Xalilov Jahongir Mansur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan takomillashgan mashina ish organlarining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3742
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Islomov Yorqin Iskandarovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan ish organ turini tanlash va parametrlarini asoslash yo‘li bilan bog‘ qator oralariga ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish, mashinaning kam energiya sarflyagan holda ish sifatini oshirish, yonilg‘i va resurs xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan takomillashgan mashina ish organlarining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni, intensiv bog‘ning umumiy holati va tuproqning mexanik-fizik xossalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va asoslangan;
intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan takomillashgan mashinaning keng qamrovli xivichli yassi kesuvchi ish organlarining tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlari va parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar bog‘ qator oralarida belgilangan chuqurlikkacha ishlov berish va begona o‘tlarni to‘liq kesib yo‘qotish mezonlari asosida chiqarilgan;
intensiv bog‘ qator orasiga sifatli ishlov berib, begona o‘tlarni kesib yo‘qotadigan ish organining ish sifati va tortishga qarshiligini uning parametrlari va ish tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan;
intensiv bog‘ qator oralari tuproqlariga belgilangan agrotexnik talab darajasida ishlov berib, begona o‘tlarni kesib yo‘qotadigan keng qamrovli xivichli yassi kesuvchi ish organlarining maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Intensiv bog‘ qator orasiga ishlov beradigan takomillashgan mashinaning keng qamrovli xivichli yassi kesuvchi ish organ parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan va bir o‘tishda ochilib qolgan daraxt ildizlarini ko‘madigan mashinaga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyat, Yangiyo‘l tumani bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-377-son maʼlumotnomasi). Natijada sarflanadigan mehnat sarfi 46,08 foizga, ekspluatasion xarajatlar 26,02 foizga kamaygan.
intensiv bog‘larga ishlov beradigan takomillashgan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «O‘zagroremmashservis» MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan («O‘zagroremmashservis» MChJ ning 2024-yil 10-iyundagi №22-son ma’lumotnomasi). Natijada intensiv bog‘ qator oralari tuprog‘iga ishlov beradigan va bir o‘tishda daraxt ildizlarini ko‘madigan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish