Mamatova Shahnoza Berdiqobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi organik chiqindilar va kimyoviy bog‘lovchi moddalar asosida termik barqaror materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5188.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Mingniqul Jumag‘ulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Allaberdiev Farhod Hamraevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi organik chiqindilar va kimyoviy bog‘lovchi moddalar asosida termik barqaror materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llanilishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi organik chiqindi va kimyoviy bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar asosida termik barqaror yangi polimer materiallari olingan;
ikkilamchi organik chiqindi, oltingugurt va melamin asosida olingan polimer materiallari tuzilishidagi kimyoviy bog‘lanishlar zamonaviy fizik-tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
yangi turdagi materiallarning fizik ko‘rsatgichlari: zichligi 0,9246 g/sm3 dan 1,020 g/sm3 gacha, kislorod indeksi 23,4 % dan 28,3 % gacha, yumshash harorati 110,80C dan 119,5 0C haroratgacha va induksion oksidlanish vaqti 11,2 daqiqadan 14, daqiqaga ortishi aniqlangan;
ikkilamchi organik chiqindi asosida olingan materiallarning mexanik xossalari: cho‘ziluvchanlikdagi nisbiy uzayishi 141-121 kamayganligi, materiallarning termik barqarorligi yaxshilanganligi va oquvchanlikning PE-melamin-oltingugurt nisbatlarida 0,1412 g/10 daqiqaga, qolgan namunalarda esa oquvchanlik kuzatilmaganligi aniqlangan;
olingan polimer materiallarining fizik-mexanik xossalari ikkilamchi polietilen tarkibiga kiritilgan qo‘shimchalarning miqdoriy nisbatlariga, kimyoviy tuzilishi va tarkibiga bog‘liqlik qonuniyatlari isbotlangan;
ikkilamchi organik chiqindi va kimyoviy bog‘lovchi moddalar asosida olingan materiallarni ishlab chiqarishning maqbul texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi polietilenni kimyoviy bog‘lovchi moddalar bilan modifikatsiyalash orqali yangi tur materiallar yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikkilamchi organik chiqindilar va kimyoviy bog‘lovchi moddalar asosida olingan yangi materiallar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning 2024 yil 20 iyundagi OP 25/ED-2422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari hisoblangan oltingugurt, alyuminiy oksidi, ikkilamchi sintetik polietilen chiqindilari va tabiiy jun kabi mahsulotlarni qayta ishlash asosida xalq iste’moli buyumlari olish imkonini bergan;
ikkilamchi organik chiqindilar va kimyoviy bog‘lovchi moddalar asosida olingan yangi materiallar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” AJning 2024 yil 20 iyundagi OP 25/ED-2422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiya ijtimoiy va ilmiy-texnik tomondan sanoat chiqindilarini va maishiy qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilishda, atrof-muhit ekologiyasini yaxshilashda hamda iqtisodiy jihatdan yuqori samarali iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda ijobiy natijalarga erishish imkonini bergan.