Shamsiev O‘ktam Sayfitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy globallashuv sharoitida fond bozori faoliyatini rivojlantirish istiqbollari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3537
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy globallashuv sharoitida fond bozori faoliyatini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im to‘lash orqali qimmatli qog‘ozlarga investisiya kiritishini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida repo bitimlarini tuzish asosida rezidentlar va norezidentlar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish mexanizmini takomillashtirish asoslangan;
mahalliy emitentlarga o‘z aksiyalarini dastlab «Toshkent» Respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra ularni xorijiy fond bozorlarida yoki bir vaqtda mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish taklifi asoslangan;
davlat qimmatli qog‘ozlarini qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari, o‘rta muddatli va uzoq muddatli g‘aznachilik obligatsiyalari shakllarida O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari o‘rtasida ham joylashtirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi me’yorni kiritish orqali fond bozori faoliyatini rivojlantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliyaviy globallashuv sharoitida fond bozori faoliyatini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im to‘lash orqali qimmatli qog‘ozlarga investisiya kiritishini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi PQ-90-son «Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 29 avgustdagi 05/835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qimmatli qog‘ozlarga investisiya kiritishini rag‘batlantirish va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish mexanizmi takomillashtirish imkoni yaratilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida repo bitimlarini tuzish asosida rezidentlar va norezidentlar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 82-son «Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 14 dekabrdagi 1016-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 29 avgustdagi 05/835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish mexanizmi takomillashtirilib, 2022 yilda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida 209,4 mlrd. so‘mlik repo bitimlarini tuzishga erishilgan;
mahalliy emitentlarga o‘z aksiyalarini dastlab «Toshkent» Respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra ularni xorijiy fond bozorlarida yoki bir vaqtda mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi PQ-90-son «Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 29 avgustdagi 05/835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital bozorini yanada rivojlantirish, davlat aksiya paketlarini kapital bozori orqali xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarini qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari, o‘rta muddatli va uzoq muddatli g‘aznachilik obligatsiyalari shakllarida O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari o‘rtasida ham joylashtirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi me’yorni kiritish orqali fond bozori faoliyatini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1016-son qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 29 avgustdagi 05/835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish mexanizmi takomillashtirilib, 2022 yilda 11,68 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari o‘rtasida joylashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish