Maxmudova Zulfiya Primkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilitning rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlash”, 14.00.26–Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib690.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Negmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponetlar: Sodiqov Abduvaxid Sodiqovich,tibbiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Zafar Raxmatullaevich,tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilitning rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nafas a’zolari sil kasalligi mavjud bemorlarda spesifik spondilit rivojlanishi xavf omillari isbotlangan;
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda sil spondiliti rivojlanishida yallig‘lanish oldi sitokinlarining ishtiroki isbotlangan;
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda immun tizimi buzilishlari formulasi ishlab chiqilib, mazkur formula immun tizimining gipo- va giperfunksiyalarini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlar: CD43+, CD33+, IgA3+, Vl3+, CD83+, limf3+, IgM1+, IgG1+ni aniqlangan;
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik sil hamrohlikda kelgan hollarda bemorlarda immun tizimi buzilishlari formulasi quyidagi ko‘rinishga egaligi CD43+,V-lim.3+,IgA3+,IgM3+, CD83+,CD33+,limf.3+,IgG1+ ko‘rsatib berilgan;
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilit rivojlanishi jarayonini o‘z vaqtida prognozlash, sil spondiliti rivojlanishi xavfini kompleks baholash va bartaraf etish imkonini beradigan prognostik matrisa ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilitni rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilitni rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilitni rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlash xususiyatlarining tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
«Prognostik karta» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur «Prognostik karta» o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilit rivojlanishi xavf omillarining aniqlash va bemorlardagi klinik belgilar, kasallikni rivojlanishiga olib keluvchi omillarni oldini olish va samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilit rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy va Jizzax viloyatlari tuberkulyozga qarshi shifoxonalari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarda spesifik spondilit rivojlanishi xavf omillarini aniqlash va ularni prognozlashtirilganligi, kasallikni erta aniqlash va asoratlarni kamaytirish, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.