Subxanova Aziza Xabibulla qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xulq-atvor ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish orqali migrenni prognozlash, davolash va nazorat samaradorligini oshirishning zamonaviy echimlari», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2778.
Ilmiy rahbar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Gulnora Kutbiddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Antanas Vaytkus, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: xulq-atvor ko‘nikmalari va xastalikka oid bilimlarni shakllantirish orqali migrenni davolash va nazorat qilishda zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiqish, ularning samaradorligini o‘rganish hamda medikamentoz davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migrenda bosh og‘riq xurujlar soni davomiyligi takrorlanish darajasi va depressiyaning hamroh kelishi bemorlarda kundalik ish faoliyatini cheklanishi va hayot sifatini statistik ahamiyatli ravishda pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
migrenning epizodik va surunkali turida bosh og‘rig‘i va depressiya darajasi o‘rtasida o‘zaro kuchli to‘g‘ri korrelatsion bog‘liqlik aniqlangan;
xulq-atvor ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishni migrenni an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda qo‘llanilishi bosh og‘riq xurujlarini ikki barobar kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
migrenni davolashda serotonin selektiv ingibitori bilan birga  xulq-atvor ko‘nikmalari va xastalikka oid bilimlarni shakllantirish migren xurujlarini chastotasi va davomiyligi, depressiya darajasini hamda bosh og‘rig‘ining statistik ahamiyatli ravishda kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    Migren` tashxisi qo‘yilgan bemorlarda migrenning klinik kechishi va uni davolash xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: migrenda bosh og‘riq xurujlar soni davomiyligi takrorlanish darajasi va depressiyaning hamroh kelishi bemorlarda kundalik ish faoliyatini cheklanishi va hayot sifatini statistik ahamiyatli ravishda pasayishiga olib kelishi Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasining 10.07.2023 yildagi 31-sonli hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 07.07.2023 yildagi 436-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: migren` tashxisi qo‘yilgan bemorlarda kasallik kechishini kundalikda nazorat qilish yordamida amalga oshirilishi nevrolog-shifokorlarning ish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yillik tejash qiymati: IA=M˟(Ax – Ay)=60000 so‘m˟(12-4)=480000 so‘m. Bu erda, M – shifokorga bir marta murojaatning o‘rtacha qiymati; Ax va Ay – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni davolash uchun shifokorga murojaatlar soni. Xulosa: taklif qilingan usul 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: migrenning epizodik va surunkali turida bosh og‘rig‘i va depressiya darajasi o‘rtasida o‘zaro kuchli to‘g‘ri korrelatsion bog‘liqlik ko‘rsatilgan yo‘riqnoma Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasining 10.07.2023 yildagi 31-sonli hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 07.07.2023 yildagi 436-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epizodik va surunkali migren o‘rtasida o‘zaro korelatsion bog‘liqlikning mavjudligi migrenni davo muolajalarini erta aniqlash hamda depressiya darajasini kamaytirish orqali bosh og‘riq soni va davomiyligini kamaytirish imkonini berdi, shu bilan birga, kundalik ish faoliyatini yaxshilash barobarida sarf-xarajatlarni ham kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xarajat samaradorligi koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK= samara / xarajat = Cyil/X=17524600/456000=16453700/482000=34,1. Bu erda: Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan tashxisot usullarining o‘rtacha yillik qiymati; X – profilaktik chora-tadbirlar uchun xarajat narxi. Xulosa: taklif qilingan usul bemorlarni kundalikda nazorat qilish, asoratlarni erta aniqlash va bartaraf etishda 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 34,1% ga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: xulq-atvor ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishni migrenni an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda qo‘llanilishi bosh og‘riq xurujlarini ikki barobar kamayishiga olib kelishi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasining 10.07.2023 yildagi 31-sonli hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 07.07.2023 yildagi 436-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Iijtimoiy samaradorligi: bemorlarda xastalik bo‘yicha xulq-atvorga oid ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish orqali qo‘shimcha dori vositalarisiz profilaktik davolash samaradorligiga erishilgan va 1 yil davomida bosh og‘rig‘i xurujlarining soni keskin kamay¬gan. Iqtisodiy samaradorligi: yillik tejash qiymati: Iyil = Iu – SHum = 36102419-820000= 35282419 so‘m. Bu erda: Iyil – kasallik uchun ketadigan bir yillik o‘rtacha xarajat; Iu va SHum – asosiy va tavsiya etilayotgan variantlarda bir kasallikni tashxislash va davolash uchun 1 yillik sarf-xarajatlar. Xulosa: taklif qilingan usul 1 nafar bemorni davolash uchun 1 yilda 35282419 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: migrenni davolashda serotonin selektiv ingibitori bilan birga  xulq-atvor ko‘nikmalari va xastalikka oid bilimlarni shakllantirish migren xurujlarini chastotasi va davomiyligi, depressiya darajasini hamda bosh og‘rig‘ining statistik ahamiyatli ravishda kamaytirishi aniqlanganligi haqidagi qo‘llanma Sirdaryo viloyati tibbiyot birlashmasining 10.07.2023 yildagi 31-sonli hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 07.07.2023 yildagi 436-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: migrenda bosh og‘riqlarining soni, davomiyligi va depressiya darajasini kamaytirish maqsadida tavsiya etilgan serotonin selektiv ingibitori bilan birgalikda xastalikka oid xulq-atvor ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish bemorlarning kundalik ish faoliyati va hayot sifatini yaxshilab, nogironlikni kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yillik tejash qiymati: Iu=ID+IB=D˟(tx-ty)=1992438 so‘m˟(30-15)+85400 so‘m˟(30-15)=36102419 so‘m. Bu erda: D – 2019 yil bo‘yicha 1 ish kunida 1 ishchidagi bir hodisa uchun vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning o‘rtacha davomiyligi; B – vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning bir kuni uchun o‘rtacha mablag‘ miqdori. Xulosa: taklif qilingan usul har bir bemor uchun kasallik sababli bir yilda ishga layoqatsizlikka o‘rtacha sarflanadigan moddiy xarajatlarni 36102419 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish