Raxmatova Shaxlo Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalari mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish orqali samaradorligini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4332.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, professor; Rustamov Narzillo Istamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish orqali samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda yangi mahsulotni yaratish va amalda qo‘llash yoki mavjud mahsulotni yangilash uchun zarur bo‘lgan jarayonlar kombinatsiyasi (NPD)ni joriy etishda muntazam ravishda texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlar yuzasidan “teskari aloqalar”ni ta’minlovchi yondashuvni qo‘llash orqali qo‘shilgan qiymatini yanada oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyatidagi don mahsulotlari korxonalarining hududiy klasterini yaratish hamda xomashyolarni sanoat usulida qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkiliy-funksional modelni tatbiq etish orqali 4 bosqichli qo‘shilgan qiymat zanjiri samaradorligini “past” (0<Kquyi≤0,33), “o‘rta” (0,34<Ko‘rta≤0,67) va “yuqori” (0,67<Kyuqori≤1) darajalar bo‘yicha baholash taklifi asoslangan;
Buxoro viloyatidagi don mahsulotlari korxonalarida korporativ samaradorlik koeffisienti eng past bo‘lgan texnologik zanjir ishtirokchisini zanjirdagi “tor joy” sifatida belgilash hamda uning samaradorligini oshirish va kelajakda butun texnologik zanjirning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash taklifi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat zanjirini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar asosida “Buxorodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining samaradorligini qo‘shimcha qiymat zanjirini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda yangi mahsulotni yaratish va amalda qo‘llash yoki mavjud mahsulotni yangilash uchun zarur bo‘lgan jarayonlar kombinatsiyasi (NPD)ni joriy etishda muntazam ravishda texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlar yuzasidan “teskari aloqalar”ni ta’minlovchi yondashuvni qo‘llash orqali qo‘shilgan qiymatini yanada oshirish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №15-98/10-24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tizimdagi barcha korxonalarda yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatidagi don mahsulotlari korxonalarining hududiy klasterini yaratish hamda xomashyolarni sanoat usulida qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkiliy-funksional modelni tatbiq etish orqali 4 bosqichli qo‘shilgan qiymat zanjiri samaradorligini “past” (0<Kquyi≤0,33), “o‘rta” (0,34<Ko‘rta≤0,67) va “yuqori” (0,67<Kyuqori≤1) darajalar bo‘yicha baholash taklifi Buxoro viloyatidagi don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xususan, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidan korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №15-98/10-24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda don mahsulotlari korxonalarining klasteri tashkil etilib, uning samaradorligini oshirish imkoni ta’minlangan;
Buxoro viloyatidagi don mahsulotlari korxonalarida korporativ samaradorlik koeffisienti eng past bo‘lgan texnologik zanjir ishtirokchisini zanjirdagi “tor joy” sifatida belgilash hamda uning samaradorligini oshirish va kelajakda butun texnologik zanjirning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №15-98/10-24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida zanjirdagi samaradorligi eng past bo‘lgan ishtirokchining samaradorligini oshirish, texnologik zanjirning kelajakda samarali faoliyat yuritishi hamda uning samaradorligi oshirish imkoni ta’minlangan;
qo‘shilgan qiymat zanjirini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar asosida “Buxorodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №15-98/10-24-son dalolatnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan takliflar viloyatdagi don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida qo‘shilgan qiymat yaratilishi jarayonlarini tizimli ravishda rivojlanishini samarali nazorat qilish imkonini bergan.