Ibragimova Saule Orinbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish texnologiyasi”  13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.2.PhD/Ped3357.
Ilmiy rahbar: Pazilov Arzi Kenjebaevich,  pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning psixologik-pedagogik xusisiyatlari texnologik yondashuvning kooperatsiya, boshqaruv, yoʻnaltiruvchi natijalarining shax ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiladigan yaxlitlik, maqsadga muvofiqlik, funksional birlik kabi tarkibiy asoslar bilan qayta aloqasi intensivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish mazmuni Internet-ijtimoiylashuv sharoitida ijtimoiy-foydali faoliyat turiga jalb etish orqali stressga chidamlilik, tolerantlik, irodaviylik, nekbinlik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy muhitni maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish modelining texnologik komponenti korporativ madaniyat va o‘qitish tizimining qadriyatli yo‘naltirilgan ustanovkalarining barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan “event – rolli maqom – kontingent – ta’sir – nazorat” zanjiriga muvofiq ijtimoiy-foydali faoliyatni tashkil etishning produktogenligini empirik asoslash orqali takomillashtirilgan;
 yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning event texnologiyasi “start – harakat – risk profilaktikasi – xulosa” fazalariga muvofiq ijtimoiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan ehtimoliy risklar va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatning tizimli-struktur tahlil variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori sinf o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning psixologik-pedagogik xusisiyatlarini texnologik yondashuvning kooperatsiya, boshqaruv, yoʻnaltiruvchi natijalarining shax ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiladigan yaxlitlik, maqsadga muvofiqlik, funksional birlik kabi tarkibiy asoslar bilan qayta aloqasi intensivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 12-oktyabrdagi 01/11-02/02-1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishning konseptual asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish mazmunini Internet-ijtimoiylashuv sharoitida ijtimoiy-foydali faoliyat turiga jalb etish orqali stressga chidamlilik, tolerantlik, irodaviylik, nekbinlik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy muhitni maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida,  yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning modelining texnologik komponentini korporativ madaniyat va o‘qitish tizimining qadriyatli yo‘naltirilgan ustanovkalarining barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan “event – rolli maqom – kontingent – ta’sir – nazorat” zanjiriga muvofiq ijtimoiy-foydali faooliyatni tashkil etishning produktogenligini empirik asoslash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyuldagi 01/09-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning event texnologiyasini “start – harakat – risk profilaktikasi – xulosa” fazalariga muvofiq ijtimoiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan ehtimoliy risklar va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatning tizimli-struktur tahlil variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 2021-yilda amalga oshirilgan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” amaliy loyihasining o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy faoliyatini tashkil etishga tayyorlash qismini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyuldagi 01/09-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning innovatsion mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish