Yo‘ldosheva Maftuna Mengbo‘taevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston dorivor o‘simliklarining endofit zamburug‘laridan pankreatik lipaza ingibitorlarini ajratib olish», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1212.
Ilmiy rahbar: Gulyamova Toshxon Gafurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Maxsumxanov Axmadjon A’zamxanovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor o‘simliklardan ajratilgan endofit zamburug‘larning pankreatik lipaza ingibitorlarini ishlab chiqarish xususiyatlarini va ingibitor moddalarining tabiatini aniqlash hamda  gipolipidemik xususiyatga ega bo‘lgan ikkilamchi metabolitlari asosida preparat olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy o‘simliklardan ajratib olingan endofit zamburug‘larning pankreatik lipazani ingibirlash potensiali yuqori ekanligi aniqlangan, umumiy o‘rganilgan 50% izolyatlarda  PL ingibitorlik faolligi 55% dan yuqori ekanligi aniqlangan;
A.fischeri VO1R va Fusarium sp.-AL142R endofit zamburug‘larida optimal – chuqur fermentatsiyaning dinamik o‘stirish sharoitida PL ingibitorlik faolligi 91,5% va 88,5%, IC50 qiymatlari esa mos ravishda 20,5- 20,7 mkg/ml tashkil etgan;
ilk bor A.fischeri VO1R ekstrakti pankreatik lipazaga raqobatsiz ingibitorlikni, Fusarium sp.-AL142R esa standart – Ksenikal kabi raqobatli ingibitorligi aniqlangan;
ilk bor mass-spektrometrik tahlili A.fischeri VO1R shtammining pankreatik lipaza ingibitorlik faolligi asosan polifenollar – 3-fenilpropen kislota, larisirezinol  seskvilignan va 3-gidroksifloretin 2-ksilozil glikozidi bilan bog‘liq va ingibitorlik faolligi 57% tashkil etgan hamda Fusarium sp.-AL142R shtammining ingibitor fraksiyasiga antraxinonlar, flavonoidlar va saponinlar sinfiga mansub birikmalarning  faolligi 20% dan oshmasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston dorivor o‘simliklarining endofit zamburug‘laridan pankreatik lipaza ingibitorlarini ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Viola odorata dorivor o‘simligidan ajratib olingan Aspergillus fischeri endofit zamburug‘ shtammi 5.8S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasiga Aspergillus fischeri VO1R sifatida OP881929 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 12 martdagi 4/1255-562 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtammning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
Allium longicuspis, Ocimum basilicum, Ephedra strobiaceae, Eremurus, Crocus sativus, Lagochilus olga, Peganum harmala dorivor  o‘simliklaridan ajratib olingan 103 ta endofit zamburug‘laridan №FA-A6-T109 “O‘zbekiston dorivor o‘simliklaridagi endofit zamburug‘larining metabolitlari α-amilaza ingibitorlari sifatida” amaliy  loyihasida ingibitorlik faolligini aniqlashda foydalanilgan  (O‘zbekicton Recpublikaci Fanlar akademiyacining 2024 yil 29 noyabrdagi 4/1255-2668 ma’lumotnomaci). Natijada, Allium longicuspis dorivor o‘simligidan ajratib olingan Fusarium sp.-AL142R  shtammi 38,5% α-amilaza ingibitirlik faolligi aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish