Berdieva Malika Ibodulloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati korxona chiqindilaridan olingan yangi ionitlar bilan suvlarni yumshatish, oqova va sanoat suvlarning tarkibidagi og‘ir va nodir metallar ionlaridan tozalash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T778.
Ilmiy maslahatchi: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinnovich. texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati chiqindilari va furfurol asosida yangi arzon, termo-kimyoviy chidamli, mexanik mustahkam polikondensatsion turdagi ion almashinadigan polimerlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ionogen gruppalarini kiritish uchun ShGKM kub chiqindilari va furfurol asosida polikondensatsion reaksiyasi yo‘li bilan polimer olish usuli ilmiy asoslangan;
polimerlarni hosil bo‘lishi reaksiyaning boshlang‘ich monomerlar konsentratsiyasiga, katalizatorlar, reaksiya haroratiga bog‘liqligi hamda optimal shart-sharoitlari aniqlangan;
olingan ionitlarni amalda qo‘llash maqsadida zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini qo‘llab olingan polimerning polimeranalogik o‘zgarishlari asoslangan;
polimerni sul`firlash va fosforlash orqali sulfo- va fosfoguruh tutgan kationitlar sintez qilingan, ularning almashinish sig‘imi 0,1n NaOH eritmasi bo‘yicha 5,0-5,5 mgekv/g ekanligi aniqlangan;
olingan sul`fo- (SKFF) va fosforli(KM-FF) nordon kationitlar kimyo, gidrometallurgiya korxonalarida hamda artezian suvlarini yumshatish jarayonlarida hamda rangli va kamyob metallarga nisbatan yutilish sorbsiyalari (natriy, kal`siy, magniy, mis, nikel`, uranil va boshqa ionlarni sorbsiya qilish, sorbsion qobiliyat, ionogen funksional guruhlarning dissotsiatsiya darajasi va boshqalar)ning kimyoviy tarkibi, sorbsion va fizik-kimyoviy xususiyatlarga bog‘liqligi aniqlangan;
ShGKM kub chiqindilari va furfurol asosida olingan ion almashuvchi sul`fo(SKFF) va fosforli(KM-FF) kationitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat oqova suvlarini demineralizatsiya qilish va tozalash uchun yangi ion almashinuvchan polimerlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni og‘ir metallar ionlaridan tozalashga, suvlarni yumshatish uchun ion almashinuvchi fosforli kationit «KMFF» ishlab chiqarishga texnik shart «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (O‘zMSt 330:2024). Natijada, yangi import o‘rnini bosuvchi SKFF va KMFF markali kationitlar olish hisobiga qo‘llaniladigan ion almashuvchi sorbentlarni mahalliylashtirish imkonini bergan;
olingan qilingan yangi sul`fo- va fosfoguruhli nordon kationitlar «Maxam-Chirchiq» AJ korxonasida sanoat suvlarini tozalashda amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 3 dekabrdagi 23-3-4433-son ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga qo‘llaniladigan ion almashuvchi sorbentlarni maxalliylashtirish imkonini bergan;
yangi turdagi sul`fo- va fosfoguruhli nordon kationitlar «Maxam-Chirchiq» AJ korxonasida mis-ammiakli usulda konversion gazlarda xosil bo‘ladigan tarkibida mis bo‘lgan suvlardan, misni tozalash jarayonida hamda №480 sexning sanoat texnik suvlarini yumshatish jarayonlarida amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2024 yil 26 sentyabrdagi 23-3-2942-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava suvlarini tozalash uchun import o‘rnini bosuvchi kationitlar olish imkonini bergan.