Abduraxmanova Zamira Ergashbayevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Geteropolimetallofosfatli ionoforlar asosida dori vositalarini tezkor aniqlovchi ion selektiv elektrodlar yaratish”, 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K821.
Ilmiy maslahatchi: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, proffessor; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida molibden va volfram saqlagan geteropolimetallofosfatli ionoforlar asosida dori vositalarini tezkor aniqlovchi ISE lar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dorivor moddalarning ISE membranalari sintezining elektrod faol birikmaning massa ulishi 2-5 % ga, PVX-plastifikatorning og‘irlik nisbati 1:2 ga teng bo‘lgan tarkibi va pH 4 ga teng bo‘lgan maqbul sharoitlari aniqlangan;
DDFM (DDFV) va dorivor moddalarga asoslangan membranalardan foydalanish haroratni 10-50 0C oralig‘ida ISE ning aniqlanuvchi komponent bo‘yicha 10-5-10-6 mol/l ga teng yuqori sezuvchanligini ta’minlashi isbotlangan;
ishlab chiqarilgan ISE larning elektrod funksiyasi 10-1-10-5 mol/l, tezkorligi, 25-35 sekund va ishlash resursini 1000 soat bo‘lgan yuqori analitik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tarkibida GPB va dori vositalarining molyar nisbati 1:3 bo‘lgan ion selektiv materiallardan foydalanish xona haroratida dori vositalarini aniqlashning yuqori selektivligini ta’minlashi isbotlangan;
dori vositalari miqdorini nazorati uchun ishlab chiqilgan metodikalarvalidatsiyalangan va o‘ziga xoslik, miqdoriy aniqlash chegarasi, chiziqlilik va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal qilishga mos kelishi tajribaviy aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geteropolimetallofosfatli ionoforlar asosida dori vositalarini tezkor aniqlovchi ion selektiv elektrodlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ISE "Samarkand England Eco-Medical" qo‘shma korxonasining sifat nazorati laboratoriyasida qo‘llanilgan ("Samarkand England Eco-Medical" qo‘shma korxonasining 01-445 - sonli 2024 yil 27 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ion selektiv elektrodlar diprazin hamda bromgeksin dori vositalarini aniqlashning sezgirligini (10-5 mol/l gacha) oshirishga va analiz vaqtini (25-30 sekundgacha) qisqartirishga erishilgan;
dori vositalarini aniqlash uchun dodekomolibdofosfat va dodekavolframofosfat asosida ishlab chiqilgan ISE lar “O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi SP OOO “NOVA PHARM”ning laboratoriyasida qo‘llanilgan (SP OOO “NOVA PHARM O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2024 yil 19 iyuldagi 30 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida dodekovolframofosfat va dodekomolibdofosfat ionoforlari bo‘lgan elektrodlar dibazol, piridoksin diprazin, bromgeksin dori vositalarining nazoratida yuqori natija berishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish