Isroilov Sardorbek Solijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinlash jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida arrali jin mashinasining yangi fartuk konstruksiyasini joriy etish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3116
Ilmiy rahbar: Mahkamov Anvar Muxamatxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sayidmuradov Mirzohid Mirzarahimovich, Texnika fanlari bo‘yicha falsa doktori, dotsent; Murodov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arrali jin mashinasi ishchi kamerasining old fartuk konstruksiyasini takomillashtirish orqali jinlash samaradorligini oshirish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyo valigini arrali jin mashinasi ishchi kamerasining old fartuk qismida ishqalanishni bartaraf etib, uning harakatini tezlashtirish imkonini beruvchi tasmali tezlatgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
jin mashinasi ishchi kamerasining eng yuqori ishqalanish sodir bo‘ladigan qismi aniqlanib, u erga konveer tasmali tezlatgich konstruksiyasi o‘rnatilgandan so‘ng ishchi kamerada homashyo valigining harakat tezligi ortishi isbotlangan;
jin mashinasi homashyo valigi zichligini maqbul qiymatlarini aniqlashning motematik modeli ishchi kamera hajmi, konveer tasmaning tarangligi va tola bilan chigitni shikastlanishi bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan.
Jin mashinasi ishchi kamerasi oldingi fartuk konstruksiyasiga o‘rnatilgan konveyr tasmali tezlatgichga etaklovchi rolik o‘rnatish orqali homaashyo valigi tezligini rostlash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinlangan chigitlarni ishchi kameradan chiqishini tezlashtirish va tola ajratish jarayonini yaxshilash uchun samarali ishchi organli arrali jin ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Takomillashtirilgan jin oldingi fartuk konstruksiyasi “Namangan paxta teks” MChJ ga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 27 noyabrgi 03-25/3203-son ma’lumotnomasi). Natijada mashinaning ish unumdorligini 15 % ga ortishiga, chigitning mexanik shikastlanishini
0,6 % ga kamayishiga hamda toladagi nuqsonlar hamda iflos aralashmalar yig‘indisini
0,4% gacha kamayishiga shuningdek elektroenergiya sarfini 8 % ga kamayishiga erishilgan.