Omonov Qavmiddin Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda IX-XV asrlar O‘rta Osiyo me’morchiligi manbalaridan foydalanish metodikasi (Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (muhandislik grafikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1813.
Ilmiy rahbar: Sobirov Tolib Ro‘zievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Quanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Xumoyiddin Abdug‘afforovich, p.f.f.d. (PhD)., dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda O‘rta Osiyo me’morchiligi manbalarida keltirilgan tarixiy geometrik chizmalarni qo‘llagan holda grafik dasturlar vositasida vizuallashtirib talabalarning fazoviy tasavvuri va grafik mahoratini rivojlantirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
O‘rta Osiyoda IX-XV asrlarda bunyod etilgan me’moriy obidalarda qo‘llanilgan geometrik naqshlarning nazariy asoslari (chizmalari) o‘rganildi. Hozirgacha “Geometrik chizmachilik” fani o‘quv jarayoniga tadbiq qilinmagan sirkul yordamida bajariladigan murakkab geometrik chizmalar o‘rganilib atroflicha tahlil qilindi;
qo‘llanilgan geometrik chizmalarning 2D va 3D tasvirlarini Auto CAD dasturida bajarish algoritmlari (grafik usulda bajarish ketma-ketligi) ni bajarish usullari ishlab chiqildi;
O‘rta Osiyoning turli hududlarida bunyod etilgan me’moriy obidalarning oddiy va murakkab ko‘rinishli gumbazlar, arkalar va boshqa shakllarning geometrik echimlari asosida vizual modellashtirilib, animatsion ko‘rgazmali tasvirlari ishlab chiqildi;
talabalarga me’moriy shakllarni virtual reallik ko‘rinishlarda tez va oson tasavvur etishlari uchun interaktiv vositalar bilan o‘qitish usullari takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda talabalarga IX-XV asrlar O‘rta Osiyo me’morchiligidagi geometrik chizmalarni fazoviy tasavvur qilib grafik dasturlar vositasida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik va amaliy takliflar asosida:
“Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi” ta’lim yo‘nalishlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda kompyuter grafikasidan foydalanib, talabalarning fazoviy tasavvurni rivojlantirishda IX-XV asrlar O‘rta Osiyo me’morchiligidagi geometrik tasvirlarni bajarishda grafik jihatdan ijodiy yondashuv, iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan grafikaviy ko‘nikmalarini o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuv asosida metodik ta’minotini amalga oshirish, mashg‘ulotlar jarayoniga oid takliflardan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim vazirining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0837 raqamli nashr guvohnomasi), (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2021 yil 4 noyabrdagi dalolatnonasi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2021 yil 10 noyabrdagi dalolatnomasi va Buxoro muhandislik texnologiya instituti 2021 yil 13 dekabrdagi dalolatnomalari). Natijada yuqoridagi ta’lim yo‘nalishlari talabalarini fazoviy tasavvurini rivojlantirish mexanizmining pedagogik shart-sharoitlari rivojlantirilgan.
IX-XV asrlar O‘rta Osiyo me’morchiligidagi geometrik tasvirlar asosida geometrik shakllarning o‘zaro uyg‘unlashtirib me’morchilikda qo‘llanilgan girihlar, arkalar, muqarnaslar, gumbazlar va hokazo geometrik ko‘rinishlarni Muhandislik grafikasining zamonaviy grafik dasturlari orqali ikki va uch o‘lchamli tasvirlarini shakllantirish grafik tasavvur qilish qobiliyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan interfaol ta’lim metodlarini qamrab olgan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i, 55369 raqamli nashr guvohnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarni muhandislik grafikasida qo‘llaniladigan geometrik yasashlar, sirtlarning hosil bo‘lishi, ko‘pyoqliklar va turli xil geometrik shakllarni fazoviy tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Talabalarning dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ishlashiga mo‘ljallangan amaliy jihatdan ijodiy grafikaviy loyihalash va modellashtirish imkoniyatlarini aks ettiruvchi grafik topshiriqlar tizimi, me’morchilik manbalari, geometrik yasashlar asosida bajariladigan chizmalar, animatsion va vizual ko‘rinishlar, ikki va uch o‘lchamli modellar majmuasini yaratishda “Muhandislik va kompyuter grafikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim vazirining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0837 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning geometrik tasvirlarni yaratishga doir kompetensiyalarini shakllantirish tizimi takomillashtirishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish