Nabieva Dilnoza Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “OIV assotsiatsiyalashagn dermatozlarni bolalarda o‘ziga xos kechishi”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4. PhD /Tib1531.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mirsalim Ilyasovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pakirdinov Adxamjon Begishovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda terining yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarini klinik xususiyatlarini o‘ziga xos kechishini o‘rganib OIV/OITSni erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamiz viloyatlari kesimida OIV infeksiyasining uchrashi statistik, anamnestik va retrospektiv tahlillar asosida (Toshkent shahrida - 21,8%, Toshkent viloyatida - 15,1%, Andijon viloyatida - 15,3%) bolalar orasida jami 5321 nafarda, shundan qiz bolalarda-39,4%, o‘g‘il bolalarda-60,6% uchrashi, hamda kasallikni asosiy yuqish yo‘li 60,9%- parenteral yo‘l orqaliligi isbotlanagan;
bolalarda terining virusli va bakterial OITSga opportunistik kasalliklari oddiy uchuq (11,3%), belbog‘simon uchuq (18,3%), kontagioz mollyusk (2,8%), so‘gallar (4,2%), terining yiringli kasalliklari (8,5%), teri va shilliq qavatlar kandidozi (25,4%) aniqlanishi, atipik kechishi (tarqoq, zaralanish o‘choqlarining uzoq muddat epitelizatsiyalanmasligi, bir va undan ortiq segmentlarni zararlanishi), pereferik limfa tugunlarining tarqoq limfadenit aniqlanishi, oxirgi 12 oyda 3-6 va undan ortiq qaytalanishi kuzatilgan bolalarni xavf guruhiga kiritish va OIV infeksiyasiga tekshirish lozimligi isbotlangan;
OITSga indikator teri kasalliklari seboreyali dermatit (11,3%), psoriaz (2,8%), atopik dermatitning (15,5%) tarqoq va uzoq muddatli kechishi, bakterial kasalliklar strepto-stafilodermiya (8,5%) va virusli kasalliklar (18,3%) bilan asoratlanishi, pereferik limfoadenopatiyalar, shuningdek yiliga 3-4 marotaba qaytalanishi mazkur bolalarni OIVga tekshirish uchun asos bo‘lishi isbotlangan;
OIV tasdiqlangan bolalarda terining opportunistik (66,6%) va indikator (29,6%) kasalliklarini inobatga olgan xolda OIVni erta tashhislash algoritmining samaradorligi yuqoriligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV assotsiatsiyalashgan dermatozlarni bolalarda o‘ziga xos kechishi o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Respublikamiz viloyatlari kesimida OIV infeksiyasining uchrashi statistik, anamnestik va retrospektiv tahlillar asosida (Toshkent shahrida - 21,8%, Toshkent viloyatida - 15,1%, Andijon viloyatida - 15,3%) bolalar orasida jami 5321 nafarda, shundan qiz bolalarda-39,4%, o‘g‘il bolalarda-60,6% uchrashi hamda kasallikni asosiy yuqish yo‘llarining parenteral 60,9%, maishiy aloqa orqali 6,6% tarqalishi ilmiy-amaliy baholanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 6 dekabrdagi 03/142-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika VICh assotsirovannix dermatozov u detey” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 21 noyabrda №177 sonli buyrug‘i, Viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 24 noyabr №89 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr №7-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar Respublika viloyatlari bo‘yicha epidemiologik vaziyatning aniq tahlili Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlariga OIV/OITS bo‘yicha vaziyatni real baholash va har bir hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda profilaktik chora-tadbirlarni sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri ishlab chiqilgan profilaktik chora-tadbirlar va ularning respublika hududlari bo‘yicha amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilishi yangi kasallanish holatlarining oldini oladi va xar bir bemor uchun o‘rtacha 1778000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, 108 nafar bemor uchun 192024000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: OIV assotsiatsiyalashgan kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1778000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda terining virusli va bakterial OITSga opportunistik kasalliklari oddiy uchuq (11,3%), belbog‘simon uchuq (18,3%), kontagioz mollyusk (2,8%), so‘gallar (4,2%), terining yiringli kasalliklari (8,5%), teri va shilliq qavatlar kandidozi (25,4%) aniqlanishi, atipik kechishi (tarqoq, zaralanish o‘choqlarining uzoq muddat epitelizatsiyalanmasligi, bir va undan ortiq segmentlarni zararlanishi), pereferik limfa tugunlarining tarqoq limfadenit aniqlanishi, oxirgi 12 oyda 3-6 va undan ortiq qaytalanishi kuzatilgan bolalarni xavf guruhiga kiritish va OIV infeksiyasiga tekshirish lozimligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 6 dekabrdagi 03/142-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika VICh assotsirovannix dermatozov u detey” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 21 noyabrda №177 sonli buyrug‘i, Viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 24 noyabr №89 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr №7-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar Respublikada OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash va davo choralarini qo‘llash kasallikni keyingi bosqichlariga o‘tishini sekinlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri va erta qo‘yilgan tashxislash amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilishi yangi kasallanish holatlarining oldini oladi va xar bir bemor uchun o‘rtacha 1778000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, 108 nafar bemor uchun 192024000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: OIV assotsiatsiyalashgan kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1778000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: OITSga indikator teri kasalliklari seboreyali dermatit (11,3%), psoriaz (2,8%), atopik dermatitning (15,5%) tarqoq va uzoq muddatli kechishi, bakterial kasalliklar strepto-stafilodermiya (8,5%) va virusli kasalliklar (18,3%) bilan asoratlanishi, pereferik limfoadenopatiyalar, shuningdek yiliga 3-4 marotaba qaytalanishi mazkur bolalarni OIVga tekshirish uchun asos bo‘lishi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 6 dekabrdagi 03/142-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika VICh assotsirovannix dermatozov u detey” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 21 noyabrda №177 sonli buyrug‘i, Viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 24 noyabr №89 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr №7-son xulosasi Ijtimoiy samaradorligi: O‘z vaqtida tashxis qo‘yish virus yukini kamaytirish, OIVning rivojlanishini sekinlashtirish, asoratlarni kamaytirish va kasallik prognozini yaxshilash imkonini berishi aniqlandi Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri va erta qo‘yilgan tashxislash amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilishi yangi kasallanish holatlarining oldini oladi va xar bir bemor uchun o‘rtacha 1778000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, 108 nafar bemor uchun 192024000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: OIV assotsiatsiyalashgan kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1778000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV tasdiqlangan bolalarda terining opportunistik (66,6%) va indikator (29,6%) kasalliklarini inobatga olgan xolda OIVni erta tashhislash algoritmining samaradorligi yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 6 dekabrdagi 03/142-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Rannyaya diagnostika VICh assotsirovannix dermatozov u detey” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 21 noyabrda №177 sonli buyrug‘i, Viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri 2023 yil 24 noyabr №89 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr №7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Algoritmni qo‘llash qaytalanuvchi dermatozli bolalarda OIV infeksiyasini erta aniqlashni yaxshiladi, bu esa davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirish, o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri va erta qo‘yilgan tashxislash amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilishi yangi kasallanish holatlarining oldini oladi va xar bir bemor uchun o‘rtacha 1778000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, 108 nafar bemor uchun 192024000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: OIV assotsiatsiyalashgan teri kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1778000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.