Badriddinov Baxrom Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli xil tashqi omillar ta’sirida bolalarda yuqori jag‘ning protruziyasini profilaktikasi va kompleks davolashga zamonaviy yondashuv”, 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4631.
Ilmiy rahbar: Fozilov Uktam Abdurazzoqovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalova Feruza Raxmatillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ermuxanova Gul`jan Tleumuxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda uchraydigan yuqori jag‘ protruziyasini erta tashxislash, kompleks davolash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta bolalik yoshidan yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bolalarda ortodontik moslamalar va miogimnastik mashqlar qo‘llash orqali nafas olish funksiyalarini tiklashga erishilgan, ortodontik moslamalarni qo‘llash natijasida yuqori jag‘ protruziyalarini bartaraf etish orqali bolalarda chaynovning normal fiziologik holatini tiklash asoslangan;
almashinuv tishlov davrida yuqori jag‘ning ikki tomonlama torayishi frontal tishlar protruziyasida yon sigmentni transverzal yo‘nalishda kengaytirish, miofunksional muvozanatni tiklash, jag‘larning jadal o‘sishidan foydalanib, o‘sishdan qolgan pastki jag‘ tish qatori uzunligini uzaytirishga imkon yaratish orqali nafas olish, chaynovni tiklash, ortodontik moslamaning davolash usuli afzalligi isbotlangan;
yuqori jag‘ protruziyalari asorati bo‘lgan doimiy tishlar tishlovi davridagi protruziya holatini ortodontik davolashda sut tishlar prikus davrida infant treyner, treyner T4K, almashinuv prikus davrida bolalarda Elayner moslamasi, doimiy tishlar prikus davrida bemorlarni olinmaydigan ortodontik moslama va miofunksional treynerlar, taqqoslash guruhidagi bemorlarda an’anaviy usuldagi ortodontik moslamalar qo‘llash orqali davolash samaradorligining oshishi davolash vaqtining qisqarishi residivlarning kamayishi asoslangan;
yuqori jag‘ protruziyalarida tashqi etiologik omillarni erta aniqlash va davolash orqali mushaklar miofunksional muvozanatini tiklash hamda tishlar chiqish qonuniyatlarini kuzatib borish, tish qatorlarining shakl va patologik o‘zgarishlarining kelib chiqishini bartaraf etish yo‘llari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 8 – sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi.
birinchi ilmiy yangilik. erta bolalik yoshidan yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bolalarda ortodontik moslamalar va miogimnastik mashqlar qo‘llash orqali nafas olish funksiyalarini tiklashga erishilgan, ortodontik moslamalarni qo‘llash natijasida yuqori jag‘ protruziyalarini bartaraf etish orqali bolalarda chaynovning normal fiziologik holatini tiklash asoslangan. Erta bolalik yoshidan yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bolalarda hamda tish-jag‘ deformatsiyalarni erta aniqlash va tashhislashda bemor bolalarni ob’ektiv, sub’ektiv hamda stomatologik tekshiruv usullaridan Dolgopolova, Tonn, Snagina, Gerlax, Tanaka - Jonson usullari shu bilan birga antropometrik usullar hamda og‘iz ichi skanerlash qolip olish, fotometrik va CAD/CAM texnologiyasi bilan Ekzocad dasturi orqali tekshiruvlar yuqori darajalari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bolalarda funksional buzilishlarni hamda tish-jag‘ deformatsiyalarni erta aniqlash va tashhislashda yuqori jag‘ protruziyalarini yoshga bog‘liq hamda prikus turlari darajasi aniqlangan. Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bemor bolalarda antropometrik tekshiruv usullari orqali tekshiruvlar o‘tkazishda kasallik residivlarini kamaytirish bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy–amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (23.09.2024-yil.; №94-u) hamda Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi bo‘yicha buyruq (25.11.2024-yil.; №50 I), bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi. yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bemor bolalarda antropometrik tekshiruv usullarining samaradorligi jag‘larning jadal rivojlanishining erta tashxislashga imkon bergan. Yuqori jag‘ protruziyalarining klinik va tibbiy – ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali profilaktikani samarali bo‘lishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi. yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bemorlarni antropometrik tekshiruvlardan o‘tkazish orqali kasallik residivlarni miqdorini kamaytirishga erishilgan, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor xisoboga byudjet mablag‘larini 340000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yuqori jag‘ protruziyalarini tashxislashda antropometrik tekshiruv usullaridan Dolgopolova, Tonn, Snagina, Gerlax, Tanaka - Jonson usullari hamda og‘iz ichi skanerlash qolip olish, fotometrik va CAD/CAM texnologiyasi bilan Ekzocad dasturi orqali tekshiruvlar o‘tkazishni tashkil etishda, o‘z vaqtida yuqori jag‘ protruziyalarini samarali tashxislashda 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 340000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik. almashinuv tishlov davrida yuqori jag‘ning ikki tomonlama torayishi frontal tishlar protruziyasida yon sigmentni transverzal yo‘nalishda kengaytirish, miofunksional muvozanatni tiklash, jag‘larning jadal o‘sishidan foydalanib, o‘sishdan qolgan pastki jag‘ tish qatori uzunligini uzaytirishga imkon yaratish orqali nafas olish, chaynovni tiklash, ortodontik moslamaning davolash usuli afzalligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi yuqori jag‘ protruziyalarining sut tishlar prikus davrida qo‘llaniladigan ortodontik davolash usullari miogimnastika, funksional ortodontik apparatlar, elayner moslamalari jag‘larning jadal rivojlanishi va prikusning normal fiziologik holatda shakllanishiga xizmat qilgan. Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan sut tishlar prikus davrida samarali davolash usullarini qo‘llash orqali residivlar miqdorini kamaytirish uchun muhim rol` o‘ynashi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy–amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (23.09.2024-yil.; №94-u) hamda Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi bo‘yicha buyruq (25.11.2024-yil.; №50 I), bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ protruziyalarini sut tishlar prikus davrida tavsiya etilgan ortodontik moslamalar orqali davolash kasallik rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora – tadbirlari tibbiy – ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan bemorlarning stomatologik salamatligi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: Yuqori jag‘ protruziyalarini sut tishlar prikus davrida tavsiya etilgan ortodontik moslamalar orqali davolash sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning poliklinikada boshqa turdagi davolash usullariga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 650000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 325000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan sut tishlar prikusi davridagi bemorlarni ortodontik davolash mezoni sifatida tavsiya etilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 650000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 325000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. yuqori jag‘ protruziyalari asorati bo‘lgan doimiy tishlar tishlovi davridagi protruziya holatini ortodontik davolashda sut tishlar prikus davrida infant treyner, treyner T4K, almashinuv prikus davrida bolalarda Elayner moslamasi, doimiy tishlar prikus davrida bemorlarni olinmaydigan ortodontik moslama va miofunksional treynerlar, taqqoslash guruhidagi bemorlarda an’anaviy usuldagi ortodontik moslamalar qo‘llash orqali davolash samaradorligining oshishi davolash vaqtining qisqarishi residivlarning kamayishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan almashinuv prikus davridagi bemor bolalarda ortodontik moslamalarni qo‘llash orqali deformatsiyalar asoratlarini oldini olish imkoni yaratilgan. Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan almashinuv prikus davridagi bemor bolalarni ortodontik davolash orqali doimiy prikus shakllanishidagi funksional buzilishlardan saqlanish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy–amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (23.09.2024-yil.; №94-u) hamda Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi bo‘yicha buyruq (25.11.2024-yil.; №50 I), bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ protruziyalarini almashinuv prikus davrida tavsiya etilgan ortodontik moslamalar orqali davolash kasallik rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan etiologik faktorlarning aniqlash darajasi isbotlab berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan almashinuv prikus davridagi bemor bolalarni ortodontik davolashda qo‘llaniladigan miogimnastika, fuksional ortodontik apparatlar, Elayner moslamalari tavsiya etilganligi bemorlarning ambulator sharoit davolanishi va qatnovlar sonini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisoboga byudjet mablag‘larini 870000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 435000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan almashinuv prikusi davridagi bemorlarda ortodontik davolash mezoni sifatida tavsiya etilganligi hamda funksional buzilishlarni oldini olishga qaratilgan davolash usullari uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 870000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 435000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. yuqori jag‘ protruziyalarida tashqi etiologik omillarni erta aniqlash va davolash orqali mushaklar miofunksional muvozanatini tiklash hamda tishlar chiqish qonuniyatlarini kuzatib borish, tish qatorlarining shakl va patologik o‘zgarishlarining kelib chiqishini bartaraf etish yo‘llari isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalari va davolash dasturlarini amaliyotga tadbiq etilishi yuqori jag‘ protruziyalarining doimiy tishlar prikus davrida qo‘llaniladigan ortodontik davolash usullari olinmaydigan ortodontik va breket moslamalarini qo‘llash orqali jag‘ deformatsiyalarini oldini olishga xizmat qilgan. Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan doimiy tishlar prikus davrida samarali davolash usullarini qo‘llash orqali residivlar miqdorini kamaytirish uchun muhim rol` o‘ynashi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy–amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (23.09.2024-yil.; №94-u) hamda Xorazm viloyati bolalar stomatologiyasi poliklinikasi bo‘yicha buyruq (25.11.2024-yil.; №50 I), bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ protruziyalarini doimiy tishlar prikus davrida tavsiya etilgan ortodontik moslamalar orqali davolash kasallik rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida yuqori jag‘ protruziyalarini oldini olishda tuzilgan kompleks chora tadbirlar dasturi ortodont stomatologlar amaliyotida qo‘llash uchun yetakchi dastur bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuqori jag‘ protruziyalarini doimiy tishlar prikus davrida tavsiya etilgan olinmaydigan ortodontik moslamalar orqali davolash sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning ambulator sharoitda boshqa turdagi davolash usullariga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 980000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 490000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yuqori jag‘ protruziyalari bilan kasallangan doimiy tishlar prikusi davridagi bemorlarni olinmaydigan ortodontik moslamalari orqali davolash mezoni sifatida tavsiya etilganligi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 980000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 490000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.