Xusenov Murodjon Zoxirovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli ta’lim muhitida tarmoq texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5199.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlar doktori, professori; Ashirova Anorgul Ismoilovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Oliu ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi ta’lim yoʻnalishlarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishni metodik ta’minoti raqamli ta’lim texnologiyalarining  emulyasion va simulyasion dasturiy vositalari hamda virtual texnologiyalaridan amaliy topshiriqlar va vizual tasvirlash, ochiq axborot-ta’lim muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
 “Tarmoq texnologiyalari” fani nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida talabalarning kasbiy kompetensiyalari ilmiylik, tizimlilik va ketma-ketlik, vizual o‘qitish, o‘quv materiallarining o‘zaro ta’siri tamoyillari ko‘ra  virtual taffakuri va motivatsiyasi va texnik ko‘nikmalari raqamli ta’lim vositalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan
oliy ta’lim muassasasida o‘qitiladigan “Tarmoq texnologiyalari” fanini “Articulate Storyline”, “Adobe Captivate” “CourseLab” dasturlardan foydalanishga qaratilgan raqamli ta’lim texnologiyalariga asoslangan “Keys stadi”, “Atamalar zanjiri”, “Klaster” metodlarini oquv jarayoniga amaliy integrasiyalash orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirilgan modeli motivasion, kognitiv, faoliyatli mezonlari raqamli ta’lim muhitida nazariy va amaliy o‘quv materiallari Cisco Packet Tracer simulyatori vositasida o‘zaro integrasiyalash asosida  takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari ta’lim yoʻnalishi talabalarini o‘qitish jarayonida simulyasion, emullyasion dasturiy ta’lim vositalari va virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
OTMlardagi talabalarning “Tarmoq texnologiyalari” fanidan raqamli ta’lim texnologiyalar asosida kreativ savodxonlik madaniyati tanqidiy fikrlashga, axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirishga doir kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik omillari virtual texnologiyalari tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 - yil 30 - dekabrdagi 429 - sonli buyrug‘i, 429 - 438 raqamli nashr guvohnomasi) Natijada izlanuvchilarning kreativlik, qulaylik, savodxonlik madaniyati, vizuallik hamda pedagogik faoliyatining kompetentligi rivojlantirilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida virtual reallik qonuniyatlari asosida o‘qitishga qaratilgan audio, video hamda vizual materiallarni raqamli ta’lim muhitida his qilish jarayonining mazmunli hamda texnologik komponenti orqali “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodida emulyasion, simulyasion dasturiy ilovalardan foydalanish zaruratiga asoslangan takliflar “Tarmoq texnologiyalari va administratsiyalashtirish” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 - yil 25- iyundagi 218 - sonli buyrug‘i, 218 - 288 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada muloqotchanlik, motivatsion, axborotlilik, kognitiv o‘z o‘zini rivojlantirishga asoslangan taqqoslash va strategik prognozlash tamoyillari ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etilib, “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan;
Talabalarning kasbiy qobiliyatlarini shakllantirishda emulyasion va simulyasion dasturiy vositalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha kognitiv, motivatsion, va keng ko‘lamda fikrlashga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari mobillik, muloqot, axborot almashish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillariga asoslangan takliflar “Tarmoq texnologiyalari va administratsiyalashtirish” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 - yil 25 - iyundagi 218 - sonli buyrug‘i, 218 - 288 raqamli nashr guvohnomasi) Natijada dasturiy ta’lim vositalari ya’ni emulyasion va simulyasion dasturiy vositalar asosida bo‘lajak mutaxassislarning  sohaga oid kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
OTMlarda “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarni raqamli ta’lim muhitiga bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan amaliy hamda tashkiliy jarayonlarni amalga oshirishning o‘quv metodik ta’minoti masofaviy va virtual amaliy mashg‘ulotlarning imkoniyatlari hamda ularni baholash mezonlari suniy intelektga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va mulohazalardan “Tarmoq texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 - yil 30 - dekabrdagi 429 - sonli buyrug‘i, 429 - 438 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ushbu ilova talabalarning mustaqil bilim olishlariga imkoniyat va ularning bilim darajalarini oshirishga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish