davolash tadbirlariga shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilib, qaytalanish darajasi va davolash sarf-xarajatlarini kamaytirishga erishildi va har bir bemor uchun 468330 so‘mni tashkil etdi.