Po‘lotov Foziljon Usibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tasviriy faoliyat vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy rivojlanishini ta’minlash metodikasini takomillashtirish (maktabga tayyorlov guruhlari misolida)”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1726.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Zakirov Alisher Akbarovich psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tasviriy faoliyat vositasida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy rivojlanishini ta’minlash metodikasini takomillashtirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalarini tasviriy faoliyat vositasida ijodiy rivojlantirish metodikasining amaliyotdagi holati differensial, integrativ, motivatsion, kreativ, faoliyatli, refleksiv yondasuvga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlari diagnostik-metodik tahlillash hamda shaxs rivojlanishini belgilovchi yosh psixologik xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
tasviriy faoliyat vositasida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy rivojlantirish metodikasini badiiy asarlar, didaktik o‘yinlar, tasviriy san’at namunalaridan foydalanish orqali ularning ijodiy fikrlash, hissiy rivojlanish, hayotiy ko‘nikmalar hosil qilish, estetik didini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarini tasviriy faoliyat vositasida ijodiy rivojlantirishning tuzilmaviy modeli faol rivojlanish sohasini aniqlashtiruvchi anglash, tuyg‘u, xotira, tasavvur, fikrlash operatsiyalari, mahsuldorlik, moslashuvchanlik, originallik, qiziquvchanlik kabi psixologik hamda tashabbus, mustaqillik, faollik, o‘zini ifodalash, hissiyotlilik, novatorlik, universallik, ruhlanish kabi shaxsiy sifatlarni o‘zlashtirganlik darajasini bosqichma-bosqich aniqlashtirishni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi bolalarida tasviriy faoliyat vositasida san’at va hayotdagi go‘zallikni idrok etish, yaratish, his qilish qobiliyatini rivojlantirish darajasini faoliyat turlari bilan ijodiy rivojlanishning o‘zaro aloqadorlikgi tamoyili asosida o‘yin (ijtimoiy-madaniy, o‘z-o‘zini yuzaga chiqarish, kommunikativ, terapevtik) funksiyalarni bajara olish darajasini baholash mezonlarining unversal qobiliyat va motivatsion ehtiyojlarga ustuvorlik berilishi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektual rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida quyidagi ilmiy-metodik natijalar olingan:
maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalarini tasviriy faoliyat vositasida ijodiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning differensial va integrativ shart-sharoitlari motivatsion, kreativ, faoliyatli, refleksiv, diagnostik imkoniyatlari uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalaridan bolalarni ijodiy rivojlantirishning pedagogik jarayonida o‘quv metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-361-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijodiy rivojlanishiniga xizmat qilgan;
tasviriy faoliyat vositasida badiiy asarlar, didaktik o‘yinlar, tasviriy san’at namunalari misolida bolalarni ijodiy rivojlantirish metodikasi faoliyatlilik, ierarxiklik, mantiqiylik, dinamiklik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “San’at” rivojlanish markazida ta’limiy faoliyatni takomillashtirish” nomli metodik qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-361-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
tasviriy faoliyat vositasida tayyorlov guruhi bolalarini ijodiy rivojlantirishning tuzilmaviy modeli ta’lim tarbiya jarayonida faol rivojlanish sohasini aniqlashtirish orqali tasviriy o‘yin va o‘yin tasviri jarayonidagi o‘zlashtirish natijalari hamda bolalarning ijodiy rivojlantirishning tuzilmaviy bosqichlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan malaka oshirish kurslari uchun o’quv modullari ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-361-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat pedagogik jarayonning sifatini ta’minlashga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalarining ijodiy rivojlantirish darajasini baholash mezonlari unversal qobiliyat va motivatsion ehtiyojlarga ustuvorlik berish asosida ijodiy rivojlanish darajalarini aniqlash orqali takomillashtirilga oid tavsiyalardan malaka oshirish kurslarida tarbiyachilar toifasi uchun o‘quv dasturi ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-361-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlaring ta’limiy faoliyatida mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.