Musaev Elbek Tayufovichning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sport munosabatlariga fuqarolik-huquqiy vositalar ta’sirining zamonaviy tendensiyalari” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Yu340.
Ilmiy maslahatchi: Okyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor; Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadi sport munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va fuqarolik huquqi vositalarining sport munosabatlariga ta’sirining hozirgi tendensiyalarini aniqlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash – nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya o‘yinlarida, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashga ko‘maklashish yo‘li bilan amalga oshirilishi asoslantirilgan;
moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslarini belgilash lozimligi isbotlangan;
trener – trenerlik faoliyati bo‘yicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoki ta’lim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi bo‘yicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan bo‘lishi lozim), shuningdek, o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs ekanligi asoslantirilgan;
sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar o‘quvchi-sportchilar tibbiy ko‘rikdan va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilishi bilan kerakligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
sport tashkilotlari o‘z tomoshabinlarining (muxlislarining) xatti-harakatlari uchun javobgarligi ilmiy tomondan asoslantirib berilgan;
futbol musobaqalari uchun ijara shartnomasi, futbolchining ijarasi, transfer shartnomasining huquqiy asoslarini belgilash zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik-huquqiy vositalarning sport munosabatlariga ta’sirining hozirgi tendensiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asoida:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash – nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya o‘yinlarida, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashga ko‘maklashish yo‘li bilan amalga oshirilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-770- Qonuni bilan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasi sakkizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 23-fevraldagi 18-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashni mustahkamlashga xizmat qilgan;
 moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-770- Qonuni bilan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 23-fevraldagi 18-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishning huquqiy prinsiplari va mexanizmlarini belgilashga xizmat qilgan;
trener – trenerlik faoliyati bo‘yicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoki ta’lim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi bo‘yicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan bo‘lishi lozim), shuningdek, o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs sifatida belgilashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisini shakllatirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 6-martdagi 12/06-03-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi jismoniy tarbiya va sport soxasidagi trenerlik faoliyatining xukukiy asoslarini yanada takomillashtirishga xizmat kiladi;
sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar o‘quvchi-sportchilar tibbiy ko‘rikdan va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilishi bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentyabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomning 64-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 6-martdagi 12/06-03-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar trener-o‘qituvchilarning o‘quvchi-sportchilar tibbiy ko‘rikdan va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilishiga doir majburiyatni belgilashga xizmat qiladi;
sport tashkilotlari o‘z tomoshabinlarining (muxlislarining) xatti-harakatlari uchun javobgarligi haqidagi taklif 2021-yil 11-fevraldagi O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlangan “O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan 2021-yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti”ning  18.4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/3522-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tomoshabinlarining (muxlislarining) xatti-harakatlari uchun qaysi subektlar javobgar bo‘lishi kerakligini aniqlashga imkon bergan;
futbol musobaqalari uchun “ijara shartnomasi”, “futbolchining ijarasi”, “transfer shartnomasi” tushunchalarining ta’rifi haqidagi takliflar 2021-yil 11-fevraldagi O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlangan “O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan 2021-yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti”ning  “Boshqa atamalar” bo‘limini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining 2023-yil 18-dekabrdagi 03/3522-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar futbol musobaqalari uchun ijara shartnomasi, futbolchining ijarasi, transfer shartnomasining huquqiy asoslarini belgilashga  imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish