Suyunov Asror Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarning xizmat ko‘rsatish faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: _______________________
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSs.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Gavhar Absamatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salibaev Habibulla Negmatullaxanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarning xizmat ko‘rsatish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbektelekom” AK filiallari tarmog‘ini boshqarish samaradorligi oshirish, telekommunikatsiya sohasi filiallari tarmog‘ining uzviy qismi sifatida qabul qilinib, “O‘zbektelekom” AK ma’muriy va qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalarini markazlashtirish, boshqaruv darajalarini optimallashtirish, tashkiliy tuzilmani yangilash, mintaqaviy boshqaruv modelini o‘zgartirish kabilarga hamda  tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar bilan birga ijtimoiy-psixologik mexanizmlar yagonaligiga ko‘ra oshirish yondashuvi taklif qilingan;
telekommunikatsiya xizmatlari piramidasida savdo xizmatlarining yuqoriligiga ko‘ra kompaniya savdo majmuasini (4 darajali xizmat, billing, software, hardware) bosqichlariga ko‘ra amalga oshirsh maqsadga muvofiqligi  yondashuvi asoslangan;
telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yondashuvi maqbullik sharoitiga ko‘ra NB-IoT tarmog‘ini himoya chastotasi oralig‘i, alohida chastota spektri va bir xil chastota diapazonida joylashtirish va turlarini qo‘llashga ko‘ra takomillashtirilgan;
“O‘zbektelekom” AKda telekommunikatsiya xizmatlarini sotishdan tusha-digan sof tushum hajmi va unga ta’sir etuvchi uzoq muddatli investisiyalar, tovar-moddiy zaxiralar va majburiyatlar kabilarga ko‘ra 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarning xizmat ko‘rsatish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbektelekom” AK filiallari tarmog‘ini boshqarish samaradorligi telekommunikatsiya sohasi filiallari tarmog‘ining uzviy qismi sifatida qabul qilinib, AK ma’muriy va qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalarini markazlashtirish, boshqaruv darajalarini optimallashtirish, tashkiliy tuzilmani yangilash, mintaqaviy boshqaruv modelini o‘zgartirish kabilarga hamda  tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar bilan birga ijtimoiy-psixologik mexanizmlar yagonaligiga ko‘ra oshirish yondashuv taklifi “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 13-sentyabrdagi 27-05-21/3056-sonli dalolatnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 33-8/6867-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi filial tarmoqlarini boshqarish samaradorligini tavsiflovchi maqsadli ko‘rsatkichlardan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va “O‘zbektelekom” AK boshqaruv amaliyotiga tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni joriy etish bo‘yicha dasturlari ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya xizmatlari piramidasida savdo xizmatlarining yuqoriligiga ko‘ra kompaniya savdo majmuasini 4 darajali (xizmat, billing, software, hardware) bosqichlariga ko‘ra amalga oshirsh maqsadga muvofiqligi  yondashuvi taklifi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 13-sentyabrdagi 27-05-21/3056-sonli dalolatnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 33-8/6867-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llanilishi natijasida 2024-yilda korxonaning sof foydasini 2023-yilga nisbatan oshirishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yondashuvi maqbullik sharoitiga ko‘ra NB-IoT tarmog‘ini himoya chastotasi oralig‘i, alohida chastota spektri va bir xil chastota diapazonida joylashtirish va turlarini qo‘llashga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 13-sentyabrdagi 27-05-21/3056-sonli dalolatnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 33-8/6867-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida, jumladan erto‘lalarda energiyani tejash, ko‘p sonli qurilmalarni ulash imkoniyatini kengaytirish va past texnik jarayoni xarajatlarini moliyalashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbektelekom” AKda telekommunikatsiya xizmatlarini sotishdan tusha-digan sof tushum hajmi va unga ta’sir etuvchi uzoq muddatli investisiyalar, tovar-moddiy zaxiralar va majburiyatlar kabilarga ko‘ra 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar “O‘zbektelekom” AKni uzoq muddatli 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 13-sentyabrdagi 27-05-21/3056-sonli dalolatnomasi; Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 33-8/6867-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz ko‘rsatkichlari prognoz davrida xizmat ko‘rsatish 2030-yilga kelib 7,723 trln.so‘mga teng bo‘lib, 2022-yilga nisbatan 1,19 barobarga ortib borishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish