Raxmatova Dilbar Ismatilloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak kasalligida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, bashoratlash, differensial davolashning klinik-nevrologik va biokimyoviy xususiyatlari”, 14.00.13– Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib990.
Ilmiy maslahatchi: Sanoeva Matlyuba Jaxonkulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Omonova Umida To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Turuspekova Saule Teleuberganovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali buyrak kasalligining (SBK) erta bosqichlarida nevrologik asoratlarning klinik kechishini, ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, shuningdek, erta tashxisot mezonlarini, bashoratlashni va differensirlashgan terapiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SBKning erta bosqichida bemor yoshidan qat’iy nazar nevrologik, neyropsixologik, psixoemotsional buzilishlar ensefalopatiyaning aralash shakliga transformatsiyasidan dalolat berib, chuqur kognitiv disfunksiya rivojlanish ehtimoli asoslangan;
SBKda nevrologik buzilishlari mavjud bemorlarni dinamikada etarlicha davomli kuzatish asosida neyrotrofik omil (BDNF) va buyrak faoliyatini ko‘rsatuvchi biokimyoviy markerlar (BKFT va al`buminuriya) orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
SBKda nevrologik o‘zgarishlarning shakllanishi hamda keyinchalik aralash shakldagi ensefalopatiyaning rivojlanish ehtimolligini asoslashda renal va serebral (Pursello, Gosling indekslari, qon oqimi turbulentligi, Overshut koeffisienti) gemodinamik buzilishlarning diagnostik ahamiyati isbotlangan;
tashxisotning laborator (BDNF, BKFT va al`buminuriya) va instrumental (ul`tratovushli dopplerografiya, dupleks skanirlash) tekshiruv natijalariga asosan, SBKda nevrologik asoratlarni erta tashxislash va bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan;
SBKni bazisli davosi negizida nevrologik asoratlarni davolashda neyrometabolik, antigipoksant, antioksidant differensial terapiyaning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Surunkali buyrak kasalligida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, bashoratlash, differensial davolashning klinik-nevrologik va biokimyoviy xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/61-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik. SBKning erta bosqichida bemor yoshidan qat’iy nazar nevrologik, neyropsixologik, psixoemotsional buzilishlar ensefalopatiyaning aralash shakliga transformatsiyasidan dalolat berib, chuqur kognitiv disfunksiya rivojlanish ehtimoli asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: SBKning dastlabki bosqichlarida erta nevrologik buzilishlarni aniqlash orqali bemor yoshidan qat’iy nazar ensefalopatiya yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan chuqur kognitiv disfunksiya rivojlanishining oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: SBKning dastlabki bosqichlarida erta nevrologik buzilishlarni aniqlash orqali statsionar davo muddati qisqarishiga imkon yaratiladi. Aniqlangan nevrologik, neyropsixologik buzilishlar va ensefalopatiya aralash shakli rivojlanishini erta aniqlash orqali har bir bemorda byudjet mablag‘lari hisobidan 238700 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib an’anaviy yondashuvdan tashqari SBK bosqichiga ko‘ra rivojlanadigan nevrologik, neyropsixologik buzilishlarni aniqlash natijasida 10 kunlik nevrologik statsionar xarajatlari, ya’ni 1365234 so‘m dori-vositalari hisobidan va 2734200 sum koyka hisobidan har bir bemor uchun iqtisodiy samarasi olinadi, kasallik oqibati hamda asorati rivojlanishining oldi olinadi, natijada hayot sifati yaxshilanadi, ishga yaroqlilik ko‘rsatkichi tiklanadi, shu orqali ijtimoiy samaraga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: SBKda nevrologik buzilishlari mavjud bemorlarni dinamikada etarlicha davomli kuzatish asosida neyrotrofik omil (BDNF) va buyrak faoliyatini ko‘rsatuvchi biokimyoviy markerlar (BKFT va al`buminuriya) orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: neyrotrofik omil (BDNF) va buyrak faoliyatini ko‘rsatuvchi biokimyoviy markerlar – BKFT va al`buminuriya orasidagi korrelyasion bog‘liqlikning mavjudligi neyropsixologik zararlanish va aralash buyrak ensefalopatiyasi kelib chiqishi hamda surunkali miya ishemiyasi patogenetik shakllanishini asoslagan holda terapevt, nefrolog va nevrologlar uchun profilaktik mezon bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, ushbu kasallik ustidan nazorat qilish imkonini beradi va davolashning shaxsiylashtirilgan usulini tanlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ambulator va statsionar sharoitida neyrotrofik omil (BDNF) va buyrak faoliyatini ko‘rsatuvchi BKFT va al`buminuriyani tahlil etish orqali SBKning bosqichiga ko‘ra personalashtirilgan usulni tanlash dori vositasiga ketadigan mablag‘ni uchdan bir qismga qisqartirgan, ushbu miqdor har bir bemor uchun byudjet xarajatlarini 1333324 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: neyrotrofik omil (BDNF), BKFT va al`buminuriya orasidagi korrelyasion bog‘liqlikning mavjudligi neyropsixologik zararlanish va aralash buyrak ensefalopatiyasi kelib chiqishi hamda surunkali miya ishemiyasi shakllanishini bashoratlashdagi ahamiyatini tasdiqladi.
uchinchi ilmiy yangilik: SBKda nevrologik o‘zgarishlarning shakllanishi hamda keyinchalik aralash shakldagi ensefalopatiyaning rivojlanish ehtimolligini asoslashda renal va serebral (Pursello, Gosling indeksi, qon oqimi turbulentligi, Overshut koeffisienti) gemodinamik buzilishlarning diagnostik ahamiyati isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: SBKni erta bosqichlaridayoq rivojlanadigan nevrologik buzilishlarni erta tashxislashda renal va serebral gemodinamik buzilishlar yuqori informativlikka ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham SBKni, ham nevrologik buzilishlarni chuqurlashib, og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: SBK va nevrologik buzilishlarni erta tashxislash natijasida bir nafar bemor hisobiga 1261700 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi SBKni hamda ushbu kasallik natijasida rivojlanadigan nevrologik buzilishlarni erta tashxislash keyinchalik rivojlanadigan asoratlarni kamaytirish, tibbiyot xodimlarining SBKda nevrologik asoratlarni rivojlanishda kuzatiladigan xavf omillarini aniqlash hamda davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:tashxisotning laborator (BDNF, BKFT va al`buminuriya) va instrumental (ul`tratovushli dopplerografiya, dupleks skanirlash) tekshiruv natijalariga asosan, SBKda nevrologik asoratlarni erta tashxislash va bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: biokimyoviy ko‘rsatkichlar (BKFT, al`buminuriya, BDNF), tomir-autoregulyator xususiyatlari va bosh miyaning zaxira qobiliyati nevrologik asoratlarni erta tashxislash mezonlari bo‘lib, aralash buyrak ensefalopatiyasi shakllanishini bashoratlovchi indikator sifatida qaraladi hamda o‘z vaqtida va maqsadga yunaltirilgan davoni olib borish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar murojaati 2 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar, instrumental tekshirish usullari soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 557300 so‘m, byudjetdan tashqari 215400 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan laborator va instrumental mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 772700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: SBKni bazisli davosi negizida nevrologik asoratlarni davolashda neyrometabolik, antigipoksant, antioksidant differensial terapiyaning samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: SBKni bazisli davosi negizida nevrologik asoratlarni davolashda neyrometabolik, antioksidant dori vositalarining miqdorini kasallikning bosqichiga qarab tanlanadigan differensirlashgan terapiyasi bosh miyaning gemodinamik, neyroplastiklik faoliyatiga yaqqol ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yo‘qotilgan klinik-nevrologik, neyropsixologik faoliyatni tiklash uchun imkon yaratadi, shuningdek, SBK negizida shakllanadigan og‘ir va qaytmas nevrologik asoratlar, shu jumladan, bosh miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishini, demensiyani oldini olishga xizmat qilib, bemorlarni qisqa muddatda mehnat qobiliyatini tiklashga va hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi SBKni bazisli davosi negizida nevrologik asoratlarni davolashda neyrometabolik, antigipoksant, antioksidant terapiyani kasallikning bosqichiga ko‘ra differensial yondashuv asosida qo‘llash tufayli ushbu dori vositalarni soni kamayishi hisobidan har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘lardan 417300 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 657800 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: taklif etilgan differensial yondashuvli terapiya SBK negizida yuzaga kelgan nevrologik buzilishlarni davolash samaradorligini oshirish, uni og‘ir asoratlarga o‘tishini bartaraf etish va shu qatorda SBKni o‘zini ham erta aniqlab, bazis terapiyasini olib borish orqali uning kechki va terminal bosqichlarga o‘tishini oldini olish orqali shaxsiylashtirilgan davolashga asos solinishi bemorlarning umumiy salomatligini va hayot sifatini yaxshilash bilan izohlanadi.