Abdunazarov Oybek Abdumutalibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Milliy iqtisodiyotda erga mulkchilik munosabatlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi va 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3686.
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Xalmiryazev Axmadjan Axunovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Ravshan Vaxidovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Murodova Nodira Qullievna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar sohada erga mulkchilik munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agrar sohada erga mulkchilik va ijara munosabatlarini tartibga solish mexanizmini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishda ijarachining barcha huquqlarini saqlab qolgan holda unga er uchastkasini boshqa sub’ektlarga vaqtincha foydalanish uchun taqdim etishida er uchastkalari uchun ijara to‘lovini bozor qiymatiga mos ravishda belgilash taklifi asoslangan;
    respublikada qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan erlarni foydalanishga kiritish mexanizmini mintaqalarda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish hamda ularni rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini to‘laligicha davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
    qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining erga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga ularga ajratilgan er uchastkalarida tuproq unumdorligini oshirganligi uchun tabaqalashtirilgan soliqqa tortish tartibini (2 ball - 20%; 5 ball - 40%; 8 ball - 60%) joriy qilish asosida rag‘batlantirish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan.
    agrar sohada erdan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish usullari samaradorligini oshirishga respublikada mavjud o‘rmon fondi erlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy qilish orqali erishish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda erga mulkchilik munocabatlarining shakllanishi va uni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrar sohada erga mulkchilik va ijara munosabatlarini tartibga solish mexanizmini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishda ijarachining barcha huquqlarini saqlab qolgan holda unga er uchastkasini boshqa sub’ektlarga vaqtincha foydalanish uchun taqdim etishida er uchastkalari uchun ijara to‘lovini bozor qiymatiga mos ravishda belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 1-bobi, 6-bandini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-15/195 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qishloq xo‘jaligi tizimida ijara munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqish orqali takomillashtirishni ta’minlash imkoni yaratilgan;
respublikada qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan erlarni foydalanishga kiritish mexanizmini mintaqalarda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish hamda ularni  rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini to‘laligicha davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 1-bobi, 17 bandini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-15/195 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif respublikada qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarining yangi qishloq xo‘jalik infratuzilmasini barro etish hamda ularni  rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini to‘laligicha davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali takomillashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining erga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga ularga ajratilgan er uchastkalarida tuproq unumdorligini oshirganligi uchun tabaqalashtirilgan soliqqa tortish tartibini (2 ball - 20%; 5 ball - 40%; 8 ball - 60%) joriy qilish asosida rag‘batlantirish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 1-bobi, 18-bandini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-15/195 sonli ma’lumotnomasi). Uning amaliyotga joriy qilinishi respublikada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar uchun ajratilgan er uchastkalarida tuproq unumdorligini oshirganligi uchun tabaqalashtirilgan soliqqa tortish tartibini joriy qilish asosida rag‘batlantirish orqali erishish imkoni yaratilgan;
agrar sohada erdan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish usullari samaradorligini oshirishga respublikada mavjud o‘rmon fondi erlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy qilish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 1-bobi, 23-bandini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-15/195 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada yangi mulkchilik shakllarini vujudga keltirishda mavjud o‘rmon fondi erlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy qilish orqali erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish