Yadgarova Gulnora Sadritdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalar boshi va yuz-jag‘ sohasi morfometrik tavsifi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib239.

Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkir Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘lom bolalarning ko‘krak yoshida oziqlanishining sun’iy yoki tabiiyligini hisobga olgan holda bosh va tish-jag‘ tizimi morfometrik parametrlarini qiyosiy tavsiflashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor ko‘krak yoshida sun’iy va tabiiy oziqlantirilganligi hisobga olingan holda bolalar bosh va yuzi parametrlarining «oltin kesishma» tamoyiliga mosligining antropometrik parametrlari asoslangan;

bolalarda tish jag‘ tizimi parametrlarini ko‘krak yoshida sun’iy va tabiiy oziqlanishi hisobga olingan holda sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlariga nisbatan qiyosiy tavsifining xususiyatlari ochib berilgan;

ilk bor turli oziqlanishda bo‘lgan bolalar tishlarining anatomik parametrlarini baholashda rentgenogramma materiali asosida olingan natijalarning korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;

go‘daklik davrida sun’iy va tabiiy oziqlanishida jinsni hisobga olingan holda tish-jag‘ tizimi shakllanishi va rivojlanishi tishlov holati o‘zgarishlarining ijobiy xususiyatlari isbotlangan;

oziqlanish turiga bog‘liq holda bolalar antropometrik parametrlari bo‘yicha bosh morfologik ko‘rsatkichlarining baholash tizimi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tabiiy va sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalar boshi va yuz-jag‘ sohasi morfometrik tavsifini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Tabbiy va sun’iy oziqlantirilgan bolalar bosh suyagining antropometrik ko‘rsatkichlarni hududiy me’yorlarini ishlab chiqish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar orasida tabiiy va sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalar bosh va yuz-jag‘ sohasi morfometrik aniqlash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;

tabiiy va sun’iy oziqlanishda bo‘lgan bolalar boshi va yuz-jag‘ sohasi morfometrik tavsifi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat davlat sanitaya epidemiologiya nazorati markazi, Buxoro viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 iyundagi 8n-z/143-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalar populyasiyasining jismoniy rivojlanishda siljishlari bo‘lgan bolalarni ajratish, turli xil sharoitlarda oziqlangan bolalar bosh va yuz-jag‘ sohalari patologik holatlar va nuqsonlarni 22,2%ga kamaytirish, bolalarda morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini erta aniqlash, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish