Abdullaeva Dilafruz Gayratovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ovqat allergiyasi profilaktikasi va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlari asosida bemorlarni parhez davolashni gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena va 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib201.

Ilmiy rahbarlar: Xudayberganov Anatotliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Nazarov Azadbek Axmedovich tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Muqaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlarini inobatga olgan holda allergik kasalliklar profilaktikasi va parhez davolashni gigienik asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor immunoblot allergen panellari yordamida maxsus in vitro allergologik tashxislash mezoni ishlab chiqilingan;

issiq iqlim sharoitida oziq-ovqat allergenlarining maishiy, epidermal, kasbiy, mog‘or, o‘simlik changlari allergen guruhlari bilan kesishgan sensibilizatsiyasi hamda ovqat allergiyasi bilan xastalangan bemorlarda polivalent sensibilizatsiya mavjudligi asoslangan;

ilk bor mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va sensibilizatsiya xususiyatlarini e’tiborga olgan holda gipoallergen taomnoma tuzilgan, taomnomalarni bemorlar yoshi, jinsi, immun va ovqatlanish stutusi, yondosh kasalliklar mavjudligiga qarab moslashtirish mezonlari tavsiya qilingan;

oziq-ovqat etiologiyali allergik kasalliklar oldini olish bo‘yicha gigienik choralar kompleksi tavsiya qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ovqat allergiyasi profilaktikasi va mahalliy ozik-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlari asosida bemorlarni parhez davolashni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ovqat allergiyasida parhez davolashga zamonaviy yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tezkor tipdagi allergik reaksiyalar bilan kechuvchi ovqat allergiyasida bemorlarga cheklovchi (eliminatsion) parhez  tavsiya qilish  imkonini bergan;

«Issiq iqlim sharoitida in vitro allergotashxisot zamonaviy usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma issiq iqlim sharoitida in vitro allergotashxisot zamonaviy usullarini  davolash  amaliyotiga joriy qilish  imkonini bergan;

ovqat allergiyasi profilaktikasi va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining sensibilizatsiya xususiyatlari asosida bemorlarni parhez davolashni gigienik asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi, Xorazm, Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli viloyat shifoxonasi, Toshkent shahar 1-klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti gigiena, pul`monologiya va klinik allergologiya kafedralari va Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 8n-z/185-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, iqtisodiy samaradorlikka, bemorlarda kasallik residivi uchrash tezligi kamayishi hamda statsionar sharoitda davolanish muddatlarining kamayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish