Aripova Shaxnoza Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda surunkali bronxitning klinik, funksional va genetik aspektlari. Olib borish taktikasini optimallashtirish”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tib2241.
Ilmiy rahbar: Musajanova Ra’no Anvarbekovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon To‘xtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda surunkali bronxitning klinik-funksional va genetik aspektlarini kompleks baholash, kasallikni olib borish taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda surunkali bronxitning rivojlanish xavf omillari: OR va RR koeffisientlari asoslanib, bunda ular obstruksiyali surunkali bronxitda sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi (perinatal omillar, passiv chekish, sun’iy ovqatlanish, ona tomonidan og‘irlashgan allergologik anamnez (OR=2,32–9,56; RR=1,34–2,79; r<0,01 dan <0,001 gacha), og‘irlashgan premorbid fon, yo‘ldosh va boshdan kechirgan kasalliklar (OR=2,58–13,3; RR=1,32–3,06; r<0,01 dan <0,001 gacha) mavjudligi isbotlangan;
nafas yo‘llari mikrobiotasi tahlili ma’lumotlariga ko‘ra,  obstruksiyali surunkali bronxit etiologik tuzilmasida ko‘proq Staphylococcus aureus (burundan 40,6% va balg‘amdan 37,5%), obstruksiyasiz surunkali bronxitda esa Streptococcus pneumonia (burundan 36,6% va balg‘amdan 34,1%) uchrashi isbotlangan;
obstruksiyali surunkali bronxitga IL-6 (-174C/G) genidagi G/G va IL-4 (S-589T) genidagi T/T mutatsion gomozigot genotiplarining mavjudligi xos ekanligi, obstruksiyasiz surunkali bronxitda esa ushbu mutatsion genotiplar mos ravishda 5,2 barobarga (χ2 = 24,02; p<0,001; OR=2,71; RR=1,19)  va 11,5 barobarga (χ2=16,24; p<0,001; OR=24,42; RR=1,63) kamroq uchrashi isbotlangan;
obstruksiyali surunkali bronxitda tashqi nafas funksiyasini buzilish xususiyatlari (obstruktiv turi) MSKTdagi o‘zgarishlar bilan assotsiatsiyalanganligi (fibroz to‘qimasi RR=3,1; p<0,01, pnevmoskleroz va subplevral konsolidatsiya RR=2,8; p<0,05) va IL-6 (-174G/C) genidagi G/G, IL-4 (S-589T) genidagi T/T mutatsiyali genotiplarning mavjudligi isbotlangan, TNF ko‘rsatkichlari va sitokinlar darajasi (r=+0,42-0,78 r<0,01 dan <0,001 gacha) hamda IL-4 (S-589T) (r=+0,45-0,76 r<0,01 dan <0,001 gacha), IL-6 (-174G/C) (r=+0,53-0,79 r<0,01 dan <0,001 gacha) genlarining polimorfizmi o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan;           
bolalarda surunkali bronxitni klinik, funksional va genetik jihatlarini tahlil qilishga asoslangan olib borish sxemasi ishlab chiqilgan, kasallikni tashxislash, zo‘rayish darajasini kamaytirish va uzoq muddatli remissiyaga erishish samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali bronxitni olib borish taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda surunkali bronxit kasalligi rivojlanishidagi xavf omillari - perinatal omillar, passiv chekish, sun’iy ovqatlanish, ona tomonidan og‘irlashgan allergologik anamnez, og‘irlashgan premorbid fon, yo‘ldosh va boshdan kechirgan kasalliklar chastotasini aniqlash kasallikning zo‘rayishini kamaytirish hamda uning erta bosqichida asoslangan korreksiyasini amalga oshirish imkonini berishi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.05.2024 yildagi 175-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 24.05.2024 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda SB rivojlanishidagi xavf omillarini erta aniqlash kasallikning asoratlarini kamaytirish, bolalar salomatligini yaxshilash va davolash xarajatlarini qisqartirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda SB rivojlanishidagi xavf omillarini erta aniqlash orqali kasallikni zo‘rayishini kamaytirish va asoslangan korreksiyani amalga oshirish samarali bo‘lib, bemorlarni statsionarda yotish xarajatlari kamaydi, 1 kunlik davolash uchun sarf qilinadigan xarajat qiymati 366355 so‘mni, har bir bemor uchun 10 kunlik xarajatlar o‘rtacha 3663550 so‘mni tashkil qildi va 105 nafar bemor uchun jami 384672750 so‘m miqdorida xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda SB rivojlanishidagi xavf omillarini erta aniqlash orqali kasallikni zo‘rayishini kamaytirish va asoslangan korreksiyani amalga oshirish, 1 nafar bemorga 1 kun hisobidan 366355 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxial obstruksiyali surunkali bronxitning asosiy qo‘zg‘atuvchisi Staphylococcus aureus (burundan 40,6% va balg‘amdan 37,5%), obstruksiyasiz surunkali bronxitda Streptococcus pneumonianing (burundan 36,6% va balg‘amdan 34,1%) o‘sishi aniqlangan, davolashda bemorlarga strandart davolash fonida III avlod himoyalangan sefalosporinlarni yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.05.2024 yildagi 175-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 24.05.2024 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan etiologik verifikatsiyaga bog‘liq holda SBning kechishida Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumonia qo‘zg‘atuvchilarini o‘z vaqtida aniqlash bemorlarda samarali davolashning taktikasini belgilashga va antibakterial preparatlarni to‘g‘ri tayinlashga imkon beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SB kasalligida mikrobiologik tekshiruvlar orqali bemorlarga samarali antibakterial dori vositalari qo‘llanilgan. Davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llashga sarf qilinadigan xarajati 41 nafar bemorga 1742500 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: SB li bemorlarda to‘g‘ri tanlangan anibiotikni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 42500 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 42500 iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda obstruksiyali surunkali bronxitda G/G gen IL-6 (-174C/G) va T/T gen IL-4 (S-589T) mutatsion gomozigot genotiplari borligi, obstruksiyasiz surunkali bronxitda esa tekshirilayotgan mutatsion genotiplar 5,2 va 11,5 barobar kam uchrashi aniqlanganligi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.05.2024 yildagi 175-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 24.05.2024 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SB bilan kasallangan bemorlarda IL-4 (-589S/T) va IL-6 (-174G/C) genlari polimorfizmini aniqlash kasallikni erta bosqichlarida diagnostik qilish imkonini berib, davolash taktikalarini o‘z vaqtida tanlashga va kasallik asoratlarining oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SB li bolalarda IL-4 (-589S/T) va IL-6 (-174G/C) genlari polimorfizmini aniqlash orqali 105 bemor uchun 105000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: SBli bolalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: G/G IL-6 (-174G/C) va T/T IL-4 (S-589T) mutatsion genotiplari mavjud bolalarda obstruksiyali surunkali bronxit kasalligining tashqi nafas olish funksiyasining buzilishi xususiyatlari (obstruktiv turi) MSKT da o‘zgarishlar bilan assotsiirlanishi (fibroz to‘qimasi, pnevmoskleroz va subplevral konsolidatsiya) isbotlanganligi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.05.2024 yildagi 175-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 24.05.2024 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SB diagnostikasida tashqi nafas olish funksiyasi va MSKT ko‘rsatkichlarini aniqlash kasallikni erta bosqichda tashxislash imkonini yaratadi, shu orqali kasallik asoratlarining oldini olish va samarali davolashni imkoniyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi SB li bolalarda nafas olish funksiyasi va MSKT ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj qolmaganligi sababli 105 bemor uchun 31500000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: SB bilan kasallangan bolalarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 300000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda surunkali bronxitni klinik-funksional va genetik xususiyatlari asosida  kasallikni zo‘rayishi chastotasini kamaytirish, uzoq remissiyaga erishish va nojo‘ya oqibatlarini oldini olishga imkon beruvchi olib borish sxemasi ishlab chiqilgan, erta bosqichda tashxislash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olishda samarali ekanligi isbotlanganligi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.05.2024 yildagi 175-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 24.05.2024 yildagi 56-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va taklif etilgan bolalarda SBni olib borish sxemasi kasallikni erta bosqichda tashxislash, individual davolashni amalga oshirish va uning og‘ir kechishini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda SB kasalligida optimallashtirilgan olib borish taktikasini qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddati 2 kunga qisqartirildi va statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan xarajat qiymati 366355 so‘mni tashkil qildi, 2 kunlik davolanish esa 732710 so‘mni tashkil etgan. Bir bemor uchun kunlik iqtisod qilingan mablag‘ 732710 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: SB li bemorlarda optimallashtirilgan olib borish sxemasini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 732710 so‘mni va byudjetdan tashqari mablag‘larni 732710 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish