Jurabekova Xabiba Madaminovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnik ta’lim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalari (rus tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped629
Ilmiy maslahatchi: Artikova Muhayyoxon Botiralievna,  pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildarxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimsayidova Sayyora Amideevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning rus tili bo‘yicha kommunikativ kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalarining modelini ishlab chiqish va uslubiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarga rus tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini takomillashtirishning mazmuni aniqlanib, ta’limni amalga oshirish usullari, vositalari umumiy va kommunikativ til kompenentligi mazmunining komponentlari (lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik)ni talabalarga o‘rgatish faoliyati mazmuni o‘zaro integrativ singdirish orqali nazariy va uslubiy jihatdan asoslangan;
texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning rus tilidagi kommunikativ kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalari modeli kommunikativ-interaktiv kompetentlikning komponentlarini (lingvistik, kognitiv, ijtimoiy-madaniy, interaktiv, kompensatsion) amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan ichki darajalashini asoslash orqali shakllantirilgan;
texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishning yo‘nalishlari va pedagogik shartlari davlat ta’lim standarti talablari va xalqaro CEFR kompetensiyalari standarti (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish, gapirish)ni talabalarning real kommunikativ ehtiyojlariga korrelatsiya qilish, metodik va eksperimental baholash asosida aniqlashtirilgan;
texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarga rus tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetentlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha pedagogik texnologiyalar texnik ta’limda rus tili fani mashg‘ulotlarida kommunikativ kompetentligini takomilashtirish bo‘yicha mashqlar tipologiyasi (nutq ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, nutq malakalarini oshirish, o‘z nutq qobiliyatlarini rivojlantirish) va mashqlar tasnifi (tayyorlovchi til mashqlari, shartli kommunikativ mashqlar, nutq mashqlari) ni rus tili bo‘yicha kommunikativ muammoli 5 ta ko‘nikma (leksik-grammatik, o‘qib tushunish, tinglab-tushunish, yozish va gapirish) ni o‘zaro uyg‘unlikda muqobil qo‘llash doirasini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan texnologiya samaradorligi va uni amalga oshirishning pedagogik shartlari texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarning kommunikativ kompetentligini takomillashtirishda ta’lim jarayonida samarali hisoblangan pedagogik texnologiyalar (jamoaviy, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, differensial, modulli ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan, pedagogik improvizatsiya) real vaziyatda empirik baholash orqali eksperimental tekshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
umumiy va kommunikativ til kompenentligi komponentlarini talabalar o‘rganish faoliyati mazmuniga o‘zaro integrativ singdirish orqali nazariy va uslubiy jihatdan asoslangan texnik oliy ta’lim muassasalarida rus tilinini o‘rganish jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, usullari va vositalariga oid tavsiyalar “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024-yil 14-maydagi 02-01-01-40-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada texnik yo‘nalishda o‘qitiladigan fanning dasturidagi asosiy texnik adabiyotlardan olingan texnik matnlar talabalarda rus tili fanini qiziqib o‘qishlariga imkoniyat yaratilgan;
kommunikativ-interaktiv kompetentlikning komponentlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan ichki darajalashini asoslash orqali shakllantirilgan texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning rus tilidagi kommunikativ kompetentligini metodik takomillashtirish texnologiyalari oid tavsiyalar “Russkiy yazik dlya texnicheskix vuzov” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024-yil 14-maydagi 02-01-01-40-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, texnik ta’limda rus tili fanini o‘qitishning metodik ta’minoti takomillashishiga erishilgan;
davlat ta’lim standarti talablari va SEFR kompetensiyalari standartini talabalarning real kommunikativ ehtiyojlariga korrelatsiya qilish, metodik va eksperimental baholash asosida aniqlashtirilgan texnik yo‘nalishdagi oliy ta’limda talabalarning kommunikativ kompetentligini shakllantirishning yo‘nalishlari va pedagogik shartlariga doir tavsiyalar texnik ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga majburiy fan sifatida o‘qitiladigan “Nazariy elektrotexnika” va “Elektrotexnika va elektronika” fanlarining fan dasturidagi asosiy adabiyotlar asosida ishlab chiqilgan “Nazariy elektrotexnika. Atamalar, tushunchalar, ta’riflar” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024-yil 14-maydagi 02-01-01-40-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, texnik yo‘nalishdagi talabalarning belgilangan standrt talablariga muvofiq kompetensiyalarini diagnostika qilish samaradorligiga erishilgan;
texnik ta’lim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentligi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan ta’limning pedagogik, metodologik va texnologik jihatlari to‘g‘risidagi taklif, tavsiya va nazariy xulosalaridan 2019 - 2023 - yillarda bajarilgan shartnoma raqami №609564-YeRR-1- 2019-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP bo‘lgan “MechaUz: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarda, xususan ishchi dastur va o‘quv rejalarni tayyorlashda foydalanildi va amaliyotda qo‘llanildi (Andijon mashinasozlik institutining 13.03.2024-yildagi 38-05-360-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kasbiy va kommunikativ kompetentligini texnik tushunchalar va atamalarni chuqur o‘rgangan holda rivojlantirilishi, kasbiy mahorat va malakasini oshirishga xizmat qilgan.
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetentligini takomillashtirishda ta’lim jarayonida samarali hisoblangan pedagogik texnologiyalarni real vaziyatda empirik baholash orqali eksperimental tekshirilgan texnologiya samaradorligi va uni amalga oshirishning pedagogik shartlariga doir tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan texnik oliy ta’lim muassasalaridagi “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan “Sun’iy tafakkur” nomli izohli lug‘atni tayyorlashda foydalanildi (Andijon davlat universitetining 24.02.2024-yildagi 39-02-320-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi muhandis–dasturchilarni tayyorlashda, zamonaviy talablar asosida bakalavriat bosqichi talabalarining kasbiy mahorat va malakasini rivojlantirishga xizmat qildi.
texnik terminlar bilan ishlashga qaratilgan ta’limning pedagogik, metodologik va texnologik jihatlari  to‘g‘risidagi takliflari, tavsiyalari va nazariy xulosalaridan, Andijon mashinasozlik institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan MUK-2021-40 – raqamli “Katta ma’lumotlarga asoslangan intellektual (AI) qayta tiklanadigan energiya tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo‘llash” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarda, jumladan „Muqobil energiya manbalari“ ta’lim yo‘nalishi ishchi dastur va o‘quv rejalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 16.06.2024-yildagi 38-05-1303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘z mutaxassisligiga oid atamalar hamda texnik tushunchalardan maqsadli foydalanish samaradorligiga erishilgan.  
kasblarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, bo‘lajak muhandislarning kasbiy, shaxsiy va kommunikativ xislatlari va mehnat bozorining o‘zgaruvchan hamda moslashuvchan talablarini komporavistik hamda ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirish mazmuni va didaktik resurslariga doir takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini tayyorlashda (2023-2024-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muasasasining 03.05.2024-yildagi 04-36-604-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda bugungi kunda ona tilidan boshqa tilni ham yaxshi o‘rganishlari, kommunikativ kompetentlik yoshlarning kasbiy kompetentligini shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaqindan tushunib etishlariga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish