Qosimova Ogulxon Xakimdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Asetilen asosida fenol va uning hosilalarini katalitik vinillash texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5189.
Ilmiy rahbar: Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Lola Azimovna, texnika fanlari doktori, professor; Oxundadaev Abdug‘ani Komiljon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen asosida fenol va uning hosilalarini katalitik vinillash jarayonlari texnologiyasini ishlab chiqish va olingan moddalarni qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fenol va uning hosilalarini atsetilen bilan gomogen usulda DMCO-KOH katalitik sistemasida vinillash reaksiyasi orqali vinil efirlari sintez qilish mumkinligi isbotlangan;
yuqori asosli sistemalar ishtirokida fenol va uning hosilalari vinil efirlari sintezi jarayoniga reaksiya harorati, katalizator tabiati va miqdori, reaksiya davomiyligi ta’siri aniqlangan va jarayon borishining maqbul sharoiti topilgan;
boshlang‘ich moddalar molekulalarining elektron tuzilishi, molekulyar-dinamik xususiyatlari kvant-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan va reaksiyalar borishining mexanizmi asoslangan;
fenol, o-, m-, p-krezollar, p-bromfenol, 2,4-dibromfenol, nitrofenol, gidroxinon, o-aminofenolni atmosfera bosimida atsetilen ishtirokida vinillash reaksiyasi natijasida mos ravishda vinil efirlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan fenol va m-krezolning vinil efiri metallar biokorroziyasi ingibitori sifatida va g‘o‘za o‘simligi defolianti sifatida hamda ayrim metall ionlarini aniqlashda analitik reagent sifatida qo‘llash imkoniyati aniqlangan;
fenol va uning hosilalarini atsetilen ishtirokida katalitik vinillash jarayoni matematik modellashtirilgan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fenol va uning hosilalarini gomogen va geterogen katalitik usulda vinillash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sintez qilingan fenolning vinil efiri defoliant sifatida “Elektrokimyozavod” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 4 yanvardagi 03/125-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za o‘simligiga nisbatan defoliantlik samaradorligi 86,6 % bo‘lishi va import defoliantni mahalliylashtirish imkonini bergan.
sintez qilingan krezollarning vinil efirlari Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekneftgaz AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024-yil 10-iyundagi 521/GK-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazokondensat saqlovchi omborlarning metall konstruksiyalarini biokorroziyaga uchratuvchi mikroorganizmlarni 76-88 % nobud bo‘lishiga erishilgan va “Kvatramin-1001” import preparatini mahalliylashtirish imkonini bergan;
sintez qilingan p-bromfenolning vinil efiri “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 12 iyundagi 0811-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, simob(II) ionlarini aniqlashda analitik reagent sifatida qo‘llash imkonini bergan.