Mustafina Ekaterina Ilinichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kompozitorlarining mustaqillik yillaridagi cholg‘u ijodida tarixiy o‘tmish timsollari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San67.
Ilmiy rahbar: Mamadjanova Elnora Ulmasovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Axundova Dadash-zade Zumrud (Ozarbayjon), san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlarining mustaqillik yillaridagi instrumental ijodida tarixiy o‘tmish obrazlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
M.Bafoevning asarlarida Buyuk Ipak yo‘li obrazlarini gavdalantirishga, M.Bafoevning “Alpomishga bag‘ishlov” asaridagi badiiy-epik ibtidoga, D.Saydaminovaning “Xayyom bilan suhbat” fortepiano siklidagi lirik-falsafiy obrazlilikka, O.Abdullaevaning “Jadidlar xotirasi” 2-simfoniyasidagi g‘oyaviy-maʼrifiy mohiyatga, D.Saydaminova, M.Bafoev, A.Safarovlarning instrumental asarlarida Amir Temur obrazi ramziy-semantik talqinining maʼnaviy-axloqiy qadriyatlariga tarixiy-retrospektiv yondashuvlari isbotlangan;
A.Mansurovning “Moziydan sado” poema-fantaziya asarining sujetli dramaturgiyasida ifodaviy vositalarning uslubiy majmualaridagi asosiy tarkibi, zamonaviy kompozitorlik texnikalari (aleatorika, minimalizm, sonorizm) va anʼanaviy musiqa namunalarining (“Samarqand Ushshog‘i”, “Cho‘li Iroq”) sintezi kuzatilgan;
cholg‘u janrlaridan pesa, fantaziya, poema, fortepiano turkumi, konsert, simfoniyalarda o‘tmishdagi tarixiy obrazlarni gavdalantirishda zamonaviy talqin nuqtai nazaridan individual-majmuaviy uslub, semantik yondashuvlar kabi o‘ziga xos mazmuniy koordinatalari mavjudligi asoslab berilgan;
D.Saydaminovaning “Xayyom bilan suhbat”,  M.Bafoevning “Tagorga bag‘ishlov” asarlarida o‘tmishning buyuk mutafakkirlari obrazlariga kompozitorlarning shaxsiy qarashlari kontekstida “musiqiy individual tarixiy xotira” hamda I.Akbarov, S.Jalil, D.Saydaminova, M.Bafoev va A.Safarovlarning ijodida Amir Temur obrazini ijtimoiy idrok etish darajasida ko‘rib chiqilgan “musiqiy jamoaviy tarixiy xotira” tushunchalari ilmiy doiraga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
M.Bafoevning asarlarida Buyuk Ipak yo‘li obrazlarini gavdalantirishga, M.Bafoevning “Alpomishga bag‘ishlov” asaridagi badiiy-epik ibtidoga, D.Saydaminovaning “Xayyom bilan suhbat” fortepiano siklidagi lirik-falsafiy obrazlilikka, O.Abdullaevaning “Jadidlar xotirasi” 2-simfoniyasidagi g‘oyaviy-maʼrifiy mohiyatga, D.Saydaminova, M.Bafoev, A.Safarovlarning instrumental asarlarida Amir Temur obrazi ramziy-semantik talqinining maʼnaviy-axloqiy qadriyatlariga tarixiy-retrospektiv yondashuvlarini tadqiq etishdan olingan natijalardan “Yoshlar” radiokanalida Go‘zalbegim Xolibaevaning 2024-yil 11-fevralda efirga uzatilgan “Saralanganlarga qo‘shing” dasturi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-martdagi 14–05–24/1-son maʼlumotnomasi). Natijada yosh musiqashunoslar M.Bafoev va D.Saydaminova, O.Abdullaeva kabi kompozitorlar asarlari mohiyatini anglashiga xizmat qilgan;
ifodaviy vositalarning uslubiy majmualaridagi asosiy tarkibi, zamonaviy kompozitorlik texnikalari (aleatorika, minimalizm, sonorizm) va anʼanaviy musiqa namunalarining (“Samarqand Ushshog‘i”, “Cho‘li Iroq”) birgalikdagi sintezi A.Mansurovning “Moziydan sado” poema-fantaziya asarining sujetli dramaturgiyasidan olingan natijalar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining ma’ruzasi matnida bayon qilingan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 19-oktyabrdagi 01-04/115-198-son maʼlumotnomasi). Natijada tinglovchilar O.Abdullaevaning maʼrifatparvar jadidlarning fojiali taqdiri, ularning orzu-umidlari va maʼrifatga intilishlari aks ettirilgan “Jadidlar xotirasi” 2-simfoniyasida jadidlar obrazining gavdalantirilishi to‘g‘risida ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lgan;
cholg‘u janrlaridan pesa, fantaziya, poema, fortepiano turkumi, konsert, simfoniyalarda o‘tmishdagi tarixiy obrazlarni gavdalantirishda zamonaviy talqin nuqtai nazaridan individual-majmuaviy uslub, semantik yondashuvlar kabi o‘ziga xos mazmuniy koordinatalari mavjudligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida tinglovchilarning keng doirasi uchun “O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida Sharq allomalari va mutafakkirlari obrazlari” mavzusidagi ma’ruza matnida bayon qilingan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 19-oktyabrdagi 01-04/115-198-son maʼlumotnomasi). Natijada tinglovchilar kompozitorlarning tarixiy obrazlarni yaratishdagi turli ijodiy yondashuvlari haqida qiziqarli ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lgan;
D.Saydaminovaning “Xayyom bilan suhbat”,  M.Bafoevning “Tagorga bag‘ishlov” asarlarida o‘tmishning buyuk mutafakkirlari obrazlariga kompozitorlarning shaxsiy qarashlari kontekstida “musiqiy individual tarixiy xotira” hamda I.Akbarov, S.Jalil, D.Saydaminova, M.Bafoev va A.Safarovlarning ijodida Amir Temur obrazini ijtimoiy idrok etish darajasida ko‘rib chiqilgan “musiqiy jamoaviy tarixiy xotira” tushunchalari “O‘zbekiston-24” radiokanalining Sevil Jabborova hamkorligida 2022-yil 27-aprel kuni efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” dasturida yangragan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-maydagi 03-09-250-son maʼlumotnomasi). Natijada bu radiotinglovchilarga xalqning madaniy qadriyatlarini qayta tiklash, O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida tarixiy mavzular va tarixiy o‘tmish obrazlarining ahamiyatini anglashda yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish