Yusupova Gulasar Komiljon kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda norevmatik karditning klinik va immunologik xususiyatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.09-Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2740.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Nigora Yaxyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Dilfuza Toshpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlar doktori, professor, Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda norevmatik karditning klinik va immunologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor norevmatik karditda CD16+ ning ortishi fonida miokard shikastlanishi markyorlari (KFK-MV va NT-proBNP)ning autoimmun ko‘rsatkichlar (ANA, oDNK ga AT) bilan o‘zaro bog‘liqligi autoyallig‘lanish, oksidativ stress va tug‘ma immunitet disregulyasiyasi jarayonlari hisobiga miokardning remodellanishiga va yurak etishmovchiligining kuchayishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor dilyatatsion kardiopitiyada Th1-javob va sitotoksik reaksiyalarning susaytirilishini aks ettiruvchi, yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi mexanizmlar o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartiruvchi IL-4 va INFγ, CD8+ va NT-proBNP orasida o‘zaro bog‘liqlik o‘z navbatida miokard to‘qimalarining shikastlanishini kuchaytirishi isbotlangan;
ilk bor norevmatik karditda membranaga-hujum qiluvchi komplekslarning faollashuvi natijasida yallig‘lanishni kuchaytiruvchi, miokard shikastlanish markyorlari KFK-MV va NT-proBNP bilan S3, S4 komplement orasida o‘zaro bog‘liqlik  mavjudligi dilyatatsion kardiomiopatiyada yaqqolroq ifodalanishi isbotlangan;
bolalarda KFK-MV, NT-proBNP, IgG, IL-4, ANA miqdorlari bilan norevmatik kardit va dilatatsion kardiomiopatiya kechishi og‘irligi orasida bog‘liqlik mavjudligi ushbu markyorlarning yurak remodellashuvida xam ahamiyatli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda norevmatik karditning klinik va immunologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: ilk bor norevmatik karditda CD16+ ning ortishi fonida miokard shikastlanishi markyorlari (KFK-MV va NT-proBNP)ning autoimmun ko‘rsatkichlar (ANA, oDNK ga AT) bilan o‘zaro bog‘liqligi autoyallig‘lanish, oksidativ stress va tug‘ma immunitet disregulyasiyasi jarayonlari hisobiga miokardning remodellanishiga va yurak etishmovchiligining kuchayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha  «Bolalarda kardit tashhisini optimallashtirishda autoimmun markerlarning roli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limining 2022-yil 23-dekabrdagi 8n-m/1557-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 16.07.2024 yildagi №71-1-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.09.2024 yildagi № 222-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26-sentyabrdagi № 06/104-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: norevmatik karditda autoyallig‘lanish, oksidativ stress va tug‘ma immunitet disregulyasiyasi jarayonlari hisobiga miokardning remodellanishi va yurak etishmovchiligining kuchayishi rivojlanishini o‘z vaqtida bashoratlanishi asoratlarni  rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilishi norevmatik karditda autoyallig‘lanish, oksidativ stress va tug‘ma immunitet disregulyasiyasi jarayonlari hisobiga miokardning remodellanishi va yurak etishmovchiligining kuchayishi rivojlanishini o‘z vaqtida bashoratlanishi, mazkur bemorlarni davolash taktikasiga takomillashtirilgan usullarni qo‘llash orqali bir bemorni davolashga sarflangan mablag‘ning 500000 so‘mgacha tejalishi asoslangan. Xulosa: norevmatik karditda autoyallig‘lanish, oksidativ stress va tug‘ma immunitet disregulyasiyasi jarayonlari hisobiga miokardning kuchli remodellanishi va yurak etishmovchiligining kuchayishi rivojlanishini o‘z vaqtida bashoratlanishi asoratlarni  rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkon yaratib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, asoratlar hamda o‘limni  kamaytirish imkonini berishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor dilyatatsion kardiopitiyada Th1-javob va sitotoksik reaksiyalarning susaytirilishini aks ettiruvchi, yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi mexanizmlar o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartiruvchi IL-4 va INFγ, CD8+ va NT-proBNP orasida o‘zaro bog‘liqlik o‘z navbatida miokard to‘qimalarining shikastlanishini kuchaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha  «Bolalarda kardit tashhisini optimallashtirishda autoimmun markerlarning roli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limining 2022-yil 23-dekabrdagi 8n-m/1557-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 16.07.2024 yildagi №71-1-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.09.2024 yildagi № 222-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26-sentyabrdagi № 06/104-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: dilyatatsion kardiomiotiyada miokard to‘qimalarining shikastlanishini oldini olish usulidan foydalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilishi dilyatatsion kardiomiotiyada miokard to‘qimalarining shikastlanishini oldini olish usulidan qo‘llash orqali bir bemorni davolashga sarflangan mablag‘ning 500000 so‘mgacha tejalishi asoslangan. Xulosa: dilyatatsion kardiomiotiyada miokard to‘qimalarining shikastlanishini oldini olish usulidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga hamda natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini berishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor norevmatik karditda membranaga-hujum qiluvchi komplekslarning faollashuvi natijasida yallig‘lanishni kuchaytiruvchi, miokard shikastlanish markyorlari KFK-MV va NT-proBNP bilan S3, S4 komplement orasida o‘zaro bog‘liqlik  mavjudligi dilyatatsion kardiomiopatiyada yaqqolroq ifodalanishi isbotlanganligi bo‘yicha  «Bolalarda kardit tashhisini optimallashtirishda autoimmun markerlarning roli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limining 2022-yil 23-dekabrdagi 8n-m/1557-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 16.07.2024 yildagi №71-1-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.09.2024 yildagi № 222-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26-sentyabrdagi № 06/104-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: norevmatik karditda membranaga-hujum qiluvchi komplekslarning faollashuvi orqali yallig‘lanishni kuchaytiruvchi, miokardining shikastlanish markyorlari KFK-MV va NT-proBNP bilan S3, S4 komplement orasida o‘zaro bog‘liqlik  aniqlangan, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilishi norevmatik karditda membranaga-hujum qiluvchi komplekslarning faollashuvi orqali yallig‘lanishni kuchaytiruvchi, miokardining shikastlanish markyorlari KFK-MV va NT-proBNP bilan S3, S4 komplement orasida o‘zaro bog‘liqlik  aniqlangan, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishni qo‘llash orqali bir bemorni davolashga sarflangan mablag‘ning 500000 so‘mgacha tejalishi asoslangan. Xulosa: norevmatik karditda membranaga-hujum qiluvchi komplekslarning faollashuvini inobatga olib asoratlarni oldini olish chora tadbirlaridan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga  imkonini berishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: bolalarda KFK-MV, NT-proBNP, IgG, IL-4, ANA miqdorlari bilan norevmatik kardit va dilatatsion kardiomiopatiya kechishi og‘irligi orasida bog‘liqlik mavjudligi ushbu markyorlarning yurak remodellashuvida xam ahamiyatli ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha  «Bolalarda kardit tashhisini optimallashtirishda autoimmun markerlarning roli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limining 2022-yil 23-dekabrdagi 8n-m/1557-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 16.07.2024 yildagi №71-1-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.09.2024 yildagi № 222-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26-sentyabrdagi № 06/104-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: bolalarda KFK-MV, NT-proBNP, IgG, IL-4, ANA darajalari va norevmatik kardit hamda dilatatsion kardiomiopatiya kechishining og‘irligi darajasini belgilovchi  ushbu markyorlarning inobatga olinishi, o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Andijon bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etilishi bolalarda norevmatik kardit hamda dilatatsion kardiomiopatiya kechishining og‘irligi darajasini belgilovchi markyorlardan foydalanib, asoratlarni oldini olishni qo‘llash orqali bir bemorni davolashga sarflangan mablag‘ning 500000 so‘mgacha tejalishi asoslangan. Hulosa: bolalarda norevmatik kardit hamda dilatatsion kardiomiopatiya kechishining og‘irligi darajasini belgilovchi markyorlardan foydalanib kasallik kechishini bashorat qilishni imkonini berishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish